|
Ammiak ishlab chiqarish texnologiyasi
|
bet | 2/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 37,88 Kb. | | #228715 |
Bog'liq 4 Mineral o’g’itlar va ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Ammiak ishlab chiqarish texnologiyasi
Ammiak – rangsiz, o’tkir hidli gaz. – 33,350C temperaturada qaynaydi, – 77,750C temperaturada suyuqlanadi. Ammiak suvda yaxshi, organik erituvchilarda cheklangan miqdorda eriydi. Suvli eritmalarda ammiak gidratlar holida bo’ladi: NH3×H2O yoki 2NH3×H2O. Bundan tashqari sezilarli bo’lmagan miqdordagi ionlashgan molekulalar reaksiyasi natijasida
NH3+H2O=NH4++OH- hosil bo’ladi. Bu reaksiyaning muvozanat konstanstasi 1,75×10-5 ga teng, dissotsialanish darajasi 0,004 ga teng.
Quruq ammiak havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi, portlash t0 ga bog’liq bo’lib, ammiak miqdori 180C t0 ga va chegaralangan intervalda 0,155 dan to 0,270 hajmda.
Bu “ammiak – havo” sistemasi asosida HNO3 foydalaniladi (ammiakni oksidlash yo’li bilan). Ammiakni havodan xom ashyo sifatida foydalaniladi.
quruq ammiakning portlovchi miqdori;
suyuq eritmalarda ammiakning portlash miqdori;
Ammiak ishlab chiqarish uchun xom ashyo qayerdan olinadi? Ammiak ishlab chiqarish uchun xom ashyo sanoatda H2 va N2 hisoblanadi. Azot va vodorodli aralshma N2:H2=1:3 stexiometrik sostavda.
Azot vodorodli aralashma qanday usulda olinmasin, tarkibida ko’pgina katalitik zaharlar saqlaydi (O2, CO2, suv bug’i, S, P) va katalizatorni zaharlaydi. Bu moddalarni yo’qotish maqsadida azot – vodorodli aralashma tozalashdan o’tkaziladi.
Azot – vodorodli aralashma xemosorbtsiya yordamida yaxshilab tozalanadi. Xemosorbtsiya suyuq reagentlar va katalitik gidratlash yoki suyuq azotbilan yuvish orqali amalga oshiriladi. Uglerod (IV) oksididan H 2 S dan ajratish uchun N2+H2 aralashma ishqoriy reagentlar, nasadkali bashnyalarda yuviladi. Natijada termik tuzlar hosil bo’ladi. N2+H2 aralashmani CO2 dan tozalashning eng samarali usuli zamonaviy qurilmalarda suyuq azot bilan yuvish bo’lib, – 1900C da boradi va jarayonda CO2, CH4, Ar ajraladi. N2+H2 aralashma katalitik gidratlash yordamida oxirgi tozalashdan o’tkaziladi, bu metanlash yoki kataliz oldi tozalash deyiladi. Birinchi nav ammiak sovutuvchi sifatida mashinalarda va mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ikkinchi navdan azot kislotasi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ammiakli suv (GOST 9-77) tarkibida 25% ammiak saqlanadi va gaz holdagi ammiakni suvga yuttirishorqali olinadi, O2 va Ca, Mg tuzlaridan tozalanadi. Ammiak ishlab chiqarish texnologik sxemasini bilish nima uchun kerak? Ammiak ishlab chiqarishda xarakterli parametrlardan biri bosim hisoblanadi, shuning uchun bosimning qo’llanilishi sun’iy NH3 ishlab chiqarishda 3 xil bo’lishi mumkin:past bosimli sistema (10-15 mPa)
o’rtacha bosimli sistema (25-60 mPa)
yuqori bosimli sistema (60-100 mPa) Optimal bosim 32 mPa hisoblanadi.
O’rtacha bosimda ammiak ishlab chiqarishda sutkasiga 1360 t/sut. Ammiak ishlab chiqarish mumkin. Xarakterli parametrlar miqdori: T=450-5000C P=32 mPa
Gazlar aralashmalarining hajmiy tezliklari 4×104 n×m3/m3×r azot – vodorodli aralashma sostavi stexiometrik Sxema izohi: NH3 ishlab chiqarish. N2+H2 li toza aralashma sintez kolonnasiga yuboriladi. Bosim ostida 3-smesitelga va undan 4-kondensatsiya kolonnasiga yuboriladi. Bu yerda ammiakning bir qismi sirkulyatsiya gazi bilan kondensirlanadi va 1-sintez kolonnasiga tushadi. Kolonnadan chiqayotgan gaz 0,2 hajmiy ulushda ammiak saqlaydi, bu 2- suvli kondensator sovutgich undan 5-gaz ajratgichga yo’naltiriladi, bu yerda suyuq ammiak ajraladi. Qoldiq gaz 8-kompressorda aralashtiriladi va 4- kondensatsiya kolonnasiga yuboriladi, keyin suyuq ammiak suyuq ammiak 6- bug’latgichga (bu yerda –200C gacha sovutiladi) katta qism ammiak kondensrlanadi. Keyin 0,30 hajmiy ulush ammiak saqlagan gaz sintez kolonnasiga yuboriladi. Bug’latgichda bir vaqtning o’zida sirkulyatsiya gazini sovutadi va kondensatsiya qilinadi.Texnologiyada asosiy apparat sintez kolonnasi hisoblanadi. Kolonna korpus va nasadkalardan iborat. Kolonna teploobmennikka ulangan (t0 ni normal saqlash va sintez tezligini tax.ni ta’minlash uchun). Kolonnani yuqori t0 dan himoya qilish uchun sovuq azot – H2 li aralashmasi berib turiladi.
Ammiak – azot saqlovchi moddalar olish uchun kalit mahsulot hisoblanadi. Azot saqlovchi moddalar xalq xo’jaligida, qishloq xo’jaligida va maishiy xizmatlarda ko’p ishlatiladi.
Ammiak – ammoniy birikmalari olishda (NH4SO4, NH4NO3, NH4CO3, karbanid, ammofos), nitrat kislota ishlab chiqarishda polimerlar (poliamid, poliakrionitril), mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda, gerbitsidlar olishda ishlatiladi. Navoiazot AJ da sutkasiga 33120 tonna NH3 ammiak ishlab chiqaradi.
|
| |