|
Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing
|
bet | 45/202 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #123817 |
Bog'liq marketingTashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat.9
Ijtimoiy marketing – ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati harakatlaridir.
Ijtimoiy- etik marketing – bu marketing turi uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing faoliyati bo‘lib, iste’molchilar talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar marketing rivojlanib bormoqda.
Marketingning ichki va tashqi soha tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi
Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va reklama bilan chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qancha ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini) yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing
9Marketing, Bozorshunoslik / A.Soliyev, S.Buzrukxonov /T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010 y.
sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi.
Analitik soha:
Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.
Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni tanlay olish qobiliyatini.
-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi.
Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu:
-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati (tovar siyosati).
-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati (narx siyosati).
-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo siyosati).
|
| |