• Topsbiriqlar
  • Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/191
    Sana17.12.2023
    Hajmi6,87 Mb.
    #121679
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   191
    Bog'liq
    Korporativ siyosat pdf

    Savollar
    1. 0 ‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv 
    siyosati mexanizmi qanday jihatlardan iborat?
    2. Aksiyadorlik jam iyati korporativ siyosati mexanizmining 
    iqtisodiy-huquqiy asoslarini qanday qonunlar tashkil etadi?
    3. O ‘zbekiston sharoitida korporativ siyosatning qanday modeli va 
    mexanizmi maqsadga muvofiq boMishi mumkin?
    Topsbiriqlar
    1. 
    O ‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida qabul qilingan korporativ 
    siyosat yuritish mexanizmini yoritib bering.
    94


    2. 0 ‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvi 
    siyosatidagi muammolami keltiring va ulami bartaraf etish bo'yicha 
    fikrlar bildiring.
    3. Terminlar lug'atini tuzing.
    5.3. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ siyosati transparentligi
    Industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotlari va moliya 
    bozorlarining rivojlanishi bosqichlarida kompaniyalar faoliyati transpa­
    rentliligi muammosi muhim ahamiyatga egaligiligini kuzatish mumkin. 
    Bunda kompaniyalar faoliyati bilan bogMiq korporativ siyosat alohida 
    o'ringa ega boMib, uning asosiy vazifalari qatoriga investitsion va 
    operatsion risklami minimal aarajagacha pasaytirilishiga qaratilgan 
    informatsion shaffoflilikni (transparentlilikni) ta’minlash kiradi.
    Кофогайу siyosat transparentliligi deganda kompaniyani ichki va 
    moliya bozoridagi faoliyati to‘g‘risidagi informatsiyalami (m a’lumot va 
    hisobotlami) barcha manfaatdor shaxslar (aksiyadorlar, tegishli davlat 
    organlari, kreditorlar va sheriklar) uchun ochiqiigi, oshkoraligi, aniqligi, 
    toMiqligi, o‘z vaqtida (belgilangan muddatlarda) berilishi va to‘g‘riligi, 
    umuman olganda informatsion shaffofliligi tushuniladi. M a’lumot va 
    hisobotlarlami ixtiyoriy (zarurat asosida) va majburiy ravishda 
    transparentlilikning belgilangan sifat darajasida berilishi mumkin 
    boMganlari mavjud.
    Кофогайу siyosat transparentliligining bosh maqsadi investorlar- 
    ning huquqlarini himoyalash va qonuniy manfaatlarini hamda risklarini 
    pasaytirilishini ta’minlashga qaratilgan boMib, o‘z ichiga sifatli ochib 
    berilishi majburiy va ixtiyoriy boMgan informatsiyalar hamda ularga 
    qo‘yilgan qonuniy sifat talablari tizimini oladi.
    Transparentlilikning bosh vazifasi kompaniyaning ichki va moliya 
    bozoridagi faoliyati shaffofliligini hamda bunda sodir boMishi mumkin 
    boMgan har turdagi risklar, tovlamachiliklar va qonunbuzarliklami 
    zaruriy va yetarli informatsiyalar tizimini shakllantirish, nazorat qilib 
    tartiblashtirish va rivojlantirish orqali oldini olish va pasaytirilishini 
    ta’minlashdan iborat.
    Transparentlik turli usullar va shakllarda amalga oshirilib, ular 
    kompaniyalaming moliya bozoridagi faoliyatini tartiblashtirish konsep- 
    siyalari va modellaridan kelib chiqqan mexanizm tarkibiga kiruvchi 
    ma’lum qonuniv-me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
    95


    Informatsiyani ochib berish shakllari turlicha bo‘lishi mumkin, 
    masalan, 
    m oliya 
    bozori 
    qatnashchilari 
    bo'lm ish 
    kompaniyalar 
    to'g'risidagi hisobotlar va informatsiyalaming standart shakllari. 
    Bunday standart shakllarda tuzilgan va to'ldirilgan hisobot va 
    inform atsiyalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan sifat 
    darajasida, muddatlarda, hajmlarda va tartibda ochib berilishi va taqdim 
    etilishi talab qilinadi.
    Transparentlilikni ta ’minlash borasida administrativ va jam oat- 
    chilik chora-tadbirlariga asoslangan usullar qo'llaniladi, ya’ni informat- 
    siyani ochib berishlik mos ravishda davlatning qonun hujjatlari, 
    jam oatchilik 
    (o‘zini-o‘zi 
    tartiblashtiruvchi 
    tashkilotlar) 
    va 
    kom paniyaning maxsus ichki me’yorlari asosida amalga oshiriladi. 
    Ammo, bu usullarning ichida eng ustuvori va zaruri administrativ usul 
    hisoblanadi, chunki jam oatchilik va kompaniyalaming ichki m e’yoriy 
    hujjatlari davlat qonunlariga to 'liq asoslanadi.
    Aytish joizki, dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud bo'lgan 
    moliya (qim m atli qog'ozlar) bozori to'g'risidagi qonunlari ikki asosiy 
    komponentani o 'z ichiga oladi: tovlamachiliklami oldini olish; 
    informatsiyani ochib berishlikka qo'yilgan talablar. H ar ikkala 
    kom ponenta ham investorlam ing haq-huquqlarini himoyalanishiga 
    qaratilgan bo'lib, moliya bozori va unda kompaniyalami tartiblashtirish 
    tizim ining eng muhim, birlamchi, ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning 
    uchun m oliya bozorida investorlaming investitsion faoliyati jarayonidagi 
    haq-huquqlari davlat tomonidan har tomonlama qonuniy kafolatlanadi 
    va ulam i bu jarayonga jalb qilinishi qo'llab-quw atlanib rag'batlantiri- 
    ladi, ulam ing investitsion mavqei boshqa qatnashchilamikiga qaraganda 
    salmoqli va barcha qatnashchilarga nisbatan talablari ustuvor bo‘lishi 
    ta’minlanadi. Umuman olganda, transparentlilik sifati investorda to‘liq 
    him oyalanganlik hisini va faollikka zamriy shart-sharoitlar yaratilishiga 
    ko‘maklashadi. Bunda tovlamachiliklar va adolatsizliklar bilan bog'liq 
    risklardan saqlanishini ta ’minlash borasida vakolatli davlat tartiblash­
    tirish organlari tomonidan maxsus qonuniy m e’yorlar o'm a-tilgan, 
    masalan, qimmatli qog'ozlam i muomalaga chiqarilishini «mavjud 
    faktlar b o'yicha tekshirish», «moviy osmon qonuni», «asosiy standartlar 
    to'plam i», 
    «diskresion 
    vakolatlar», 
    «emissiyalanuvchi 
    qimmatli 
    qog'ozlar sifatini regulativ standartlarga mos kelishi» va h.k.
    Inform atsion shaffoflikni ta’minlashga asoslangan tartiblashtirish 
    konsepsiyasiga binoan m oliya bozorining qatnashchilari bo'lm ish
    96


    kompaniyalami har qanday faoliyati va natijalari sifat va miqdor 
    talablari daraiasida oshkora qilinishi zarur.
    Shu munosabat bilan transparentlilikning sifat mezonini moliya 
    bozorining barcha qatnashchiiariga, ayniqsa, kompaniyalarga, nisbatan 
    quyidagicha ifodalash mumkin, ya’ni kompaniya korporativ siyosatining 
    transparentlilik darajasi (ya’ni adekvat informatsion transparentililik) 
    A(T) uning barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalaming o‘zaro 
    adekvatliligi (to‘g‘ri!igi, aniqligi, o‘z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan 
    belgilanadi. Mos ravishda bu kriteriy (mezon) quyidagicha ifodalanadi:

    Download 6,87 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   191




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish