Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bitkoinning oldi-sottisi ishtirokchilarning o‘zaro kelishilgan narxlarida amalga
oshiriladi. Agar to‘lovlar birjalar orqali amalga oshirilsa, xalqaro VISA, Master
Card kartalari orqali va Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer,
Paypal va boshqa elektron hamyonlar orqali kriptovalyutalarni sotib olish
mumkindir.Hozirgi kunga kelib, birlamchi kriptovalyutalarga ma’lum bir usullar
(
mayning, forjing
)dan foydalangan holda ega bo‘lish mumkin. Qolganlar esa
virtual pullarnifaqatgina boshqalardan sotib olishlari mumkin. Buning uchun ular
ma’lum miqdorda pul to‘lashlari yoki kriptovalyutani tovar yoki hizmatga
almashtirishlari mumkin. Almashinuv hech qanday vositachilarsiz amalga
oshirilishi mumkin. Ammo amaliyotda bu ishni maxsus joylardagina amalga
oshirish mumkin bo‘lib qolmoqda. Bu esa tabiiy ravishda kriptovalyutalar bozorini
vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda kriptovalyutalar egalari ularni nafaqat
haqiqiy pullarga balki boshqa turdagi virtual pullarga ham almashtirish imkoniga
ega bo‘lmoqdalar.