8.3. Kriptovalyutaelektron tijoratida birjalardan foydalanish Ushbu bo’limda kriptovalyutalar bo’yicha real operatsiyalarini mustaqil
ravishda amalga oshirish mumkin bo’lgan bir qancha birjalar va ularning
almashinuv
punktlari
bilan
tanishib
chiqamiz
hamda
bo’lim oxirida
kriptovalyutalar bozirida ishlashni boshlash uchun zarur bo’lgan eng muhim
masalani – ularni qanday qilib sotib olish mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz.
Mitsubishi UFJ Financial Group banki ham o’z kriptovalyuta birjasini hamda
milliy valyutaga bog’liq bo’lgan tokenlarni ishga tushirishni rejalashtirayapti.
Alohida bitkoin akkauntlarni boshqaruvchi servisni tashkil qilish ham ko’zda
tutilayapti. Ushbu bank bu ishni 2018 yilda amalga oshirmoqchi va moliyaviy
hizmatlar bo’yicha agentlik
FSA bu ishni ko’rib chiqmoqda. Bu kriptovalyutaning
nomi bank abbreviaturasidan kelib chiqqan xolda
MUFG Coin deb nomlanar
ekan. Ishonchlilikni ta’minlash uchun bu kriptovalyuta yapon tangasi bilan 1:1
nisbatda bo’ladi va keyinchalik kursi o’zgarishi mumkin bo’ladi. Bunday qilishdan
maqsad,narxlar tez-tez o’zgarishining oldini olish va foydalanuvchilarning
ishonchini qozonishdir. Bankdan olingan ma’lumotlarga ko’ra, u kriptovalyuta
treyderlari uchun shahsiy servis tashkil qilish ustida ham ishlayapti. Shu servis
tufayli savdolarni tashqi birjalarsiz amalga oshirish mumkin bo’ladi va natijada
barcha valyuta bank ihtiyorida qoladi. Shunday qilib, bank har qanday xolatda ham
mijozlarning mablag’lari havfsizligini ta’minlab beradi. Servis har bir akkauntdagi
ko’zda tutilmagan faolliklarni tahlil qilib, ularning himoyasini qattiq nazorat qiladi.
Bunday kriptovalyuta o’zaro ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga
asoslangan bo’lib, o’zaro hech qanday vositachilarsiz (
bank yoki boshqacha moliyaviy uskunalarsiz ) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasining bir turidir. Tavsif etilayotgan
kriptovalyutaning tranzaktsiyasi deganda uning vositasida amalga oshiriladigan
an’anaviy yoki noan’anaviy pul o’tkazishlar amaliyoti tushuniladi. Havfsizlik
tizimining kalitlari esa saqlashning apparat modullarida yoki smart kartalarda
saqlanadi (