|
Tuzilmaviy diagrammalarning
|
bet | 26/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1Tuzilmaviy diagrammalarning maqsadi - hodisalar (to’plam) ning har bir qismlari nisbati sifatida tavsiflanadigan statistik to’plamning tarkibini grafikda
ifodalashdan iborat. Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlar yordamida grafik shaklda ifodalanishi mumkin. Birinchi holatda nafaqat alohida qismlar o’lchamlari, balki grafik o’lchami ham statistika miqdorlari bilan belgilanadi va oxirgilarining o’zgarishiga muvofiq o’zgaradi. Ikkinchi holatda esa – butun grafik o’lchami o’zgarmaydi (chunki har qanday to’plamning barcha qismlari yig’indisi 100% ni tashkil etadi), faqat uning alohida qismlari o’lchamlari o’zgaradi. Yig’indi tarkibining mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bo’yicha grafik tasviri yanada chuqurroq tahlilga yordam beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni keng miqyosda taqqoslash va solishtirishga imkoniyat yaratadi.
To’plam tuzilmasini tasvirlash uchun grafik shakl sifatida to’g’ri to’rtburchaklardan – (ustunli va tasmali diagrammalardan, hamda doiralardan – sektorli diagrammalardan) foydalaniladi.
Ustunli yoki lentali diagramma orqali hodisa tarkibni aniqlashda ularning jami uzunligi yoki bo’yi 100% yoki jami mutlaq miqdor (yig’indi)ga teng qilib olinadi va har bir tarkibni ifodalovchi ko’rsatkichlar (nisbiy, ya’ni foizli va mutloq miqdor) diagrammalarda ularning uzunligi bo’yicha mos ravishda ma’lum bir masshtabda belgilanadi. Sektorli diagrammalarda tarkibni ifodalovchi ko’rsatkichlar sektorning gradus (radian) o’lchoviga mos ravishda grafiklar tuziladi. Ya’ni butun sektor yoki doira 360 va jami tarkib - to’plam 100% ga teng bo’lsa, 1% 3,6 ga teng deb qabul qilinadi. Agar bir nechta hodisaning tarkibini o’rganmoqchi bo’lsak, ularga mos ravishda o’lchovlari teng bo’lgan bir nechta diagrammalar (ustunli, lentali diagrammalarda uzunliklari teng, figurali diagrammalarda yuzasi va boshqa o’lchovlari teng, sektorli diagarammalarda radiuslari teng bo’lgan bir xil turdagi diagrammalar) qo’llaniladi.
rasm. Oxunboboev nomli jamoa xo’jaligida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish to’g’risida ma’lumot, foizda (ustunli taqqoslash diagrammasi)
Hodisalar vaqt bo’yicha o’zgarishini tasvirlash uchun dinamika diagrammalari tuziladi.
Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat, doiraviy, chiziqli, radial va boshqa diagrammalardan foydalanilishi mumkin. Dinamika diagrammalari turini tanlash, asosan, boshlang’ich ma’lumotlar xususiyatlariga, tadqiqot maqsadlariga bog’liq. Masalan, teng bo’lmagan oraliqlardagi davrlar darajalarini o’rganish uchun ustunli, kvadratli yoki doirali diagrammalar ishlatiladi. O’zgarish sur’ati qatorida darajalar soni
|
| |