• 1-rasm. To’g’ri chiziqli koordinata tizimi rasm. Qutbli koordinata tizimi
  • Toshkent moliya instituti statistika




    Download 1,13 Mb.
    bet24/206
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129927
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   206
    Bog'liq
    4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

    Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan I choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi.




    1-rasm. To’g’ri chiziqli koordinata tizimi

    1. rasm. Qutbli koordinata tizimi

    Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.

    Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar (3-rasm).




    3-rasm. Shkala


    Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi.


    Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqindir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
    Grafik talqin grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqin qisqa va tushunarli bo’lishi lozim.
    Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, qisqa ifodalanishi uni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
    Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:

      1. Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar grafiklari va boshqalar.

      2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra (4-rasm): nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli.

      3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra (5-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).



    Statistik

    Ustunli

    Lentali

    Kvadratli

    Doirali

    Sektorli

    Figurali

    Nuqtali

    Fonli

    Ustki ta¢simlanish
    4-rasm. Grafik tasvirning geometrik shakliga ko’ra grafiklar tasnifi

    Grafiklar




    Diagrammalar
    Diagramma – bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bog’liq bo’lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo’llaniladi. Bunda o’rganilayotgan, tahlil qilinayotgan miqdorlar ularni tushunish, yaqqol namoyon bo’lishi qulay bo’lgan diagramma shakllari (ustunli diagrammalar, lentali diagrammalar, chiziqli diagrammalar, figurali diagrammalar, sektorli yoki doirasimon diagrammalar) orqali tasvirlanadi.

    Strukturali diagrammalar

    Dinamika diagrammalari

    Taqqoslash diagrammalari
    5-rasm. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra grafiklar tasnifi Echilayotgan topshiriqni xususiyatiga ko’ra diagrammalar taqqoslash,
    tuzilmaviy, dinamika va o’zaro bog’lanishni ifodalovchi diagrammalarga bo’linadi.
    Grafiklarning asosiy turlariga yana gistogramma, poligon, ogiva, kushumeta va boshqalar kiradi.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   206




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti statistika

    Download 1,13 Mb.