Statistika jadvallari va grafiklari




Download 1,13 Mb.
bet20/206
Sana04.01.2024
Hajmi1,13 Mb.
#129927
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206
Bog'liq
4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

Statistika jadvallari va grafiklari





      1. Statistika jadvallari

Siz statistikani o’rganishni boshlamasdan oldin ham jadval so’zini eshitgansiz, ya’ni ko’paytirish jadvali (xalq ichida karra jadval deyiladi), logarifmik jadval, tasodifiy sonlar jadvali va h.k. Bu paragrafda gap statistika jadvallari ustida boradi. Ularni statistikani televizorlari desak xato bo’lmasa kerak, chunki har qanday statistik tekshirishning eng asosiy natijalari statistika jadvallari orqali ifodalanadi.


Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularni birinchi bo’lib buyuk rus olimi N.K.Kirilov o’zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti “Butun Rossiya davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo’llagan. Ayrim manbalarda statistik jadvallarni yaratuvchisi deb Anxsersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari 1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo bo’lgan.
Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi.
Tashqi ko’rinishidan statistik jadval gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishmasidan iborat bo’lgan tuzilmada ifodalanadi. Gorizontal chiziqlar qatorlar, vertikal – ustunlar deyiladi.
Tuzilgan, lekin raqamlar bilan to’ldirilmagan jadvalni, statistik jadvalni maketi deyiladi (3.1-sxema).
Statistik jadvallar o’z egasi va kesimiga ega bo’lishadi. Jadvalda gap nima ustida borayotgan bo’lsa, o’sha hodisa jadvalning egasi deyiladi. Egani tavsiflovchi ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi deyiladi. Odatda ega jadvalning chap tomonida, ya’ni yotiq qatorlarda, kesim esa jadvalning o’ng tomonida, ya’ni ustunlarda joylashtiriladi. Tekshirish maqsadi va mavjud ma’lumotlarning xarakteriga qarab buning teskarisi ham bo’lishi mumkin, ya’ni ega o’ng tomonda, kesim esa chap tomonda joylashtiriladi.
Har qanday tuzilgan va to’ldirilgan jadval umumiy nomga ega bo’lishi kerak. Jadvalning umumiy nomi uni ustida keltirilib, uning mazmunini o’zida ifoda etishi kerak. Jadvaldagi qatorlar va ustunlar ham nomlanadi va iloji boricha nomerlanadi.
Statistik jadvallar, ega xarakteriga qarab: oddiy; guruhiy (gruppali); kombinatsion jadvallarga; kesim xarakteriga qarab: kesimi oddiy ishlab chiqilgan; kesim kombinatsiya ishlab chiqilgan; guruhlash maqsadi bo’yicha: informatsiya tavsifli; analitik; tipologik; maxsus tayinlangan (balans, matritsa va h.k.) jadvallarga bo’linadi (3.2-sxema).
Oddiy jadvallar deyilganda egasi faqat hodisalar, yillar, ob’ektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallarga aytiladi.
Oddiy jadvallar, ma’lumotlarni berilishiga qarab sanoqli, territorial va xronologik jadvallarga bo’linadi. Jadval egasida hodisalar sanog’i berilishi mumkin.

Download 1,13 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Statistika jadvallari va grafiklari

Download 1,13 Mb.