|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 16/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1
Statistik tadqiqot
Statistik kuzatish
Statistik hisobot
Maxsus kuzatishlar
Uzluksiz kuzatish
Fursatli kuzatish
Bir yo’la kuzatish
g’ppsasiga kuzatish
Qisman kuzatish
Anketali kuzatish
Tanlanma kuzatish
Monografik kuzatish
Asosiy massivli kuzatish
Bevosita kuzatish
Hujjatli kuzatish
Savol-javobli kuzatish
O’z-o’zini qayd qilish usuli
Korrespondentsiya usuli
Kuzatish rejasi
Kuzatish dasturi
Kuzatish ob’ekti
Kuzatish birligi
Kuzatish formulalari
Kuzatish yo’riqnomasi
Kuzatish organi
Kuzatish vaqti
Kuzatish joyi
Kuzatishning kritik payti
Tasodifiy xato
Muntazam xato
Reprezentativ xato
Bilimingizni sinab ko’ring.
Statistik tadqiqot statistik kuzatishdan nima bilan farq qiladi?
Statistik kuzatish bilan oddiy kuzatishning nima farqi bor?
Statistik kuzatish o’tkazish uchun qanday qoidalar mavjud?
Siz o’z xususiy korxonangizni moliyaviy holatini tahlil qilish uchun korxona balansi va boshqa hisobotlar orqali ma’lumot to’pladingiz. Bu ish statistik kuzatishning qaysi shakliga kiradi?
Maxsus tayyorlangan dastur orqali ma’lumot to’plasak qanaqa statistik kuzatish o’tkazgan bo’lamiz?
Siz nikohdan o’tdingiz, muchalga to’lganda to’liq tibbiyot ko’rigidan o’tdingiz, 40 yoshga kirganda oilangiz bilan tog’ bag’irlarida dam oldingiz. Bu hodisalar statistik kuzatishning qaysi shakli?
Moliya-iqtisod fakultet dekani talabalarning o’qituvchilar to’g’risidagi fikrlarini bilish uchun kurs va guruhlarda «O’qituvchilar talabalar nigohida» so’rovnomani o’tkazdi. Kredit-iqtisod fakultet dekani esa faqat IV kurs talabalari bo’yicha bu ishni bajardi. Fakultet dekanlari statistik kuzatishning qaysi turini qo’lladilar?
Kuzatish ob’ekti va kuzatish birligi teng bo’lishi mumkinmi? Qani misollar keltiringchi?
Kuzatish formulyari va yo’riqnomasi nima uchun kerak? Ularni kim ishlab chiqadi?
Sizni qishlog’ingizda 15 yanvardan 16 yanvarga o’tar kechasi quyidagilar ro’y berdi. Hasan va Husanlar soat 21 dan 56 minut o’tganda tug’ildi, qo’shningiz oilasida Fotima va Zuhralar 00 soatu 10 minutda tug’ildi. Hamqishlog’ingiz Yo’ldosh ota soat 23 dan 59 minut o’tganda olamdan ko’z yumdilar. g’mg’ir xola esa soat ikkidan 15 minut o’tganda dunyodan o’tdilar. Statistik kuzatishning kritik
momenti (fursati) etib 15 dan 16 yanvarga o’tar kechasi soat 2400 qilib belgilangan. Kimlarni aholi ro’yxatiga kiritamiz?
Kuzatish xatolarini qanday aniqlaysiz?
Tasodifiy, muntazam va reprezentativ xatolarning bir-biridan farqi? 13.Nazoratning qanday turlari mavjud.
14.Ro’yxat varaqasida quyidagi javoblar berilgan:
Ismi-sharifi Toshmatov Toshmat
Turar joyi Toshkent shahri
Ma’lumoti Oliy
yoshi To’qqizda
Jinsi Ayol
Millati Fin
Mansabi rektor Nechanchi farzand ikkinchi Akangiz bormi? Bor
Opangiz bomi? Bor va h.k.
Ro’yxat varaqasini to’ldirishda qanday xatoliklarga yo’l quyilgan? U xatolar qanday xatolar deb ataladi?
|
| |