|
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari
|
bet | 34/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1Koordinatsiya nisbiy miqdorlari to’plamdagi bo’laklarning bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi va bevosita o’zaro bog’langan hamda qisman o’xshash bo’lgan ko’rsatkichlarni tipik jihatdan xarakterlaydi. Masalan, shahar va qishloq aholisi nisbati, ayollar va erkaklar nisbati, iste’mol va jamg’arma fondlari nisbati va h.k.
Misol. Restoranning bir kunlik oboroti 1160 ming so’m. Shundan 780 ming so’mga o’zida ishlab chiqarilgan mahsulot sotilgan, qolgani (380 ming so’m) sotib olgan tovarlarni sotish bo’yicha oborot. Bu erdan:
КНМ 780 2,05
380
сум
Demak, restoranda bir so’mlik sotib olingan tovarlarni sotish oborotiga 2,05 so’mlik o’zida ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish to’g’ri kelayapti. Bu degani, restoran asosan spirtli ichimliklar va sigaret sotish bilan emas, balki o’zida tayyorlangan mahsulotlarni xaridorlarga sotish bilan shug’ullangan.
Intensivlik nisbiy miqdorlari hodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, yoyilishini xarakterlaydi.
Intensivlik nisbiy miqdoriga aholining zichligini (aholi soni/territoriya), tug’ilish, o’lish, tabiiy va mexanik harakati ko’rsatkichlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Taqqoslash nisbiy miqdorlari turli ob’ekt va hududlarga mansub bo’lgan bir xil ko’rsatkichlarning nisbatini xarakterlaydi. Masalan, AQSh va O’zbekistonda yoki O’zbekiston va Rossiyada kishi boshiga iste’mol qilingan tuxum, go’sht yoki bitta oilaga to’g’ri keladigan avtomobil va boshqalar. Taqqoslash nisbiy miqdorlarni hisoblashni boshlashdan oldin, tekshiruvchi taqqoslanadigan miqdorlarni taqqoslama
holga keltirib olishi kerak. Taqqoslama bo’lishi uchun, ikki mamlakatning ko’rsatkichlari mohiyati va mazmuni bo’yicha bir xil, ular yagona metodologiya bilan hisoblangan, bir xil o’lchov birliklarida keltirilgan bo’lishi kerak, aks holda, ularni taqqoslash noto’g’ri xulosalarga olib keladi.
|
| |