Miqdor ko’rsatkichlari indekslari.
Qancha miqdor ko’rsatkichi bo’lsa, shuncha miqdor indeksi mavjuddir. Ularning soni ko’pligi sababli biz eng ko’p ishlatiladiganlarini o’rganamiz. Mahsulot hajmi shunday miqdor ko’rsatkichlardan biridir. Tekshiruvchi qo’lida bir korxonada ishlab chiqarilgan turli o’lchovlardagi mahsulotlar hamda ma’lumot bir necha davr uchun mavjud. Ularni taqqoslash zarur. Bu muammoni quyidagicha hal qilish mumkin. Bevosita qo’shishga halaqit beradigan (naturada) mahsulotni qandaydir bir aniq o’lchagichlar yordamida bitta bir xil o’lchov birligiga keltirish orqali mahsulotning umumiy hajmini davrlar bo’yicha aniqlab, ularni o’zaro taqqoslash mumkin.
Boshqa ko’rsatkichlarga qaraganda, bu vazifani juda ko’p hollarda mahsulot birligining bahosi bajaradi. Bahoni miqdorga ko’paytirib, har bir mahsulot turining qiymatini aniqlaymiz va bu individual qiymatlarni qo’shib mahsulotlarni barcha turlari va guruhlari bo’yicha ularining umumiy hajmi aniqlanadi. Bahodan tashqari, mahsulot bir birligini tannarxi, mahsulot bir birligiga sarflangan mehnat xarajatlari kabilar ham bu vazifani, ya’ni taqqoslagich (vazn) rolini bajarishi mumkin.
Umumiy indekslar agregat va o’rtacha shakllarda bo’ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o’tgan davrlar uchun hisoblangan to’plamlarni o’zaro taqqoslashga aytiladi.
Statistikada, deyarli hamma hisoblar o’z umumiy ifodasini matematik formulalarda topgani tufayli agregat shakldagi indeksni ham quyidagicha formula ko’rinishida yozish mumkin.
pq pq ... pn1qn1 p q
J 1 1 1 1 1 1
pq p q p q ... pn 0 qn 0 p q
0 0 0 0 0 0
Bu indeks mahsulot (tovar oborot) hajmining umumiy indeksidir. Bu erda P1q1
va P0q 0 joriy va bazis davrlardagi mahsulot qiymati.
Ko’rinib turibdiki, bu indeks mahsulot fizik hajmini emas, uni qiymatining o’zgarishini xarakterlamoqda, ya’ni baho o’zgarsa, qiymat ham o’zgaraveradi. Shuning uchun faqatgina mahsulot fizik hajmini o’zgarishini aniqlash uchun indeks vaznlari ikki davr uchun ham bir xil olinishi kerak. Boshqacha aytganda, bizning maqsadimiz indekslash-tirilayotgan belgi (q) o’zgarishini o’rganish bo’lib, vaznlarning o’zgarishi umumiy o’zgarishga o’z ta’sirini o’tkazmasligi kerak. Demak, vaznlar bir davr uchun olinadi.
Shunday qilib, fizik hajmi indeksini tuzishda vazn sifatida o’tgan davr baholari (ko’p yil bo’lsa baza qilib olingan bir yil bahosi) olinadi. Fizik hajmi indeksi formulasini quyidagicha yozish mumkin.
q p q p ... qn1 pn 0 q p
I 1 0 1 0 1 1 ,
q q p q p ... qn 0 pn 0 q p
0 0 0 0 0 0
bu erda: q1p0 - joriy davrdagi mahsulotning qiymati (o’tgan davr bahosida);
q0p0 – bazis davridagi mahsulotning qiymati.
Har qanday agregat indeksni boshqa indekslardan farqi va o’ziga xos xususiyati shundaki, uning sur’ati va maxrajida ikki ko’rsatkich ko’paytmasining yig’indisi keltiriladi, ulardan bittasi, ya’ni indekslashtirilayotgan belgi o’zgaradi, ikkinchisi – indeks vazni o’zgarmas bo’ladi.
|