8.4 - jadval.
Toshkent shahar bozorlarida sotilgan olxo’rining miqdori va bahosi
-
Bozorlar
|
Iyun
|
Iyul
|
Miqdor, ming kg(q0)
|
1 kg bahosi, so’m(p0)
|
Miqdor, ming kg (q1)
|
1kg bahos, so’m(p1)
|
Oloy
|
300
|
800
|
100
|
600
|
Chorsu
|
200
|
700
|
10
|
550
|
Yunusobod
|
100
|
600
|
90
|
450
|
8.4-javdal ma’lumotlari asosida bahoning o’zgaruvchan tarkibli indeksini hisoblaymiz:
J p p1q1 : p0 q0 600 100 550 100 450 90 : 800 300 700 200 600 100
q1
q0
100 100 90
300 200 100
60000 55000 40500 : 240000 140000 60000 155500 : 440000
100 100 90
300 200 100
290
600
536,21: 733,33 0,731 ёки
73,1%
(26,9%)
Demak, iyul oyida iyun oyiga nisbatan olxo’rining o’rtacha bahosi 26,9%ga pasaygan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, olxo’rining o’rtacha bahosini o’zgarishiga ikki omil ta’sir ko’rsatadi: 1) indekslashtirilayotgan ko’rsatkichni o’zgarishi, ya’ni har bir bozorda olxo’riga bo’lgan bahoning o’zgarishi; 2) umumiy hajmda har bo’lak hissasining o’zgarishi, ya’ni umumiy sotilgan olxo’rida har bir bozor ulushining o’zgarishi. Bu omillarni ta’sirini baholash uchun o’zgarmas tarkibli va tarkibiy siljishlar indekslari hisoblanadi.
O’rtacha bahoning o’zgarishida ikkinchi omil, ya’ni bozorlar ulushi o’zgarishining ta’sirini yo’qotish uchun baho indeksining vaznlari o’zgarmas olinadi. Bu indeks o’zgarmas (doimiy) tarkibli indeks nomini olib, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
p
J p1q1 : p0 q1 p1q1
q1 q1 p0 q1
8.4-jadval ma’lumotlari asosida bu indeksni hisoblaymiz.
J 600 100 550 100 450 90 60000 55000 40500 155500 0,762 yoki76,2% (-
p 800 100 700 100 600 90 80000 70000 54000 204000
23,8%)
Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan uchala bozor bo’yicha olxo’rining bahosi o’rtacha 23,8%ga pasaygan.
Ikkinchi omilning, ya’ni sotilgan mahsulotda har bir bozor ulushi o’zgarishining ta’sirini baholash uchun statistikada tarkibiy siljishlar indeksi hisoblanadi.
Jт.с. p0 q1 : p0 q0
q1 q0
8.4-jadval ma’lumotlari asosida bu indeksni hisoblaymiz:
Jт.с 800 100 700 100 600 90 : 800 300 700 200 600 100
100 100 90 300 200 100
80000 70000 54000 : 240000 140000 60000 204000 : 440000
100 100 90
300 200 100
290
600
703,45 : 733,33 0,959
ёки
95,9% 0 (4,1%)
Joriy davrda o’tgan davrga nisbatan ro’y bergan tarkibiy siljishlar natijasida baho o’rtacha 4,1% pasaygan.
Bu uchala indeks o’zaro bog’liq indekslardir, ya’ni:
J p J p xJт. с.
0,731=0,762x0,959
Mana shu bog’liqlikdan foydalanib, ularni ikkitasi ma’lum bo’lsa, uchinchisini hisoblash yoki hisoblagan indekslarni tekshirib ko’rish mumkin.
Jт. с. J p : J p
0,959=0,731:0,762
Bazisli, zanjirsimon va hududiy (territorial) indekslar
Indekslar, yuqorida ta’kidlanganidek, taqqoslanish asosiga qarab bazisli va zanjirsimon indekslarga bo’linadi. Agarda o’rganilayotgan qatorning hadlari baza sifatida qabul qilingan bitta had bilan taqqoslansa, bunday indekslar bazisli indekslar deyiladi, agarda har bir had o’zidan oldin keladigan had bilan taqqoslansa unday indekslar zanjirsimon indekslar deb yuritiladi.
Masalan, tovar miqdori bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Choraklar I II III IV
Miqdor darajalari
q1 Q2 q3 q4
Birinchi chorakni taqqoslash bazasi deb qabul qilsak, bazisli indekslar quyidagicha ko’rinish oladi:
q2 ;
q1
q3 ;
q1
q4 .
q1
Zanjirsimon indekslarni quyidagicha yozish mumkin:
q 2 ;
q1
q3 ;
q2
q4 .
q3
Bazisli va zanjirsimon indekslar o’rtasida quyidagicha bog’liqlik mavjud.
Bundan foydalanib, ularni biridan ikkinchisiga o’tish mumkin:
q4 = q2 x q3 x q4
yoki
q4 : q3 = q4 .
q1 q1 q2 q3 q1 q1 q3
Bu o’zaro bog’liqlikni doimo esda tutish kerak, chunki u individual indekslar uchun shartsiz bajariladigan ishdir. Ushbu bog’liqlikni umumiy indekslarga to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib bo’lmaydi, chunki vaznlar turlicha. Agarda hamma indekslar bitta vaznda hisoblansa, u bog’liqlikni umumiy indekslarga ham qo’llash mumkin (hayotda juda kam uchraydigan voqea).
Yuqorida keltirilgan misolimizda tovar miqdori emas, balki qiymati berilgan deb faraz qilaylik:
-
Choraklar
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
Qiymat darajalari
|
q1r1
|
q2r2
|
q3r3
|
q4r4
|
Bunday sharoitda bazisli va zanjirsimon indekslarning vazn masalasi turlicha echiladi. Masalan, mahsulot fizik hajmining zanjirsimon indeksini hisoblashda vazn o’zgarmas bo’lishi mumkin, ya’ni quyidagicha:
Iq q2 p1 ; Iq
q3 p1 ; Iq
q4 p1 ;
2 / 1 q p
1 1
3 / 2
q2 p1
4 / 3
q3 p1
Bu indekslarning hammasi bitta vaznda hisoblanganligi uchun doimiy vaznli indekslar deb ataladi. Bu erda ham individual indekslarga o’xshab zanjirli indekslardan bazisli indekslarga o’tish mumkin.
q2 p1 x
q1 p1
q3 p1 x
q2 p1
q4 p1
q1 p3
Zanjirsimon indekslar qatorini tuzishda boshqacha ish tutamiz. Har bir davr uchun fizik hajm indeksini hisoblashda o’zidan oldingi davr bahosi vazn rolini bajaradi. Ularni quyidagicha yozamiz:
q2 p1 ; q3 p2 ; q4 p3 ;
q1 p1 q2 p2 q3 p3
Bu indekslarning har birida vazn o’zgarganligi uchun ularni o’zgaruvchan vaznli indekslar deb ataladi.
Bunday indekslarni (doimiy va o’zgaruvchan vaznli) boshqa ko’rsatkichlar (baho, tannarx va h.k.) bo’yicha ham hisoblash mumkin.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarning faqatgina zamonda o’zgarishi emas, balki makonda o’zgarishini o’rganish ham juda katta ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu ish zaruriyatga aylanadi.
Turli hudud(territoriya)larga taalluqli hodisalarni taqqoslash hududiy indekslar deyiladi. Ular ham individual va umumiy indekslarga bo’linadi.
Individual indekslar hodisani hududlar bo’yicha bo’lgan nisbatini tavsiflaydi. Bu indekslarni hisoblashda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaymiz. Chunki bu erda vazn masalasi muammosi yo’q. Lekin, umumiy hududiy indekslarni hisoblash jarayonida vazn masalasini aniqlashda ancha-muncha qiyinchiliklar mavjud. Bu erda, ayniqsa, taqqoslash bazasi va vazn qilib qaysi bir hududni olish to’g’riligini hal qilish murakkab ishdir. Bu muammo, birinchi navbatda kuzatish oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga qarab echiladi. Masalan, Jondor va Kogon tuman dehqon bozorlarida sotilgan mahsulotlarning bahosini taqqoslamoqchimiz. Bu erda qaysi bir tumanda sotilgan mahsulot miqdorlarini vazn sifatida olish to’g’ri bo’ladi? degan savol tug’iladi. Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Agarda Jondor tumanida Kogon tumaniga nisbatan baho o’zgarishi o’rganilsa, hududiy indeks quyidagicha yoziladi:
Iр Рж qж
ж / к Р q
к ж
Agarda Kogon tumanida Jondor tumaniga nisbatan baho o’zgarishi o’rganilsa, hududiy indeks quyidagicha yoziladi:
Ip
Рк qк
к / ж
Рж qк
Demak, birinchi indeksda taqqoslash bazasi qilib, Kogon tumanidagi baho, vazn vazifasini bajarish uchun esa Jondor tumanidagi mahsulot hajmi qabul qilindi. Ikkinchi indeksda esa, aksincha.
Hududiy indekslarni hisoblashda vazn vazifasini bajarish uchun umumiy hudud ko’rsatkichlari ham olinadi. Masalan, ikkita tumanning dehqon bozorlarida sotilgan mahsulot miqdori qo’shib olinishi mumkin. Unda hududiy indeks quyidagi ko’rinishni oladi:
Jр
Рж qж .к
Рк qж .к
Miqdor ko’rsatkichlari indekslashtirilayotganda xududiy indekslarida vazn vazifasini o’rtacha darajalar ham bajarishi mumkin. Masalan, mahsulot fizik hajmi hududiy indekslarni hisoblamoqchi bo’lsak, vazn o’rnida o’rtacha bahoni ishlatish mumkin, ya’ni
qж p
Уй
qк p
Oxirgi xulosa va taklif shuki, umumiy hududiy indekslar hisoblanayotganda vaznni tanlash eng qiyin va muhim masalalardan biri va u tekshiruvchining oldiga qo’ygan maqsad va vazifaga bog’liqdir.
|