I. SHARTNOMA PRЕDMЕTI
1.1. «BUYURTMACHI» talabiga asosan «IJROCHI» quyida keltirilgan masofadan malaka oshirish o‘quv kurs yo‘nalishlarini tashkil qiladi:
II. MASOFAVIY MALAKA OSHIRISH O‘QUV KURSINI TASHKIL QILISH SHARTLARI
2.1. Masofaviy malaka oshirish o‘quv kurslari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan va Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja va dastur asosida tashkil etiladi.
2.2. «BUYURTMACHI» mazkur ommaviy oferta shartlari bilan tanishadi.
2.3. Masofadan malaka oshirishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada o‘zlashtirgan, qo‘llash mahoratiga ega bo‘lgan talabgor qabul qilinadi. Talabgorning o‘quv kurslariga masofadan qatnashishiga, amaliyot darslariga, yo‘riqnoma mashg‘ulotlariga, yakuniy imtihonlariga qatnashish uchun yuborilishiga «BUYURTMACHI» (yoki talabgorning o‘zi) mas’ul hisoblanadi.
2.4. «BUYURTMACHI» masofadan malaka oshirish o‘quv kurslarida qatnashish uchun www.qabul.avtoilm.uz manzili orqali onlayn qabul dasturidan 5.1.1 bandida keltirilgan shartlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi.
2.5. Onlayn qabul dasturiga joylashtirilgan «BUYURTMACHI» (talabgor) haqidagi barcha ma’lumotlar (hujjatlar) «IJROCHI» tomonidan o‘rganib chiqiladi.
2.6. Talabgorlar tomonidan elektron shaklda taqdim qilingan barcha ma’lumotlari (hujjatlari) belgilangan talabga javob berganda va o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha bir guruhda
25 nafardan kam (ko‘pi bilan 30 nafar bo‘lganda) bo‘lmagan talabgorlar shakllanganidan so‘ng, institut rahbarining buyrug‘i bilan masofadan malaka oshirish o‘quv kurslariga qabul qilinadi.
2.7. «BUYURTMACHI» haqidagi ma’lumotlar «IJROCHI» tomonidan o‘quv portaliga joylashtiriladi va ularga masofadan malaka oshirish maxsus dasturidan foydalanish uchun login va parol taqdim etiladi.
2.8. Tarmoq orqali joriy nazorat sinovlarining test savollari 15 tadan, oraliq nazorat sinovlarining test savollari 25 tadan iborat bo‘ladi va ularni baholash «IJROCHI» tomonidan amalga oshiriladi.
2.9. «BUYURTMACHI» joriy va oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarganidan so‘ng tarmoqdagi faoliyati hamda kurs elementlarini o‘zlashtirganligi bo‘yicha tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tomonidan ochiq sinov o‘tkaziladi. Ochiq sinov xulosasiga asosan tinglovchi yakuniy imtihonga qo‘yiladi.
2.10. Joriy va oraliq nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchilarga qayta topshirishga bir marotaba imkoniyat beriladi. Mazkur imkoniyatdan foydalana olmagan tinglovchi institut rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safidan chetlashtiriladi.
2.11. Yo‘riqnoma mashg‘ulotlari (amaliy mashg‘ulot va konsultatsiya) tegishli o‘quv moduli bo‘yicha tayinlangan tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tomonidan amalga oshiriladi.
2.12. Masofadan malaka oshirish o‘quv kursi yo‘riqnoma mashg‘ulotlari tyutor (o‘qituvchi-konsultant) bilan bevosita yuzma-yuz mashg‘ulot orqali o‘quv rejada qayd etilgan shakl bo‘yicha amalga oshiriladi.
2.13. Masofadan malaka oshirish dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchiga o‘rnatilgan tartibda, davlat namunasidagi hujjat (malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat) beriladi.
2.14. Yakuniy imtihon natijasida o‘quv dasturini o‘zlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchiga o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.
2.15. Malaka oshirish o‘quv kursi davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda (rus) ham olib borilishi mumkin. Malaka oshirish o‘quv kurslari boshqa tillarda faqatgina guruhdagi tinglovchilar soni kamida 25 nafar bo‘lganda tashkil qilinishi mumkin.
2.16. Tinglovchi sababsiz 3 soat onlayn dars jarayonlariga qatnashmaganda va institut ichki tartib qoidalarini buzganda, malaka oshirish kursidan institut rahbarining buyrug‘iga asosan chetlashtiriladi.
|