VIII. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
8.1. Taraflar o‘rtasida ushbu shartnoma bo‘yicha paydo bo‘ladigan barcha nizolar yoki kelishmovchiliklar tomonlar o‘rtasida muzokara yo‘li bilan hal qilinadi.
8.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasa, ular Qonunda belgilangan tartibda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi (yuridik shaxslar uchun) yoki Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi (jismoniy shaxslar uchun) orqali hal qilinadi.
IX. FORS MAJOR HOLATLAR
9.1. Tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa
shu kabi holatlarda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari
va Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida, agar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganda, majburiyat bajarilmaganligi uchun tomonlar javobgarlikdan ozod etiladi. Bunda yengib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida shartnoma majburiyatlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi haqida vakolatli organning hujjati taqdim etilishi lozim.
9.2. Yuqoridagi holatlar yuzasidan «BUYURTMACHI» va «IJROCHI» bir-biriga darhol xabarnoma yuborishga majbur.
|