VI. TOMONLAR JAVOBGARLIGI
6.1. «BUYURTMACHI» va «IJROCHI» ushbu Shartnoma shartlarini to‘liq bajarmaganda, amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadilar.
6.2. Ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
VII. SHARTNOMAGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TARTIBI
7.1. Ushbu shartnomaga kiritilgan har qanday qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda yoki elektron shaklda rasmiylashtirilib, har ikki tomon elektron shaklda tasdiqlanganda (imzolagan) haqiqiy kuchga ega bo‘ladi.
7.2. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Fuqarolik kodeksi va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
7.3. Shartnomani bekor qilishga qaror qilgan taraf boshqa tarafga bu haqda kamida o‘n kun oldin yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuborishi shart.
7.4. «IJROCHI» tomonidan masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etilgunga qadar «BUYURTMACHI» malaka oshirish kurslariga qatnashish istagini rad etsa, «IJROCHI» ning hisob raqamiga o‘tkazgan pul mablag‘ini qaytarib olish uchun yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi, bunda «IJROCHI» tomonidan qaytariladigan pul mablag‘idan bank xizmat xaqi ushlab qolinadi.
|