Yurtimizda yuzaga kelgan anomal sovuq va uning oqibatlari




Download 1.63 Mb.
bet7/13
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#71429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
TOSHKENT SHAHRIDA BINOLAR QURILISHIDA DARAXTLARNI HIMOYA QILISH
ENGLIZ AFG’ON URUSHLARI VA XALQARO VAZIYAT 3 1 Mirzayeva 12, 20220212T1351 - Абдуллаева Нигора - Математика, 20220209T1538 - Гузал, 20220208T1618 - Javohir - Математика, Mavzu Ta\'limning interfaol metodlari. Strategiyalari va o’yin t-hozir.org, Glossariy, Test
7. Yurtimizda yuzaga kelgan anomal sovuq va uning oqibatlari
Shu kunlarda respublika bo‘ylab elektr energiyasi, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar aholining e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Mamlakat energetika tizimi bunday sinovlarga tayyor emasligini ko‘rsatdi.

«Yuksalish» umummilliy harakati fuqarolarning bu boradagi fikrlariga tayanib, mas’ul davlat idoralarini quyidagilarga chaqiradi:
Birinchidan, belgilangan haroratdagi issiqlik, issiq suv, elektr energiyasi va gaz (shu jumladan, hisoblagichlari bo‘lmagan iste’molchilar) ta’minlanmagan barcha kunlar uchun aholi bilan qayta hisob-kitob qilishga chaqiramiz.
Ikkinchidan, Energetika vazirligi qishga tayyorlanganlik holati haqida axborot berishi maqsadga muvofiq: navbatdagi energetika inqirozi nima uchun yuz berdi, ular bu muammoni qanday hal qilmoqda, bunday holat yana takrorlanmasligi uchun nimalar qilinmoqda? Hukumatning energetika sohasidagi strategiyasi e’lon qilinishi kerak.
Uchinchidan, energosamaradorlikni oshirish, muqobil energiya manbalariga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish uchun zarur tashkiliy va infratuzilmaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish lozim.
Muqobil energiya manbalarining keng rivojlanishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganligini ochiq muhokama qilish uchun ekspertlarni, davlat rasmiylarini taklif qilib, jamoatchilik fikrini o‘rganish zarur. «Yuksalish» umummilliy harakati bu masalada muloqot maydoni bo‘lishga tayyor.
To‘rtinchidan, qishning sovuq kunlari yana 2-3 hafta saqlanib qolishini inobatga olib, quyidagi tezkor choralarni ko‘rish taklif etiladi:
1. Barcha viloyatlardagi COVID-markazlari, Toshkentdagi yotoqxonalar ishida tajriba bor. Zaruratga ko‘ra joylarda odamlarga isinish, telefon va boshqa qurilmalarni zaryadlash, cho‘milish, ovqat pishirish maqsadida kelishlari uchun issiq suv va elektr energiyasi uzluksiz ta’minlangan isitiladigan xonalarni tayyorlash;
2. Rasmiy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash. Kuniga kamida bir-ikki marta energiya tizimi rahbarlari jonli efirga chiqishlari kerak (televideniye, radio, internet orqali), ya’ni vaziyatni yaxshilash uchun aniq nima qilingani, qanday baxtsiz hodisalar bartaraf etilgani, qayerda muammolar saqlanib qolayotgani va ularni bartaraf etish muddatlari va ko‘rilayotgan choralar haqida brifinglar o‘tkazishi kerak.
3. Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun ko‘p funksiyali koll-markazni ishga tushirish. Ayni kunlarda tegishli mas’ul tuzilmalarning «Ishonch telefoni»da jiddiy kamchiliklar mavjud bo‘lib, liniyalar haddan tashqari yuklanganligi yoki oddiygina javob berilmayotganligi ma’lum.
So‘nggi kunlarda “Anomal sovuq” tushunchasi “trend”ga chiqdi. Uning oqibatlari keyingi masala. Ammo sabablari haqida biroz chuqurroq bilib olsak zarar qilmaydi.
Shu maqsadda AzonTV ning «Fikrat» tahliliy dasturida “O‘zgidromet” Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev hamda mutaxassis Erkin Abdulahatov bilan suhbat uyushtirildi.
Suhbatda, shuningdek, “anomal” so‘zining ishlatilganiga izoh berildi. Chunki “bu atama kommunal xizmatlar va joylardagi mahalliy boshqaruv organlarining noshudligi va muammolarini “oqlash” hamda xaspo‘shlash uchun o‘ylab topildi, degan shubhalar ko‘pchilikning ko‘nglidan kechgani rost gap.
Bu so‘zni qo‘llaganimiz yuzasidan juda ko‘p savollar berildi, deydi Sherzodxo‘ja Habibullayev. – Agar ob-havo prognozini berishda, harorat ko‘p yillik ma’lumotlar bo‘yicha kundalik o‘rtacha miqdoridan 7 darajaga farq qilsa, “anomal” deyiladi. Masalan, hozirgi o‘rganishlarimizga ko‘ra, tunda minus 6 daraja bo‘lsa, agar unga 7 qo‘shilsa, demak minus 13 daraja yilning shu payti uchun anomal ob-havo hisoblanadi. Bu xalqaro darajada qabul qilingan me’yor.
Lekin o‘tgan haftadagi vaziyatda nafaqat harorat darajasiga, balki havo bosimiga ham qaraldi. Chunki haqiqatan ham yurtimiz hududiga sovuq siklon kirib keldi. Vaziyat rostan ham juda jiddiy edi. Ayrimlar hatto “anomal sovuq” haqidagi xabar kommunal xizmatlar faoliyatidagi muammolarni oqlash uchun aytilgan, degan shubhaga ham borishdi. Lekin bu haqiqatan anomal ob-havo edi.
Ko‘p yillik kuzatuvlar, hamkorlarimiz bergan ma’lumotlar, yer sun’iy yo‘ldoshlari uzatgan raqamlardan kelib chiqqan holda, “anomal sovuq” so‘zini ishlatdik. Bu ogohlantirish nafaqat aholini hushyorlikka chaqirish, balki tegishli xizmatlar e’tiborini qaratish vazifasini ham bajaradi. Chunki biz muntazam ob-havo xabarnomasini chiqaramiz. Bu xabarnoma bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishda barcha xizmatlarning o‘z vazifalari belgilab qo‘yilgan.
Ta’kidlash kerak, ob-havo prognozida “anomal” tushunchasi ham sovuqligi bo‘yicha, ham bosimi bo‘yicha qo‘llanildi. Chunki bosim ham an’anaviy ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘ldi. Oddiy tushuntiradigan bo‘lsam, quyosh chiqsa ham qizdirmadi. Bosimning yuqori bo‘lishi sovuqni ushlab turishga xizmat qiladi, quyosh haroratini “sindiradi”.
Aytib o‘tishimiz kerak, “anomal” so‘zini o‘tgan yili yozdagi qattiq issiqqa nisbatan ham ishlatganmiz, lekin negadir hech kim ahamiyat bermagandi. Hattoki o‘tgan yilgi chang bo‘ronlari ham har yillik o‘rtacha me’yordan ortiqcha bo‘lgani uchun anomal hisoblanadi.



Shu o‘rinda “O‘zgidromet” tashkiloti haqida qisqa ma’lumot bersak:
Toshkentda metereologik kuzatuvlar 1867 yilning dekabridan boshlangan. 1870 yilning martidan “Turkistanskiye vedomosti” gazetasida ob-havo meteokuzatuv ma’lumotlari nashr etila boshlangan. 1873 yildan Toshkent Astronomiya va fizika observatoriyasi faoliyat yurita boshladi. 1876 yilning sentyabrida Toshkent observatoriya meteostansiyasi ochildi va hozirgacha xizmat qilib kelyapti.
XX asrning boshlariga kelib, O‘zbekiston hududida 11 ta gidrometeorologik stansiya tashkil etilgan. O‘zbekiston gidromet xizmatining rasmiy tashkil etilgan sanasi 1921 yil 7 may kuni nishonlanadi.
1931 yildan boshlab Gidromet xizmati ham meteorologik, ham gidrologik kuzatuvlarni muntazam ravishda olib boradi. 1992 yilda Gidrometxizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya bosh boshqarmasi huquqiy maqomini oldi. 2004 yilning aprel oyidan boshlab bosh gidromet Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometxizmat markaziga aylantirildi.
2017 yildan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o‘tkazildi. 2019 yildan esa Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazilgan.
Anomal sovuq kunlari oldidan muntazam ravishda oʻrganish ishlari olib borilib, bu haqida aholiga kerakli maʼlumotlar toʻliq yetkazildi. Ayni kunlarda mutaxassislarimiz ob-havodagi har bir kutilayotgan oʻzgarish jarayonini ilmiy yondashuvlar asosida kuzatib bormoqda. Zaruriy tavsiya va xulosalar barcha mutasaddi idoralarga oʻz vaqtida yetkazilyapti.
Avvaldan kutilganidek, 10-yanvar kuni erta tongdan Fargʻona viloyatining aksariyat hududlarida yogʻingarchilik, shamol kuzatilib, ob-havodagi bunday noqulayliklar hamon saqlanib qolmoqda. Shu kunlarda Fargʻona vodiysida kechalari -5, -10, kunduzi -2, -5 gradusgacha sovuq boʻlishi kutilyapti. Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kunduzi -6, kechqurun -10, -12 gradusgacha pasayishi, kuchli qor yogʻishi, shamolning tezligi ayrim joylarda 18-23 metr sekundgacha yetishi mumkin.
Tabiiyki, bu holatda aholini birinchi galda issiqlik va elektr energiyasi taʼminoti tashvishlantiradi. Kommunal soha mutasaddilarining maʼlum qilishicha, ayni kunlarda Fargʻona viloyatida elektr taʼminoti barqarorligini saqlash maqsadida 74 ta tunu kun ishlaydigan brigada faoliyati shakllantirildi. Mutaxassislar, texnika vositalari jalb etilib, avariya holatlarida tezkor choralar koʻrish uchun transformatorlar, temir beton tayanchlari, kabel simlari zaxirasi yaratildi.
Shuningdek, shahar-tuman gaz idoralarida 76 ta avariya-tiklash guruhlari 24/7 rejimida ishlayapti. Viloyatdagi 8 ta koʻmir omborida 122 ming tonna koʻmir zaxirasi yaratilib, yana 20 ming tonna koʻmirga buyurtma berildi. Aholiga kuniga oʻrtacha 1,5-2 ming tonna koʻmir yetkazilmoqda.
Oʻz navbatida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan anomal sovuq kunlari bolalar, keksalar, surunkali kasali bor bemorlarni ehtiyot qilish, mavsumiy kasalliklardan ehtiyot boʻlish, darmondorilarga boy tabiiy mahsulotlarni isteʼmol qilish kabi muhim yoʻnalishlarda keng koʻlamli tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq aksar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Shuni hisobga olgan holda, prezident Shavkat Mirziyoyevning “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan tadbirkorlarga bir qator yengilliklar berilmoqda. Shular jumlasidan soliq imtiyozlari ham oʻrin olgan.

Soliq qoʻmitasi bosh inspektori Behzod Jalilov prezident qarorida qayd etilgan imtiyozlar haqida tushuntirish berdi:
Tadbirkorlik subyektlarining 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan, ya’ni hosil boʻlgan soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulga qadar foizlarsiz, qoʻshimcha shartlarsiz va taʼminot talab etmasdan, teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin boʻladi.
Misol uchun, A korxonaning 2023-yil 1-yanvar holatiga 100 mln soʻm soliq qarzi 1-fevral holatiga 170 mln soʻmni tashkil qilganda, bunda yanvar oyida hosil boʻlgan 70 mln soʻm soliq qarzini 1-martdan 1-iyulga qadar teng ulushlarda toʻlash imkoniyati beriladi.
Bunda tadbirkorlik subyektlariga soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisida arizalar Soliq qoʻmitasi tomonidan 5 kun muddatda koʻrib chiqiladi va havo haroratining keskin sovib ketishi davrida toʻliq quvvatda ishlay olmagan soliq toʻlovchilarning yanvar oyi yakuni boʻyicha hosil boʻlgan soliq qarzini ham boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin.
Shuningdek, ushbu qaror kuchga kirgan sanadan boshlab 2023-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik subyektlarining soliq qarziga penya hisoblanmaydi.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllanishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qoʻllangan jarimalar undirilishi 2023-yil 1-aprelga qadar toʻxtatib turiladi.


Download 1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yurtimizda yuzaga kelgan anomal sovuq va uning oqibatlari

Download 1.63 Mb.