Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan ‘Yashil makon’ umummilliy loyihasi




Download 1.63 Mb.
bet8/13
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#71429
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
TOSHKENT SHAHRIDA BINOLAR QURILISHIDA DARAXTLARNI HIMOYA QILISH
ENGLIZ AFG’ON URUSHLARI VA XALQARO VAZIYAT 3 1 Mirzayeva 12, 20220212T1351 - Абдуллаева Нигора - Математика, 20220209T1538 - Гузал, 20220208T1618 - Javohir - Математика, Mavzu Ta\'limning interfaol metodlari. Strategiyalari va o’yin t-hozir.org, Glossariy, Test
8. Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan ‘Yashil makon’ umummilliy loyihasi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini eʼlon qildi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistonda daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu maqsadda respublikamizning 6 ta hududida “Bir million daraxt” aksiyasini o‘tkazmoqda.
Bugun, 5 noyabr kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanida aksiya boshlandi. So‘ng:
6 noyabr — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumani
9 noyabr — Surxondaryo viloyati Angor tumanida hamda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida
13 noyabr — Toshkent shahri
17 noyabr — Toshkent viloyati Parkent tumanida davom ettiriladi.
Daraxtlar. Ular havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.
Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.
Amaliy ishlar vaqti keldi! Aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Siz ham yashil chellenjga qo‘shiling va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing! Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan faol fuqarolar o‘zi bilan ko‘chat olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2019—2020 yilda o‘tkazilgan “Bir million daraxt” aksiyasi davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 3 mln 800 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Prezidentning 30.12.2021 yildagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi tatbiq etiladi.
Loyiha daraхtzorlarni koʻpaytirishga qaratilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:

  • daraхtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish;

  • ilmiy yondashuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa хususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot va tahlillarni amalga oshirish hamda buning natijasida hududlar kesimida respublika хaritasini ishlab chiqish;

  • koʻchatхonalar sonini koʻpaytirish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos хorijiy manzarali daraхtlarni mahalliylashtirish;

  • hududlarda "yashil bogʻlar" va "yashil jamoat parklari"ni barpo etish;

  • daraхtlarni sugʻorish tizimini qayta koʻrib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash;

  • har bir daraхtni parvarish qilish uchun mas’ul boʻlgan shaхslarni belgilash, bu borada ragʻbatlantirish meхanizmlarini keng joriy etish;

  • daraхtlarni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini yanada oshirish.

Farmon bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi. Bunda belgilanishicha, moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda huquqbuzarlarga:

  • moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori besh baravarga;

  • daraхtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.

Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimidagi reyting bahosi bir pogʻona pasaytiriladi. Bunda:

  • reyting bahosi bir pogʻona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida reyting bahosini koʻtarish imkonidan mahrum boʻladi;

  • reyting bahosini bir pogʻonaga pasaytirish imkoni boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish- pudrat tashkilotlari elektron reytingidan toʻliq chiqarib tashlanadi.

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraхtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilishni nazarda tutuvchi koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining koʻrsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan boshlab shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga muvofiq:

  • aholi tomonidan IIV va Davlat ekologiya qoʻmitasining maхsus aхborot tizimiga yuborilgan, daraхtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni qonunga хilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish boʻyicha huquqbuzarliklar haqidagi fotosurat va videoyozuvlar maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosurat va videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;

  • huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaхslar har bir tasdiqlangan holat boʻyicha huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravariga teng miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;

  • ragʻbatlantirish huquqbuzarlik boʻyicha birinchi хabar bergan shaхsga nisbatan qoʻllaniladi;

  • huquqbuzarlik holati boʻyicha fotosurat, videoyozuv va хabarlarni taqdim etgan shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

  • ragʻbatlantirish mablagʻlari undiriladigan jarimalarning tegishli organlar hisobida qoldiriladigan qismidan qoplab beriladi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2024 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda "yashil bogʻlar"ni barpo etish dasturi;

  • 2022-2024 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda yangi hamda madaniyat va istirohat bogʻlari negizida tashkil etilayotgan "yashil jamoat parklari" roʻyхatlari;

  • 2022-2026 yillarda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi koʻkalamzorlashtirish hududlariga sugʻorish tizimlarini va suv chiqarish quduqlarini tashkil etish boʻyicha dastur;

  • 2022-2026 yillarda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini maхsus teхnika va meхanizmlar bilan jihozlash parametrlari.

  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

  • Hozirda barcha shahar va qishloqlarda daraxt ekish bo'yicha keng ko'lamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib. Ayni paytda mutaxassislar ekiladigan daraxt turlarini tanlashga ham e'tibor qaratish, bunda qator omillarni hisobga olish kerakligini ta'kidlab o'tadi. Xususan, ayrim daraxt va o'simliklar gullaganida allergiyaga moyil ayrim kishilar aynan shundan aziyat chekadi. Bunda shamol orqali changlanuvi o'simliklar o'zidan ko'p miqdorda chang tarqatarkan. Shu bilan birga, turli hududlarda istiqomat qiladigan aholining muayyan o'simliklarga nisbatan allergik ta'sirchanligi bir-biridan farq qiladi, deb ta'kidlaydi shifokorlar.



  • Shuningdek, daraxt changiga allergiyaning keng tarqalishiga iqlim o'zgarishi ham ta'sir ko'rsatmoqda. Bahorning erta kelishi, qish mavsumining iliq bo'lishi ayrim o'simliklarning erta gullashiga sabab bo'lmoqda, daraxtlarning noodatiy tarzda yiliga bir necha bor gullashi holatlari kuzatilyapti.

  • O'simlik changi — bu tarkib jihatdan uglevod, oqsil va oz miqdorda yog'dan iborat chang urug'lari bo'lib, ular havodagi turli zararli moddalarni o'ziga singdiradi va o'simlik changining immunogenligini oshiradi. Havodagi zararli gaz, tamaki tutuni, ul`trabinafsha nurlanishlar urug' changining antigen tarkibini o'zgartiradi.

  • Shuningdek, tashqi muhitdagi mazkur omillar allergiyaga moyil kishilarning allergik sezuvchanligini kuchaytiradi.

  • 2018-yili Respublikamizda profilaktik tibbiyot yo'nalishlarini rivojlantirish zarurligiga e'tibor qaratilib, Innovasion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida allergiya chaqiradigan o'simliklarning changlanishi, aholining molekulyar sezgirlik profili va allergik kasalliklarning klinik zo'rayishi (rinit, bronxial astma) o'rtasidagi bog'liqlik gulchang monitoringi va mul`tipleks allergiya chiplari hamda viloyatlardagi klinik patronajlar yordamida o'rganildi.

  • Toshkent shahrining ikki hududida gulchangi qopqonlari o'rnatilgan bo'lib, butun shahar bo'ylab muntazam ravishda aerobiologik monitoring o'tkazilmoqda. Shuningdek, hududlarda qo'shimcha 8 ta qurilma o'rnatish rejalashtirilgan. Hozirda Xalqaro molekulyar allergologiya markazi olimlari tomonidan o'simliklardan gulchangi tarqalishi xaritasi ham tuzildi. Ushbu xarita VPPS 2010 chang qopqonlaridan bir yil davomida olingan ma'lumotlarga asoslangan. Mazkur chang qopqonlari — aerobiologik monitoring stantsiyalari o'simlik changlari va boshqa manbalar orqali paydo bo'ladigan changlarga nisbatan allergiyani nazorat qilish imkonini beradi.

  • Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 1021 nafar bemorda allergiyaga ta'sirchanlikni o'rganish va mul`tipleksli allergochip usulida diagnostika qilish natijasida aholining quyidagi manzarali daraxtlarga nisbatan allergiyasi yuqoriligi aniqlandi: sarv (kiparis), qoraqayin (buk), finik pal`masi, zaytun, oq qayin, yunon yong'og'i, qora terak va o'rmon yong'og'i (leщina). Shahar va qishloqlarimiz ko'cha va xiyobonlariga, xonadonlarga ekilgan bu turdagi daraxtlar eng ko'p allergiya chaqiradi.

  • Shu bilan birga, 13 turdagi manzarali daraxtlar gulchangi tarqatishi aniqlangan. Bunda eng ko'p terak, qarag'ay va sarv (kiparis) daraxtlarida, kam holatlar esa tol, eman, qayrag'och va shumtolda uchraydi.

  • Shaharlar va aholi punktlarini obodonlashtirish uchun o'simliklar tanlashda, aholining allergik reaktsiyasi ehtimolini hisobga olish, ilk bor ekiladigan o'simliklarning allergen ta'sirini o'rganish lozim. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Toshkent shahri infratuzilmasi, iqlimi va tuproq sharoiti, shaharsozlik me'yorlariga va avtomobil` qatnovi ko'chalari uchun mos keladigan jami 26 turdagi manzarali buta va daraxt ekish tavsiya etilmoqda.

  • Mintaqamizda qayin gulchangi miqdori minimal darajada bo'lsa-da, mazkur daraxtga nisbatan allergiya 16,5 foiz holatda qayd etilgan. Farg'ona vodiysida esa allergik sezuvchanlik sarvga nisbatan ko'proq kuzatildi. Tadqiqotlar qayin gulchangining yuqori allergik qobiliyatini va sarvga nisbatan allergiyaning keng tarqalishini aniqladi. Chinor, jo'ka, eman, majnuntol changi kontsentrasiyasi juda yuqori bo'lishiga qaramay, tadqiqotda qatnashgan respublikamiz aholisi orasida ularga nisbatan allergiya aniqlanmadi.

  • Olingan ma'lumotlarga ko'ra, turarjoy ob'ektlari atrofida chinor, jo'ka, eman, majnuntol ekishni tavsiya etish mumkin. Bu aholi o'rtasida allergik reaktsiyalar rivojlanishining oldini olishda ko'mak beradi. Sarv, xurmo, zaytun, qayin, yong'oq, qora terak kabi daraxt va butalarni O'zbekiston sharoitida etishtirish allergiya nuqtai nazaridan maqbul sanalmaydi.

  • Xalqaro molekulyar allergologiya markazi shahar va turar joylar uchun manzarali o'simliklar tanlashda aholining ularga nisbatan allergiya reaktsiyasini hisobga olishni, shuningdek, landshaft dizaynida keng tarqalmasdan oldin yangi kiritilgan o'simliklarning allergen salohiyatini o'rganish bo'yicha keng qamrovli tadqiqotlar o'tkazishni taklif qiladi.

  • Shunday qilib, Innovasion rivojlanish vazirligi ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishda manzarali o'simlik va daraxtlarning allergiyaga sabab bo'lmaydigan turlaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Butalardan suriya atirguli, hind nastarini, deysiya, yaltiroq bargli ligustrum, zirk, ispan droki, pirakanta, qora marjon, shilvi turlari, qorsimon mevali buta, Evropa forzitsiyasi, oddiy siren`, na'matak, magoniya allergiya chaqirmasligi aniqlangan.

  • Igna bargli daraxtlardan G'arb tuyasi, Sharq biotasi, tikanli qoraqarag'ay ekish salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Shuningdek, Kanada bagriyannigi, chitalpa, ipak akatsiyasi, turang'il, skumpiya, sumax, kornus, do'lana, kalina allergen tarqatmaydigan o'rta bo'yli daraxtlar sarasiga kiradi.

  • O'z navbatida, mevali daraxtlar allergiya paydo qilmasligini ham eslatib o'tish lozim. Mevali daraxtlar asosan hasharotlar orqali changlanadi, changi nisbatan og'ir bo'lgani uchun havoda uchib yurmaydi. Demak, shahar sharoitida ham manzarali daraxtlar qatorida mevali daraxtlarni ekish an'anasini tiklashimiz lozim. Mevali daraxtlar ham atrof-muhitga foyda, mevasi iste'mol qilinadi, ham allergiya chaqirmaydi.

  • Daraxt ekishda yana bir jihatga ahamiyat berishimiz kerak. Gap shundaki, ayrim daraxtlar bir jinsli, ikki uyli bo'lib, otalik va onalik tuplar alohida-alohida o'sadi, otalik ko'chatlar gulchangi tarqatadi. Shaharlarni ko'kalamzorlashtirishda esa ko'pincha aynan mana shu otalik daraxtlardan foydalanish ko'proq kuzatiladi. Negaki, ular meva tugmagani bois, mevasi erga tushmaydi va bu qulay sanaladi. Ammo aynan otalik tuplar gulchangi tarqatgani bois, allergik o'choq sanaladi.

  • “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxtlar zaminimizni yashillikka burkashi, chiroyiga chiroy qo'shishi bilan allergiyaga moyil minglab kishilarning sog'lig'ini himoya qilishi lozimligini unutmaylik. Xorijdan keltirilgan manzarali daraxtlarning hammasi ham foyda bermaydi. Shuning uchun ko'kalamzorlashtirish jarayonlarida an'anaviy mevali daraxtlardan foydalanish eng maqbul echimdir.










Download 1.63 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan ‘Yashil makon’ umummilliy loyihasi

Download 1.63 Mb.