Respublikamizdagi bino va inshootlarning kelib chiqish tarixi va ularning tahlil




Download 1.63 Mb.
bet5/13
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#71429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TOSHKENT SHAHRIDA BINOLAR QURILISHIDA DARAXTLARNI HIMOYA QILISH
ENGLIZ AFG’ON URUSHLARI VA XALQARO VAZIYAT 3 1 Mirzayeva 12, 20220212T1351 - Абдуллаева Нигора - Математика, 20220209T1538 - Гузал, 20220208T1618 - Javohir - Математика, Mavzu Ta\'limning interfaol metodlari. Strategiyalari va o’yin t-hozir.org, Glossariy, Test
5. Respublikamizdagi bino va inshootlarning kelib chiqish tarixi va ularning tahlil
Respublikamizda oxirgi 24 yil davomida qurilish sohasida keskin o‘zgarishlar, yangi ko‘rinishdagi zamonaviy binolar, chet ellarda tan olingan hashamatli imoratlar qad ko‘tardi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Nukus va boshqa viloyatlarda saroylar, markazlar, sport komplekslari, mehmonxonalar, qolaversa Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida ulkan sanoat inshootlari qad ko‘tarib halq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatmoqdalar. Respublika poytaxti Toshkent shahrida Interkontinental, Milliy Bank, mehmonxonalar binolari, saroy va sport komplekslari, metro stansiyalari, uzun ko‘priklar qurilish imkonini ko‘rsatib shaharni bezab turmoqda.
Toshkent shahri 2000 yildan ortiqroq tarixga ega. Bu davr ichida u oddiy manzilgohdan jahondagi yirik shaharlardan biri O‘zbyokiston Respublikasining poytaxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Asrlar davomida shahar o‘zining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu- jadalni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron bo‘lib, qayta qad ko‘tardi. Qadimiy o‘rnidan necha bor siljib, nomi ham bir necha marta o‘zgardi.
Toshkent - O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga imkoniyat tug‘dirgan Buyuk Ipak yo‘li bu shahar orqali o‘tgan edi. Qadimiy Shoshda turli davrlar san’ati va qurilish madaniyatini aks ettiruvchi ko‘plab me’morlik yodgorliklari saqlanib qolgan.
Mingo‘rik, Oqtepa, Xonobod va boshqa maskanlarning arxeologik yodgorliklari shaharsozlik bu erda ilk o‘rta asrlardayoq gurkiraganidan dalolat beradi. Arablar fatxidan keyin hozirgi Toshkent hududida shahar hunarmandchilik manzillari: Ko‘kcha, Kallaxona, Tanhoshahar va boshqalar vujudga kelgan.
XIII asrda Toshkent ham vahshiy Chingizxonning qo‘shinlari oyog‘i ostida toptaldi. Amir Temur davrida shahar ko‘kragiga shamol tegdi. Uning tuzilmasida ark ajralib turar, shahar bir necha darvozali devor bilan o‘ralgan edi. Shahar miqyosida Xazrati imom Zayniddin Quyi Orifoniy, SHayhontaxur kabi xushsurat yodgorlik majmualari bunyod etildi. Ulardan bir qismi bizgacha saqlangan, XVI asrning ikkinchi yarmida Shahriston chekkasida Ko‘kaldosh madrasasi qad rostlaydi. SHahar daxa deb nomlangan: Shayhontaxur, Ko‘kcha, Sebzor va Beshyog‘och singari qismlardan tarkib topgan. Toshkent XIX asrga qadar qo‘shni mamlakatlar va ko‘chmanchi qabilalarning hujumlariga uchragan, biroq shunga qaramay, u qayta va qayta qaddini rostlayvergan.
Toshkentning Eski shahar hududida shahar rivojlanib ravnaq topib, o‘z izlarini qoldirgan. Toshkent shahrining Choshtepa va Yangi shahar hududidagi Mingo‘rik-Afrosiyob arxeologik yodgorliklari bo‘lgan. SHaharning keyingi, uchinchi davri Binkat (Beruniy bo‘yicha turkiylar “Toshkent” deb atalgan shahar) bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar (V.Bartold, M.Masson, YA.G‘ulomov va boshqalar) fikriga ko‘ra, Binkatning markaziy qismi Eski Jo‘va, Xadra, Chorsu oralig‘ida joylashgan. Ark (“Ko‘hna diz” ham deyilgan, Eski Jo‘va tepaligida) Kalkovuzdan chiqqan Jangob va Registon ariqlari (60-yillarda ko‘milib ketgan) oralig‘i uchburchak shaklidagi joyni egallagan edi deb, faraz qilinadi.
Televizion minora 1978-1985- yillarda Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida balandligi 375 m bo‘lgan televizion minora qurildi. Bu inshoot balandligi jihatidan MDHda Moskvadagi «Ostankino» televizion minorasidan keyin ikkinchi o‘rinda, O‘rta Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu televizion minora televizion programmalarning taxminan 100 km radiusda bevosita ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Telivizion minora hajmi 55500 m3 , metall konstruksiyalar massasi 6000 tonna, minora ustunidagi bino hajmi 15000 m3 . Inshoot konstruktiv sxemasining echimi televizion minora quriladigan territoriyaning 9 ballik seysmik rayondaligi bilan bog‘liq. Minora o‘zagi ichida tezyurar lift va kommunikatsiya shaxtalari, xizmat xonalari va evakuatsiya zinalari mavjud.



Fuquro va sanoat binolari va inshootlari ko‘rinishlari, fazoviy ko‘rsatkichlari vazifalari va ularga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ma’lum ta’rif va tushunchalarga ega. Qo‘yida shu masalani soda va tushunarli ko‘rinishda ifodalash uchun tegishli ta’riflar va tushunchalar keltirilgan.


Bino – kishilarning biror ish faoliyatiga mo‘ljallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga –bo‘shliqqa ega bo‘lgan er usti inshootidir.
Inshoot –jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan barcha qurilmalar majmuidir.
Muxandislik inshootlari – amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan, binolarga aloqasi bo‘lmagan inshootlardir. Bularga; to‘g‘onlar, ko‘priklar, televizion minora, tunellar, metropoliten, turli mahsulotlarni saqlaydigan katta hajmdagi idishlar va boshqalar.
Binolar tuzilishiga ko‘ra quyidagi qismlardan tashkil topishi mumkin:
1. Hajmiy elementlar, ya’ni bino hajmining yirik qismlari (alohida xonalar, sanitariya kabinalari va hq);

2. Konstuktiv elementlar, ya’ni bino tuzilishini belgilovchi asosiy qismlar (poydevorlar, devorlar, to‘sinlar, qavatlar aro yopmalar, tomlar va boshqalar.);


3. Qurilish ashyolari, ya’ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi, nisbatan kichik qismlar (g‘isht, beton,oyna, po‘lat, armatura va boshqalar).
Binolarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat.
1. Vazifasiga muvofiqligi – ya’ni bino qaysi jarayon (maqsad)ga mo‘ljallangan bo‘lsa, u shu jarayon talabiga to‘liq javob berishi kerak (yashash uchun, mehnat qilish uchun qulay, dam olishga moslashgan va h.q):
2. Texnik tomondan muvofiqlgi – ya’ni bino kishilarni tashqi ta’sirlar (past yoki yuqori harorat, yog‘ingarchilik,shamol va h.k) dan to‘la asrashi, mustahkam va ustivor bo‘lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqtgacha saqlashi lozim;
3. Binoning ko‘rinishi – me’morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi, uning tashqi (eksterьer) va ichki (interьer) ko‘rinishi chiroyli, shinam, atrof – muhit bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak;
4. Iqtisodiy jihatdan qulayligi – ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish ashyolarini va vaqtini tejash ko‘zda tutiladi.

Binoga ta’sir qiluvchi (tashqi va ichki) ta’sirlar.

Bu faktorlarning ba’zilari (xususan, O‘rta Osiyo mintaqasi uchun xarakterli bo‘lgan zilzila) bo‘yicha keyingi boblarda batafsil to‘xtalamiz. Atrof muhitni zaharlaydigan asosiy manba - bu yoqilg‘i mahsulotlarining yonishidan hosil bo‘ladigan sulьfat (SO2),va is gazi (SO2) dir. SO2 havoda tez oksidlanib, sulьfat angidrid SO3 ga aylanadi va havo bilan birikib sulьfat kislotasi SO4 ni hosil qiladi.


Ma’lumki, sulьfat kislotasi qurilish materiallarini emiradigan agressiv muhitni hosil qiladi (kimyoviy ta’sir, 1.13 va 1.14.- rasmlar). Tosh va beton konstruksiyalarini asta-syokin emiradigan, o‘zidan nordon moda ajratadigan lishayniklarning va qo‘ziqorinlarning ba’zi turlari mavjud (biologik ta’sir, 1.13 va 1.14.-rasmlar). Bunday biologik ta’sirlar natijasida yog‘och konstruksiyalarida ma’lum bir harorat va namlik (23-25%) sharoitida egilish deformatsiyalari paydo bo‘la boshlaydi.
Metallning bardoshliligi korroziya (zanglash)ning jadalligi bilan aniqlanadi (qalinlikning kamayishi, mm/yil o‘lchamida), o‘rtacha agressiv muhitda (0,1mm/yil). Konstruksiyaning ko‘ndalang kesim yuzasi 25 yil ekspluatatsiya jarayonida 5% ga kamayadi. Agressiv muhitda esa bu ko‘rsatkich o‘shancha vaqt oralig‘ida 20-25% ga etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Faradey qonuniga asosan, 1 A tok konstruksiyaga ta’sir qilganda, 1 yil ichida 9,12kg temirni, 33,8kg qo‘rg‘oshinni emiradi. Ko‘rinib turibdiki, adashgan toklar qurilish konstruksiyasi uchun juda xavflidir.


Download 1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikamizdagi bino va inshootlarning kelib chiqish tarixi va ularning tahlil

Download 1.63 Mb.