Toshkent shahrida binolar va inshootlar qurish bo’yicha kadastr tarkibi, mazmuni




Download 1.63 Mb.
bet4/13
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#71429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TOSHKENT SHAHRIDA BINOLAR QURILISHIDA DARAXTLARNI HIMOYA QILISH
ENGLIZ AFG’ON URUSHLARI VA XALQARO VAZIYAT 3 1 Mirzayeva 12, 20220212T1351 - Абдуллаева Нигора - Математика, 20220209T1538 - Гузал, 20220208T1618 - Javohir - Математика, Mavzu Ta\'limning interfaol metodlari. Strategiyalari va o’yin t-hozir.org, Glossariy, Test
4. Toshkent shahrida binolar va inshootlar qurish bo’yicha kadastr tarkibi, mazmuni
Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma’lumotlaridan iborat bo`ladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an’anaviy (kadastr daftarida ro`yxatdan o`tkazish, kadastr rejasiga kiritish), ham avtomatlashtirilgan (ma’lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda amalga oshiriladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich - binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo`jalik va arxitektura-qurilish maqomi to`g`risida ma’lumotlar to`plash va kadastr daftarida ro`yxatdan o`tkazish;
2-bosqich - ob’ektlarni chizmada joylashtirib kadastr rejasini tuzish;
3-bosqich - oldingi bosqichlarda olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda ma’lumotlar kompyuter bazasini yaratish.
Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari tumanlar, shaharlar bo`yicha tuziladi, ularning hududi hisobga olish uchastkalariga bo`linadi.
Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid bo`linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar, qo`rg`on chegaralarini hisobga olish uchastkalariga bo`lishni bildiradi. Qoraqalpog`iston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim bo`yicha kadastr kodi (raqami) beriladi.
Binolar va inshootlarning kadastr yig`majildi ma’lumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlarining asosini tashkil qiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrida ma’lumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular bo`yicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga olinadi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda kadastr daftarida binolar va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo`lishi, boshqa shaxsga o`tishi, cheklanishi va to`xtatilishi) to`g`risidagi, shuningdek ob’ektni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar qayd еtiladi.
Maxfiylik rejimiga еga bo`lgan binolar va inshootlar to`g`risidagi ma’lumotlar maxsus kadastr daftarida qayd еtiladi, ushbu daftarni yuritish xususiyatlari va mazkur ob’ektlarni ro`yxatdan o`tkazish bo`yicha ma’lumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda binolar va inshootlarning huquqiy, xo`jalik va arxitektura, qurilish maqomi to`g`risidagi ma’lumotlar kadastr daftariga ilovaga muvofiq kiritiladi.
Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo bo`lish asoslari va muddatlari, ularning to`xtatilish muddatlari, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu ob’ektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to`g`risidagi ma’lumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati to`g`risidagi ma’lumotlar hisoblanadi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu ob’ektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va boshqa ma’lumotlar binolar va inshootlar xo`jalik maqomining asosini tashkil еtadi.
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh rejalariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), еgallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to`g`risidagi va boshqa texnik ma’lumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.
Kadastr ma’lumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi boshqa ma’lumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
Har bir bino va inshoot kadastr daftariga muayyan kadastr raqami ostida yozib qo`yiladi.
Kadastr daftaridagi yozuvlarni tuzatishga yoki to`ldirishga yo`l qo`yilmaydi. Agar kadastr daftariga yozilgan ma’lumotlarni o`zgartirish yoki to`ldirish zaruriyati paydo bo`lsa, u holda ilgarigi yozuvlar bekor qilinadi va ob’ekt to`g`risidagi yangi ma’lumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida to`ldiriladi.
Qurilish amaliyotida ikki tushuncha, ya'ni "bino" xamda "inshoot" tushunchasi mavjud.
Jamiyatning moddiy xamda ma'naviy extiyojlarini qondirish uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan qurilmalar inshoot deyiladi. Kishilarning biror faoliyatiga mo’ljallangan va moslashtirilgan, ikki fazoga - bushlikka ega bo’lgan yer usti inshootlari bino deb ataladi.
Amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan; binolarga aloqasi bo’lmagan inshootlar injenerlik inshootlari deb ataladi. Bunday inshootlar (tug’onlar, ko’priklar, televizion minora, tunnellar, metro to’xtash joylari, dudburonlar, suv va don maxsulotlari saqlanadigan katta idishlar va x.) faqat texnik vazifalarni bajarishga mo’ljallangan bo’ladi.
Binolar vazifasiga ko’ra grujdan (turar-joy va jamoatchilik), sanoat va qishloq xo’jaligi binolari guruhlariga ajratiladi. Grajdan binolariga kishilarning maishiy va jamoatchilik extiyojlariga muljallangan binolar kiradi. Bular turar-joy binolari (yashash uchun qurilgan uylar; yotoqxonalar, mexmonxonalar va boshkalar) va jamoatchilik binolari (ma'muriy, o’quv, madaniy oqartuv, savdo, kommunal xo’jalik, sport va boshqa binolar) deyiladi.
Biror sanoat maxsulotini ishlab chikarishda mexnat jarayonini amalga oshirish uchun muljallangan va ichiga ishlab chikarish kurorlari joylashtirilgan binolar sanoat binolari deb ataladi (ustaxonalar, Garajlar, elektrostantsiyalar, omborlar, sex binolari), qishloq xo’jaligi extiyojlarini qondirish uchun foydalaniladigan binolar qishloq xo’jaligi binolari deb ataladi (molxona,parrandaxona,teplisalar, qishloq xo’jaligi maxsulotlari saklanadigan omborlar). Yuqorida keltirilgan binolar tashki kurinishi va me'moriy-konstruktiv echimlari bilan bir-biridan fark kiladi.
Binolarning ichki bo’shligini aloxida xonalarga ajratish mumkin (turar-joy xonasi, oshxona, sinflar, xizmat xonasi, sex va x.). Bir xil balandlik darajasida joylashgan xonalar kvavatlarni tashkil qiladi.
O’z navbatida qavatlararo yopmalar binoni balandligi bo’yicha qavatlarga ajratib turadi.
Xar qanday binoni bir-biri bilan bog’liq bo’lgan qism va elementlarga, ya'ni bir-birini to’ldirib turuvchi va aniqlab beruvchi uchta guruxga ajratish mumkin:
- xajmiy rejalashtirish elementlari, ya'ni bino xajmining yirik qismlari (qavat, aloxida xonalar va x.);
- konstruktiv elementlar, ya'ni bino tuzilishini aniqlab beruvchi qismlar (poydevorlar, devorlar, qavatlararo yopmalar, tom va x.);
- qurilish buyumlari, ya'ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi nisbatan kichik qismlar (g’isht, beton, oyna, po’lat armatura va x.).
Xar qanday bino quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
- vazifasiga muvofiqligi, ya'ni bino qaysi jarayonga (maqsadga) mo’ljallangan bo’lsa, u shu jarayon talabiga to’liq javob berishi kerak (yashash uchun qulay, dam olishga moslashtirilgan, mexnat qilishga qulay va x.);
- texnik tomondan muvofiqligi, ya'ni bino kishilarni tashqi ta'sirlardan (past yoki yuqori temperatura, yog’ingarchilik, shamol va b.) to’la asrashi, mustaxkam va ustivor bo’lishi, ekspluatasiya sifatlarini uzoq yil davomida saqlashi lozim;
- bino ko’rinishi me'morchilik va badiylik talablariga mos xolda tanlanishi, uning tashqi (ekst'er) va ichki (interyer) ko’rinishi chiroyli, shinam, atrof-muxit bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak;
- iqtisodiy jixatdan qulayligi, ya'ni bino va inshoot qurilishida mexnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallari xamda vaqtni tejash ko’zda tutiladi.
Binolar vazifasiga muvofiqligiga ko’ra ikki guruxga: asosiy va yordamchi vazifalarga mo’ljallangan binolarga bo’linadi. Masalan, maktab binosining asosiy vazifasi o’qituvchilarni o’qitishga mo’ljallangan, shuning uchun xam bu bino asosan o’qitish xonalaridan (o’quv sinfi, laboratoriyalar va x.) iborat bo’lishi kerak. Ammo bu binoda yordamchi vazifaga mo’ljallangan xonalar ya'ni ovqatlanish xonasi ommaviy tadbirlar uchun mo’ljallangan xonalar, maktab o’qituvchilari va boshliqlari xonalari xam mavjud bo’lishi kerak.
Binoda asosiy va yordamchi vazifaga mo’ljallangan xonalarni bir-biri bilan tutashtiruvchi, kishilar xarakatini ta'minlaydigan joylar xam bo’ladi. Bu joylar kommunikatsiya xonalari deb ataladi. Bularga koridorlar (yo’laklar), zinalar, daxlizlar va x. kiradi.
Binodagi xonalarning xammasida mo’ljallangan vazifani bajarish uchun optimal shart-sharoit ya'ni muxit yaratilgan bo’lishi kerak. Muxit deganda juda ko’p omillar, ya'ni xonalarning shinamligi, asbob-uskunalarning kullay joylashganligi, xavo muxiti xolati (temperatura va namlik, xonadagi xavo almashinishi) ; tovush rejimi (eshitishni ta'minlash va shovqindan ximoya qilish); yorug’lik rejimi; kishilarni evakuasiya qilish chog’ida xarakat qulayligi va xavfsizligini ta'minlash kabilar tushuniladi. Binoni loyixalashda bularning xammasini e'tiborga olish lozim.
Bu talablar binolarning xar bir turi va uning xonalari uchun "qurilish me'yorlari va qoidalari" (KMK) asosida amalga oshiriladi. Binoning texnik muvofiqligini butun binoga yoki uning ayrim elementlariga ta'sir etayotgan xamma tashqi kuchlar buyicha konstruktsiyalarini xisoblash orqali aniqlanadi. Bu ta'sirlar tashqi kuch yoki muxit ta'siri ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Tashqi kuchlarga bino elementlari (qismlari)ning xususiy og’irligi (doimiy yuklar), uskunalar, kishilar, qor og’irligi, shamolning ta'sir kuchi (muvaqqat yuklar), yer qimirlashi va uskunalarning tasodifiy buzilishi (avariyasi) natijasidagi ta'sirlar va b. kiradi.
Muxit ma'siriga esa temperaturaning ta'siri (konstruktsiya chiziqli o’lchamlarining o’zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta'siri (konstruktsiya materiali xususiyatlarining o’zgarishiga olib keladi), xavo oqimi yo’nalishining ta'siri (xona ichidagi mikro iqlimning o’zgarishiga olib keladi); quyosh nuri energiyasining ta'siri (konstruktsiya materiali fizik-texnik xususiyatlarining birikmalar ta'siri) konstruktsiyalarning yemirilishiga va buzilishiga olib keladi), biologik ta'sir (mikroorganizmlar va qurt-qumursqalar konstruktsiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta'siridan xonaning normal akustik rejimini buzilishi kiradi.
Yuqorida keltirilgan ta'sirlarni xisobga olgan xolda binolar mustaxkamlik, ustivorlik va pishiqlik (uzoq vaqt buzilmaslik) talablarini qondirishi kerak.
Bino mustaxkamligi deganda uning tashqi kuchlar ta'siridan uzoq vaqt buzilmasdan xamda ortiqcha deformasiyaga uchramasdan o’z vazifasini bajarib turishi tushuniladi.
Binoni tashqi ta'sirdan o’z muvozanatini saqlab turishi binoning ustivorligi (turg’unligi) deb ataladi.
Qurilish me'morlari va qoidalariga (KMK) ko’ra binolar uzoq vaqt o’z vazifasini ado etishi bo’yicha 1U darajaga bo’linadi: 1 - xizmat davri 100 yildan ortiq; P - xizmat davri 50 yildan 100 yilgacha; Sh - xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha va, 1U - xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha mo’ljallangan binolar.
Binolarga qo’yilgan asosiy texnik talablardan yana biri binoning yongin xavfsizligidir.
Qurilishda ishlatiladigan materiallar va konstruktsiyalar yonish darajasiga qarab yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchan guruxlarga bo’linadi.
Bino konstruktsiyalari olovbardoshlik chegarasi bilan xam xarakterlanadi. Bu binoning olov ta'sirida o’z mustaxkamligini, ustivorligini saqlab tura olishi uchun ketgan vaqt bilan yassi konstruktsiya elementlari uchun esa ularda teshik-yoriqlar paydo bo’lishi yoki konstruktsiyaning olovga teskari yuzasidagi temperatura 1400 S gacha ko’tarilishi uchun ketgan vaqt bilan belgilanadi.
Bino va konstruktsiyalarni olovbardoshligi jixatdan besh darajaga bo’lish mumkin. Eng katta olovbardoshlik 1 darajali binolarga, eng kichik olovbardoshlik esa U darajali binolarga tegishli buladi.
Olov bardoshligi 1,P va Sh darajali binolar tosh material yoki pishiq gishtdan qurilgan, 1U darajali binolar esa sirti suvalgan yogochli, u darajalisi suvalmagan yog’ochli binolar xisoblanadi. Olov bardoshdigi 1 va P darajali bo’lgan binolar devori, tayanchlari, ora yoamalari, ichki to’siq devorlari (parda devor) yonmaydigan bo’lishi kerak. Olov bardoshligi Sh darajali binolarda devorlari va tayanchlari yonmaydigan, ora yopmalari va ichki to’siq devorlari esa qiyin yonuvchi bo’ladi, yogoch binolar 1U va u darajali olovbardoshdikka ega bo’lib, yong’in xavfsizligi talablariga ko’ra ular ikki qavatdan baland bo’lmasligi kerak.
Bino loyixasini yaratishda iqtisodiy talablar bilan bir qatorda xonalarning katta-kichikligi va shakli jixozlari axolining talab va extiyojlariga mos kelishi xam e'tiborga olinishi kerak.
Texnik talablar masalarini xal qilishdagi iqtisodiy muvofiqlik binoning mustaxkamligi, ustivorligi va uzoqqa chidamligi ta'minlanishi bilan bir qatorda 1 m2 maydon satxi yoki 1 m3 bino xajmining narxi belgilangan qiymat chegarasidan oshib ketmasligini nazarda tutadi.
Bino narxini tushirish, uni rasional rejalashtirish va yuza satxini, uy xajmini xamda ichki va tashqi pardoz ishlarini belgilashda extiyojdan ortiqcha sarflarga yo’l qo’ymaslik xisobiga, bino turi va ekspluatasiya sharoitini xisobga olib eng qulay va optimal konstruktsiyalarni tanlash, bino qurilishida fan va texnika yutuqlarini xisobga olib zamonaviy usullarni qo’llash orqali amalga oshiriladi.
Binolar xalq xo’jaligi axamiyatiga molikligiga va boshqa ekspluatasion sifatlariga quyiladigan talablarga binoan to’rt klassga bulinadi.
1 klass binolarga - yuksak talablarni qanoatlantiradigan, 1U klass binolari esa eng oz talablarni qondiradigan binolar kiritiladi. Binolar 1 klassli bo’lishi uchun 1 darajali utga chidamli va uzoq vaqt o’z vazifasini o’taydigan bo’lishi, shu bilan birga, a'lo navli materiallardan qurilgan konstruktsiyalari yetarligidan ortiqroq mustaxkam bo’lishi, xonalar kam xamda yuqori sifatli pardozlangan bo’lishi kerak. Yirik sanoat korxonalarining binolari, yuqori ekspluatasion va me'morlik talablari qo’yiladigan 9 kavatli va undan xam baland binolar 1 sinfga mansub xisoblanadi. Kichikroq korxona binolari, balandligi 9 qavatgacha bo’lgan turar-joy va jamoat binolari P klassga kiradi. O’rtacha ekspluatatsion va me'moriy talablar qo’yiladigan, balandligi 5 qavatdan oshmaydigan turar-joy binolari Sh klassga mansubdir. Eng kam ekspluatasion va me'moriy talablar qo’yiladigan muvakkat (vaqtinchilik) imoratlar esa 1U klassga kiritiladi. Binoning klassini loyixa tuzishni topshiradigan tashkilot bqlg’ilaydi.


Download 1.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent shahrida binolar va inshootlar qurish bo’yicha kadastr tarkibi, mazmuni

Download 1.63 Mb.