• Tasdiqlayman ” Toshkent Tibbiyot Akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektor professor O.R. Teshayev__________________
  • 35 Mavzu: Yurak avtomatizmi va qo’zg’aluvchanligi buzilishida – EKG.
  • Yurak avtomatizmi va qo’zg’aluvchanligi buzilishida – EKG 1. Mashg’ulot o’tkazish joyi
  • 5. Fanlararo bogliqlik. Vertikal integracia Gorizontal integracia
  • 6. Darsning mazmuni . 6.1 Nazariy qism YURAK QISQARISHI BUZILISHINING ASOSIY ALOMATLARI
  • RITMNING GETEROTOP (EKTOPIK) BUZILISHI
  • 33-раем.
  • 7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari. Interaktiv usul : 8. Joriy nazoratni baxolash mezoni
  • 9. Joriy nazoratni baxolash mezoni
  • Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani




    Download 41,09 Kb.
    Sana24.10.2020
    Hajmi41,09 Kb.
    #12228

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

    Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

    Ichki kasalliklar propedevtikasi fani


    Tasdiqlayman ”

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

    o’quv ishlari bo’yicha prorektor

    professor O.R. Teshayev__________________

    ____”_________________2010 yil


    Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

    uslubiy ishlanmasi

    III kurs talabalariga mo’ljallangan



    35 Mavzu: Yurak avtomatizmi va qo’zg’aluvchanligi buzilishida – EKG.

    T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

    ____”_____________2010 yil





    2010-2011 yil.

    35 Mavzu: Yurak avtomatizmi va qo’zg’aluvchanligi buzilishida – EKG

    1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, EKG xonasi, yurak kasalliklari bo’limi.

    2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

    3. Maqsadi va vazifalari.

    Avtomatizm, qo'zg'alish, o'tkazuvchanlik, qisqarish buzulishlarining asosiy mexanizmini tushuntirib berish.



    Masalalar:

    1. Yurak urish maromining buzilish turlari.

    2. Yurak urish maromining buzilishlarini klinik usullar bilan aniqlashni o'rgatish.

    3. Yurak urish maromini registratsiya qilishni o'rgatish.

    4. Yurak urish maromining buzilishlarini EKGda aniqlashni o'rgatish.

    Talaba bajara olishi shart :

    1. Yurak urish maromining buzilishlarini klinik usullar bilan aniqlashni

    2. Yurak urish maromining buzilishlarini EKGda aniqlashni

    4. Motivasiya.

    Umumiy amaliyot shifokori harxil yurak maromining buzilishlarida elektrokardiografik farqlarni bilishi kerak. EKGni bilish kerak.



    5. Fanlararo bogliqlik.

    Vertikal integracia

    Gorizontal integracia

    Normal anatomiya

    Yurak - 4ta kameradan (2ta bulmacha va 2ta korincha) iborat bo’lgan g’ovak mushakli a`zo. Ko’krak qafasida yurak qiyshiq yo’nalishda, ya`ni, o’ngdan chapga va orqadan oldinga qarab joylashgan Yurakning tomirlardan va bo’lmachalardan tashkil topgan asosi va chap qorinchadan iborat uchi mavjud. shu asosda yurakning 3 ta yuzasi farq qilinadi oldingi, orqa va pastki. Oldingi yuzasi ko’krak qafasining old tomoniga qaragan va katta qismini o’ng qorincha va kichik qismini esa chap kqorincha xosil qiladi. Pastki yuzasi diafragmaga qaragan va asosan chap qorinchadan, qisman o’ng qorinchadan va kichik qismi o’ng bo’lmachadan tashkil topgan. Orqa yuzasi ko’ks oralig’i organlariga qaragan va asosan bo’lmachalardan tashkil topgan.

    Normal fiziologiya



    Yurak fiziologiyasini uning asosiy funktsiyalari tashkil qiladi: avtomatizm, qo’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik, refrakterlik, va qisqaruvchanlik. Bu barcha funktsiyalar EKG da namoyon bo’ladi. Bunda yurakning nerv sistemasi – o’tkazuvchi sistemasi katta rolni o’ynaydi. Avtomatizm funktsiyasi tashqi ko’zgatuvchilar yuk bo’lgan paytda xam yurakning elektrik impul'slar ishlab chiqarishi qobiliyatidir. Sinoatrial tugun, qorincha va bo’lmacha o’tkazuvchi sistemasi xujayralari avtomatizm funktsiyasiga ega. Ular peysmeyker - ritm etakchisi xujayralari nomini olgan. K,IS1
    6. Darsning mazmuni.

    6.1 Nazariy qism

    YURAK QISQARISHI BUZILISHINING ASOSIY ALOMATLARI

    Yurak qiskarishi buzilishi (aritmiya) quyidagi holatlarda sodir bo'ladi:

    a) sinus tug'unining avtomatizmi o'zgarib, impuls ishlab chiqarilishi m'untazamligi buzilganda;

    b) sinus tug'unidan tashqari, yurak muskulining qanday dir qismida yuqori faollikdagi impuls ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan o'choq paydo bo'lganda;

    v) impulslarning bo'lmachadan qorinchaga tishi yoki qorinchalarning o'zida o'tkazuvchanlik buzilganda (blokada).

    Aritmiya patogenezida yurakning bir qancha vazifasi- avtomatizmi, ko'zg'aluvchanlik, o'tkazuvchanlik va muskul qiskaruvchanligining o'zgarishi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

    Ritm buzilishini tekshirishni "P" tishidan (EKG) boshlash kerak, uning boshqarilishi va tezligi aniqlanadi. - Shunda yurak urish tezliginining o'zgarishi ma'lurn bo'ladi. To'linlarning katta tezlikda tartibsiz ravishda paydo bo'lishi, ya'ni 1 daqiqada 350 ta dan ortishi xiipillovchi aritmiya uchun xos. Bo'lmacha tishlarining bo'lmasligi to'liq sinoaurikulyar blokadada sinus tug'uni to'xtaganda kuzatiladi. So'ngra bo'lmacha va qorincha qo'zg'alishi orasidagi munosabat aniqlanadi. Xar bir PQ kompleksidan oldin ma'lum orqaliqda R - tishning bo'lishi, qorinchalar qo'zg'alishi bo'lmachadan kelayotgan impuls orqali bajarilayotganini ko'rsatadi. P-Q oraliqining kamayishi (0,12- 0,20 sek) qorinchalarning bevaqt ko'zg'alishida kuzatiladi, uning uzayishi atrioventrikulyar o'tkazuvchanlik sekinlashganda yoki I darajali blokadada kuzatiladi. Agar P-tishidan oldin bo'lmasa, balki undan keyin kelsa, bu atrioventrikulyar ritmi bo'lib, uning impulslari teskari (retrograd) yo'nalishda bo'lmachaga o'tkazilishini ko'rsatadi. Navbati bilan kelayotgan bir qancha P-tishlaridan keyin qorincha kompleksining tushib qolishi A - В blokadaning II darajasi borligini ko'rsatadi. Sekin-asta uzayib kelayotgan P - oralig'idan keyin, qorincha kompleksining tushib qolishi Venkebax fenomeni davri deyiladi. Qorincha va bo'lmacha o'rtasidagi ritmlar bog'lanishining yo'qligi to'liq A-B blokadasida kuzatiladi. Qorincha ritmi taxlil qilinganda R-R oralig'ining tezligi va muntazamliligi aniqlanadi.

    To'gri ritm muhitida alohida bevaqt kompleks (qorinchaning navbatdan tashqari qiskarishi ekstrasistoliyasi), ayrim komplekslar tushib qolishi (atrioventrikulyar yoki sinoaurikulyar blokada) yoki to'la tartibsiz noto'g'ri ritm (xiipillovchi aritmiya) aniqlanishi mumkin. QRS kompleksining kengligiga ahamiyat berish lozim. Uning hamma ulanishlarda kengayishi Gis tutamlari oyog'i blokadasida, qorincha taxikardiyasida, idioventrikulyar ritmda kuzatiladi. QRS ayrim komplekslarining kengayishi qorincha ekstrasistoliyasida (navbatdan tashqari qisqarishi) ko'rinadi, boshqa aritmiyalarda kam uchraydi.

    Sinus tug'uni avtomatizmi buzilishi bilan bog'lik aritmiya monoton (bir xil) yoki sinus aritmiyasi deyiladi. Aritmiyaning bu guruhi sinus taxikardiyasini, sinus bradikardiyasini, sinus aritmiyasini va ritmning migratsiya manbaini o'z ichiga oladi. Sinus taxikardiyasi sinus tug'unida qo'zg'alishning kuchayishi bilan bog'langan, buning sababi juda ko'p. U fiziologik va patologik bo'lishi mumkin. Fiziologik sinus taxikardiyasi ovqatlanish tartibi buzilganda, jismoniy zerikkanda, hayajonlanganda paydo bo'ladi. Tana xarorati oshganda (l°ga ko'tarilganda) yurak qiskarishi minutiga 8-10 taga ortadi. Sinus taxikardiyasi yurak etishmovchiligining doimiy belgisi xisoblanadi. Ko'pincha yurak muskuli yallig'ianganda, yurak nuqsonlarida, kamqonlikda, ko'pchilik yuqumli kasalliklarda, tireotoksikozda va boshqalarda kuzatiladi.


    AVf

    31- раем, l ис тутами чап оёкчасиницг блокадаси. Vj — Ve уланишларда Ч>1<Ь комплексининг мах,аллий электронегативлик ва^ти ортнб бориши

    I — П — Hi стандарт, уланишлар; AVR, AVZ, AVF — кучантирнлган уланишлар; V, — Ve

    кукрак уланишлари.



    А

    Л_

    I

    32- раем. Синус маромининг бузилишн.

    а) - синус тахикардняси (дакикасига 100 марта кискарганда); б) - кескин синус брадикэр-дияси лакикасига 34 марта кискаетанда; в) - - синус аритмияси:

    рк комплекслари давомлилигининг турли куринишлари (0 70 с 0 94 с О,«2с. Р —булмалар комплексу -QRST — коринчалар ко'мплёкси.

    Sinus taxikardiyasi qator dori moddalalar (kofein, adrenalin, atropin va hakozo) ta'sirida xosil bo'lishi mumkin. Bunda puls tezlashishi daqiqasiga 90-100 marta-ga oshishi mumkin. EKG da P-tishi o'zgarmaydi,P-Q tishi me'yorida,R-R tishiga teng, T-P oralig'i - diastolik pauza qisqargan, ba'zan T-segmentining o'rtacha ko'tarilish depressiyasi kuzatilishi mumkin. Ba'zan R-tishi oldingi kompleksning T-tishi ustiga tushadi.

    Sinus bradikardiyasi sinus tug'unida k o'zg'alishning pasayishi bilan Bog'langan. U sinus tug'unidan markaziy asab tizimini k o'zg'atuvchi va vegetativ nerv tizimi (parasimpatik nerv sistemasining ta'sirini-oshirish yoki simpatik nerv sistemasining ta'sirini kamaytirish) orqali ta'sir etishi mumkin.

    Sinus bradikardiyasiga sinus tug'unining shikastlanishi ham sabab Bo'ladi. U fiziologik (sovuq, xayajonlanish) sportchilarda va patologik o'smada va miya shishida, kalla ichidagi bosimning oshishi, meningitda, miyaga qon quyilishida, miksedemada, qorin tifida, sariq kasalligida) ta'sir natijasida kelib chiqishi mumkin.

    Sinus bradikardiyasi dorilar ta'sirida ham yuzaga keiishi mumkin (yurak glikozidlari, xinin). Sinus bradikardiyasini k o'z olmasini bosish orqali reflektor ravishda chaqirish mumkin (Ashner refleksi). Me'da, jigar, korin ta'sirlanganda va ayrirm kasalliklarda qisman sinus bradikardiyasi kelib chiqishini adashgan nervning reflektor ta'sirlanishidan deb tushuntirish mumkin. Uncha rivojlanmagan bradikardiya sub'ektiv sezgi orqali va qon aylanishda aniqlanmaydi. Keskin bradikardiyada esa bosh aylanib, xushdan ketish mumkin.

    Tomir urishi daqiqasiga 60 martadan kam b o'lsa, EKG ritmi t o'g'ri b o'ladi, R-tishi o'zgarmaydi. R-tishi bir xil oraliqda, ammo bir oz ch o'zilishi mumkin (0,20-0,21 sek). QRS -kompleksi o'zgarmagan, T-P oralig'i ortgan va yurakning elektr diastolik vaqti ch o'zilganligi aniqlanadi.

    Sinus aritmiyasi adashgan nerv tonusining q o'zg'alishiga bog'liq b o'lib, impulslarni muntazam ishlab chiqarilishi o'zgarishini yoki sinus tug'uni shikastlanishini ifodalaydi. Qo'shimcha sinus aritmiyasi nafas oiish bilan bog'langan (nafas aritmiyasi). Bunda nafas olish ritmi tezlashadi, nafas chiqarish ritmi esa sekinlashadi. Bu ko'pincha bolalar va o'smirlarda kuzatiladi (o'smirlik aritmiyasi). Aritmiya nafasga bog'liq b o'lmasa biror kasallik belgisi b o'lishi mumkin. Sinus aritmiya biror sub'ektiv sezgilar bilan kuzatilmaydi. EKG da R-R oralig'ining notekisligi belgilanadi, R-tishi doimiy va t o'g'ri. Shaklga ega, P- oralig'ining davomliligi barqaror. R-R tebranishlarining davomliligi odatda 0,2 sekdan oshmaydi. Ritm manbaining xilpillashi yurak muskuli shikastlanishida, yurakning ishemik kasalliklarida uchraydi, ammo u patologik axamiyatga ega bo'lmasligi xam mumkin. EKG da ritm boshqaruvchisining sinus tug'unidan asta-sekin boshqa bo'limlarga ko'chishi ifodalanadi, ko'pincha bo'lmacha qismlariga va atrioventrikulyar ulanishga ko'chadi. Ritm manbai xilpillashining asosiy belgisi"P-tishi shaklining o'zgarishi xisoblanadi.



    RITMNING GETEROTOP (EKTOPIK) BUZILISHI

    Ba'zan yurak o'tkazuvchan sistemasining istalgan joyida qo'shimcha (geterotop yoki ektopik) ko'zg'alish chog'i xosil bo'lishi mumkin. Bunda yurakning odatdagi bo'shashishi orasida qo'shimcha qisqarish paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'alish natijasida paydo bo'lgan yurak qiskarishi ekstrasistoliya deyiladi. Agar ektopik qo'zgalish o'chog'ining faolligi kuchli bo'lsa va u qandaydir vaqt ichida ritm boshqaruvchisi bo'lib bo'lsa, bunda paroksizmal taxikardiya deb ataluvchi yurak ritmi paydo bo'ladi. Bu ritm ektopik o'choq, ya'ni sinus tug'unidan tashqarida joylashgan bo'lishi mumkin. Ekstrasistola odatda sinus tug'unidan kelayotgan impulslar ta'sirida yurakning me'yordagi qiskarish muxitida hosil bo'ladi. Ektopik qo'zg'alish chog'ining joylashishiga qarab bo'lmacha, atrioventrikulyar, tug'unli va qorinchali ekstrasistolalar farqlanadi. Ekstrasistolik qisqarishdan so'ng kompensator to'xtam boshlanadi, Agar ekstrasistolik va undan keyingi oraliqlar yig'indisi ikki galgi yurak davri yig'indisiga teng bo'lsa,bu vaqtda kompensator to'xtam to'liq bo'ladi, agar qisqa bo'lsa to'xtam to'liq bo'maydi.

    Navbatdan tashqari qisqarish keltirib chiqargan patologik ta'sirot qorinchada xosil bo'lsa, bunda ekstrasistoladan keyin kelayotgan impuls yurakning mutloq qo'zg'almas davriga to'g'ri keladi, shuning uchun faqat ikkinchi me'yordagi impuls qiskarishni keltirib chiqaradi. Qorinchalar ekstrasistoliyasida ekstrasistola bilan birga kompensator to'xtamning davomliligi va ekstrasistoladan oldingi normal qisqarishdagi kamaygan davr ikkita normal qisqarish uzunligigateng bo'ladi. Bo'lmachalar ekstrasistolasida kompensator pauza qorinchalardagiga nisbatan qisqaroq, lekin sinus tug'unidan keluvchi vaqtga nisbatan uzunrok bb'adi.

    Ayrim xollarda kompensator to'xtam bo'lmasligi mumkin, bunday ekstrasistolalar interpolyar ekstrasistola deyiladi. Ekstrasistola aritmiyaning eng ko'p uchraydigan turi xisoblanadi. U sog'lom odamlarda asab buzilganida, chekish, achchik choy, kofe ichish natijasida paydo bo'lishi mumkin.

    Ekstrasistola qorin bo'shligi kasalliklarida, turli zaxarlanishlarda va tuz almshinuvi buzilganda reflektor ravishda paydo bo'ladi. Yurak-tomir sistemasi kasalliklarida ekstrasistola yurak muskulining xar xil

    ■ yallig'lanish va distrofik buzilishlarida, yurakning ishemik kasalligida kuzatiladi, goyo u kasallikning birdan-bir va dastlabki belgisi bo'lishi mumkin. Ekstrasistola dorilar bilan za'xarlanganda, masalan aritmiyaga qarshi yurak glikozidlari bilan davolanganda paydo bo'lishi mumkin. Bemor yurakning notekis urishidan, yurak turtkqisi paydo bo'layotganidan, yurak urishi to'xtab qolayotganidan va xokazolardan shikoyat qiladi. Ekstrasistolaning EKG ko'rinishi uning kelib chiqish nuqtasida aniqlanadi. Bo'lmacha ekstrasistolasining EKG dagi asosiy belgisi P tishining oldin kelishi, sinusli shaklidan farq qilishi bo'lib, qorinchalar kompleksining shakli odatda o'zgarmaydi. Kompensator pauza to'liq bo'lmaydi. Bemorda bo'lmacha ekstrasistolasining bo'lishi b.o'lmacha muskulining o'zgarishini ko'rsatishi mumkin. Bo'lmachaning tez-tez, ayniqsa xurujli ekstrasistolasi bo'lmacha taxikardiyasining xabarchisi bo'lishi mumkin.

    Atrioventrikulyar ekstrasistola juda kam uchraydi. R- tishi manfiy bo'lgan, QRS kompleksidan oldin xamma ekstrasistolalar qorinchadan

    . yuqoriga yoki supraventrikulyar xurujga kiradi. Bu umumlashtiruvchi tushuncha bo'lib, qorinchadan yuqoriga, bo'lmacha va tug'unchaning xamma ekstrasistolalari kiritiladi. Qorincha (ventrikulyar) ekstrasistolasida qo'zg'aluvchi impuls qorinchadan xosil bo'ladi, t o'g'rirog'i yoyilgan Gis tutamlarida vujudga keladi. Bu vaqtda impuls atrioventrikulyar bog'lanish orqali retrograd (teskari) tarqalmaydi, shu sababli bo'lmacha ko'zg'almaydi, qorinchalar qo'zg'alishi odatdagidek bo'lmaydi. Qorinchalar ekstrasistolasining o'ziga xos belgilari quyidagilar:

    1. Ekstrasistolik kompleksdan oldin P-tishi bo'lmaydi.

    2. Keng va deformatsiyalangan qorincha kompleksining bo'lishi (QRS kengligi 0,12 sek ?is?a), S- segment! T- tishi kompleksining asosiy tishlariga nisbatan diskordant joylashgan.

    3. Odatda kompensator to'xtam to'liq.

    Qorincha ekstrasistolasida ektopik o'choq joylashishini EKG ning ko'krak ulanishlarini taxlil qilish bilan aniqlash mumkin. So'ng qorincha ekstrasistolasiga chap ko'krak ulanishlarida (V5 V6) keng T - tishi bo'lishi xos, o'ng ko'krak ulanishlarida chuqur keng S - tishlari bo'ladi. Chap qorincha ekstrasistolasida aksincha, keng T - tjshlaring (VI V2) ko'krak ulanishlarida va keng S-tishlar chap ko'krak ulanishlarida bo'ladi. Ekstrasistolalar yolg'iz va guruxli bo'lishi mumkin. Ekstrasistola

    navbatdagi kompleks bilan to'gri tartibli ravishda almashinib tursa alloritmik almashish deb

    ataladi. Alloritmiyada ekstrasistola xar bir navbatdagi normal kompleks bilan almashinib turishi mumkin, bu bigemeniya (33- rasm) deyiiadi,

    II

    III


    33-раем. К,оринча экстрасистоласи натижасида бигеминия холати. 1

    IIIII стандарт уланишлар.

    agar ikki gal keyin kelsa trigemeniya, uch galdan keyin kvadrigemeniya deyiladi.

    Yurak muskuliriing katta qo'zg'aluvchanligida yurakning har xil qismida paydo bo'luvchi xilma-xil shaklga ega bo'lgan bir nechta ektopik qo'zg'alish o'chog'i paydo bo'lishi politop ekstrasistolani keltirib chiqarishi mumkin (ko'pin-cha yurakning og'ir kasalliklarida kuzatiladi).

    Erta va kechikkan ekstrasistolalar farqlanadi. Erta ekstrasistola oldingi navbatda keladigan kompleksning T - tishi ustiga tushadi. Bu boshqa og'ir aritmiyalarning, yurak qorinchalarining fibrillyatsiyasi darakchisi bo'lishi mumkin,

    ■ Paroksizmal taxikardiya - yurak ritmining keskin tezlashish xuruji. Odatda xuruj to'satdan boshlanadi va bir necha sekund, daqiqa, kun davom etishi mumkin. Xuruj qanday boshlangan bo'lsa, xuddi shunday (34- rasm) me'yoriga keladi. Paroksizmal taxikardiya ekstrasistolaga o'xshab asab qo'zg'aluvchanligi kuchaygan yuragi sog' kishilarda paydo bo'ladi, lekin ko'pincha og'ir yurak kasalligi (miokard infarkti, kardioskleroz, yurak nuksonlari) muxitida yuzaga keladi. Paroksizmal taxikardiya xuruji vaqtida yurakning

    tez urishini sezish, bo'shashish, yurak sanchishi kuzatiladi: Ko'zdan kechirganda terining oqarishi, uzoq davom etgan xurujda qisqarish aniqlanadi, bo'yinturuq venasi bqrtib chiqadi va yurak etishmovchiligi belgilari yakkol ko'zga ko'rinadi. Bunda EKG ga 3 ta belgi xos:

    1. Ritmning yuqori tezligi bir daqiqada 160 dan 250 tagacha bo'lishi.

    2. Ritmning to'g'riligi.

    II

    III


    34- раем. Пароксизмал тахикардия {Ашоф — Товар тугунидан чикаётган

    суправентрикуляр шакл).

    а)—хуруж тугагандан 3 дакика утгандан сунг. б) — хуруж вактида эхтимол тахикардия хисобига S—Т сегменти тушган. I — II — III -*-> стандарт уланншлар; Уг— V*—V$ кукрак

    уланишлари.

    Z. Qo'zg'alishning geterotopligi.

    Qo'zg'alish manbai bo'lmacha, atrioventrikulyar tug'un, qorincha bo'lishi mumkin. Atrioventrikulyar va bo'lmacha shakllari qo'shilib supraventrikulyar yoki qorincha usti paroksizmal taxikardiyasini xosil qiladi. Supraventrikulyar shaklga qorincha kompleksida deformatsiyaning bo'lmasligini, P tishining aniqlanmasligi xos. Atrioventrikulyar yoki tug'unii paroksizmal taxikardiya dori moddalariga va adashgan nerv ta'siriga katta chidamliligi bilan bo'lmachadan farq qiladi. Qorincha paroksizmal taxikardiyasi qorincha ekstrasistolasiga o'xshab qorincha kompleksining deformatsiyasi va ritmning tezligi bilan farqlanadi.

    QRS kompleksining kengligi 0,12 s, T - tishi asosiy kompleks tishlariga qarama-qarshi yotadi. Qorinchalar ritmi odatda to'g'ri. P -tishi aniqlanmaydi. Qorincha taxikardiyasi odatda organik yurak kasalliklarida yuzaga keladi. Masalan, miokard infarktining o'tkir davrida qorinchalar ■ titrashga tishi mumkin. Yurak muskulining o'tkazuvchanligi buzilganda yurak o'tkazish sistemasining qandaydir qismida impulslarning o'tishi sekinlashadi yoki butunlay t o'xtab qoladi - t o'lik yoki qisman blokada rivojlanadi. O'tkazuvchanlik buzilishining qaerda paydo bo'lishiga qarab sinoaurekulyar, bo'lmacha ichidagi, atrioventrikulyar va qorincha ichidagi blokadalar farq qilinadi. Blokada vaqtinchalik bo'lishi mumkin, u o'tkazuvchi yo'lning anatomik jaroxatlanishida muntazam, doimiy bo'ladi. Anatomik shikastlanish miokard yallig'lanishida, distrofik va skleroz jarayonlarda xamda toj-tomirlarda qon aylanishi buzilganda (ayniqsa miokard infarkti) rivojlanadi.

    Sinoaurekulyar blokada sinus tug'unidan impulsning bo'lachaga o'tkazilishi buzilishi, vaqti-vaqti bilan yurak kompleksining tushib qoiishi bilan ifodalanadi (P - tishi xam, R davomliligi xam 2 marta ortadi). Sinoaurekulyar o'tkazuvchanlik asta-sekin sustlashib, so'ngra impuls tushib qoiishi mumkin. Bo'lmacha ichidagi blokada bo'lmachaning o'tkazuvchi yo'llarida qo'zg'alish o'tishining buzilishini ko'rsatadi, bunda chap va o'ng bo'lmachaning baravar ishlash faoliyati buziladi. Bunda P - tishi kengayib 0,11 sek ko'proq bo'ladi. Blokadaning bu turida klinik belg'ilar bo'lmaydi. Kasallikka EKG asosida tashxis qo'yiladi.

    Atripventrikulyar blokada tez-tez uchrab turadi. Uning 3 ta darajasi bor. A - В blokadaning 1 darajasida bo'lmacha-qorincha o'tkazuvchanligi pasayadi. P - oralig'i chiziladi, lekin shu vaqtdagi ritm tezligi me'yorida bo'ladi (0,21 sek dan 0,3-0,4 sek gac'ha). Odatda qorincha kompleksining shakli o'zgarmaydi. Bu EKG da aniqlanadi, klinikasida P oralig'ining ancha chizilib ketishi natijasida bo'lmacha komponenti ajralib chiqishi xisobiga 1 tovush (ton bilinib eshitiladi). A - В blokadaning 11 darajasida ba'zi impulslar o'zgaruvchanligining buzilishi natijasida bo'lmachadan qorinchaga o'tmaydi. EKG da esa bu qismi tushib qolgani aniqlanadi. II darajadagi A - В blokadaning 3 turi farq qilinadi. 1- turi (Venkebax yoki (35- rasm) Mobittsa) bu P - Q oralig'ining asta-sekin uzayishi va qorincha kompleksining tushib qoiishi bilan ifodalanadi. Bu vaqtda Venkebax-Samoylov davri xosil bo'ladi. Qorincha kompleksi o'rtacha kenglikda bo'ladi. Bu tur yurak o'tkazuvchi yo'lning paroksizmal qismi shikastlanganda kuzatiladi, A - В blokadaning 2 turi EKG da qorincha kompleksining P - Q oralig'i oldindan uzaymasdan doimiy tushib qoiishi bilan ifodalanadi. U distal qismida - Gis tutami shoxchalari to'g'risida o'tkazuvchanlikning buzilishi bilan bog'langan, shuning uchun PQ kompleksi deformatsiyalanadi. Blokadaning 3 - turi qorincha kompleksining xar ikkinchi yoki uchinchisi tushib qoiishi bilan ifodalanadi, ya'ni 2:1, 3:1, 4:1 va xokazo blokadalar bo'ladi. Bemorda bosh aylanishi, ko'z oldining qorong'ilashishi, qisqa muddatli quysizlik kuzatilishi mumkin.

    A - В blokadaning III darajasi to'lik - impulslar bo'lmachadan qorinchaga o'tmaydi. Bo'lmacha va qorinchalar birbiriga bog'lanmagan xolda ishlaydi. EKG da qorincha kompleksi siyrak bo'lib, P - tishi te'yorida bo'ladi. Qorinchalarning qisqarish tezligi minutiga 30-40 oralig'ida o'tkazuvchi yo'ldagi ritmni boshqaruvchi o'choq qancha past joylashgan bo'lsa, qorinchalar ritmi shuncha sekin bo'ladi. Sinus tug'unidan impuls oluvchi bo'lmacha ritmi esa normal xolda qoladi. To'lik ko'ndalang, blokadada qorinchalar etarli tezlikda qisqarsa (min 40-50) sub'ektiv sezgilar bo'lmasligi mumkin. Ko'rishda impuls to'xtamlari vaqtida xam to'xtamaydigan bo'yin venasining ritmik undulyatsiyasini aniqlash mumkin. Bo'lmacha va qorincha qisqarishi baravar kelsa, undulyatsiya keskin kuchayadi. Eshitishda (auskultatsiya) 1 tovush intensivligi o'zgarishi aniqlanadi, vaqti-vaqti bilan qattiq tovush - Strajesko bo'yicha «pushka tovushi»

    eshitilishi mumkin, bu qorincha bilan bo'lmachaning baravar qisqarishidan

    paydo bo'ladi.

    Diastola vaqtida bo'g'iq bo'lmacha tovushini eshitish mumkin. Qorincha

    qiskarishining keskin kamayishi miya qon aylanishida ko'rinishi va Morgani

    - Edems - Stoks xurujini keltirib chiqarishi mumkin. Ko'pincha bu xuruj

    sinus ritmidan blokadaga tish vaqtida kuzatiladi. Xurujning klinik

    ko'rinishi juda ifodali. Butunlay xotirjamlik sharoitida to'satdan bosh

    aylanishi, umumiy bezovtalik paydo bo'ladi, so'ngra bemor xushidan ketadi,

    yuzi qizarib, keyinchalik keskin oqaradi, tomir urishi sezilmaydi, ko'z

    orqaga ketadi, tana muskullari taranglashadi, klonik va tonik tirishish

    vujudga keladi. Keyin qorincha avtomatizmi tiklanib bemor o'ziga keladi.

    Uzoq vaqt qorincha avtomatizmi tiklanmasa (4 minutgacha) bu xolat o'lim

    bilan tugashi mumkin.

    Engil xuru] qiska bosh aylanishi va es-xush xiralashish bilan ifodalanadi.

    Qorincha ichi blokadasi ko'pincha Gis tutamlari oyoqlari bloWadasi

    ko'rinishida uchraydi, u o'ng va chap blokadaga bo'linadi. Chap oyoqlari orqa

    va oldingi shoxlarga bo'linadi, blokada faqat bitta shoxda bo'lishi,

    xamda'o'ng oyoq va chap shoxlar birgalikda blokadaga uchrashi mumkin.

    Oyoqlaming birida to'lik blokada bo'lsa, impuls atrioventrikulyar

    Tug'undan Gis tutamiga normal o'tkaziladi va qorinchalarga tarqalishda

    shikastlangan oyoqda to'simcha uchraydi. Shuning uchun qo'zg'alish oldin

    shikastlanmagan oyoqli qorinchani kamrab oladi, undan so'ng shikastlangc

    blokadali qorinchaga tarqaladi. Shuning uchun korinchalar kyzg'alishi odatdagidek

    bo'lmaydi. Qorincha ichi blokadasining asosiy belgisi ko'krak ulanishi QRS

    kompleksining kengayishi bo'lib xisoblanadi. Agar qorincha kompleksining

    kengligi 0,12 s dan oshmasa, qisman blokada to'g'risida o'ylash mumkin. agar -

    0,12 dan ortiq bo'lsa bu Gis tutamlari oyog'ining to'liq blokadasi belgisi bo'lib

    xisoblanadi. Bunda P - tishi o'zgarmaydi. Qorinchalar kompleksi sinus

    tug'unidan keluvchi impulslar ta'sirida ritmik ravishda xosil bo'ladi,

    lekin qorinchalardagi qo'zg'alishning borishi buziiganligi uchun shakli

    o'zgargan va kengaygan QRS kompleksi yozib olinadi, u qorinchalar

    ekstrasistolasidagi kompleksni eslatadi. Qorinchalar kompleksining

    shakli qaysi oyoq blokada

    bo'lganligiga bog'liq. Gis tutamining chap oyoq blokadasida uning qo'zg'alishi

    keyinda qoladi va qorinchalar kompleksing qorincha ekstrasistolasidagi

    kompleks shaklini eslatadi.

    QRS ning kengayishi va shaklining o'zgarishi kuzatiladi, S - T oralig'i siljiydi va T - tishning yo'nalishi o'zgaradi, QRS kompleksining asosiy tishlariga qarama-qarshi (diskordant) bo'ladi. O'ng oyoq blokadasida qorinchalar kompleksining shakli chap qorincha ekstrasistolasini eslatadi. Gis tutamlari oyog'ining blokadasi tashxisi faqat EKG ga qarab qo'yiladi.

    6.2.Analitik qism.Mashg'ulotning ikkinchi yarimida taxliliy echim muamosini echimini o'tkazish kerak. Shu maqsadda vaziyatli massalar qo'llaniladi. Shundan keyin talabalarga ko'rguli va tarqatma ma'lumotlar taqdim etiladi - EKG qdg'ozlari. Vaziyatli massalarni echimi va ko'rgazmaviy ma'lumotlar bilan tanishuvidan keyin qilingan tillarni tahlini bila tanisht'irish va tahliliy tashxisni aniqlash.

    TESTLAR

    1. Sinusli taxikardiyada EKG ko'rinishi.

    a. Yurakning qisqarish chastotacining ortishi (90-160), R-R davomiyligining kamayishi

    b. R-R davomiyligining oshishi

    c. Наг xil R-R

    d. R-R davomiyligining kamayishi, kompensator pauza

    e. P tish'cha yo'q



    2. Yurak qisqarishini 1 minutiga 40-50 gacha kamayib ketishi, bu:

    a. Sinusli bradikardiya

    b. Sinusli taxikardiya ■c. Sinusli aritmiya

    d. Ekstrasistoliya

    e. Atrioventrikulyar blokadaning 2nchi darajasi

    3. Bo'lmacha gipertrofiyasida EKG ko'rinishi:

    a. P tishchas.ining davomiyligi va amplitudasining oshishi

    b. P tishchasining davomiyligining kolmayishi

    c. Р tishchasining amplitudasi kamayishi

    d. P-Q intervalining ortishi

    e. P tishchasining innifasalisi



    4. To'g'ri sinusli rejimda yurak kompleksining tushib qolishi:

    a. sinoaurikulyar blokadada

    b. atrioventtrikulyar blokadada

    с atrioventtrikulyar blokadaning 3 darajasi

    d. Gis tutam oyog'ining blokadasi

    e. atrioventrikulyar blokadaning 2nchi darajasi



    5. "Pushechniy gon" Strajesko xosil bo'ladi:

    a. To'lik.ko'ndalang blokadasi

    b. Atrioventrikulyar blokadaning 2nchi darajasi с Atrioventrikulyar blokadaning lnchi darajasi

    d. Sinoaurikulyar blokada

    e. Gis tutami o'ng oyoqchasining blokadasi

    6. Defomatsiyalashgan kengaygan QRS kompleksi normal P tishchada xos:

    a. Gis tutami oyoqlari to'liq blokadasi

    b, Bo'lakcha ichi blokadasi с Sinoaaurikulyar blokadasi

    d. Atrioventrikulyar blokadaning 2nchi darajasi

    e, Atrioventrikulyar blokadaning 3nchi darajasi

    7. Sinoaurikulyar blokadada:

    a, Bo'lakcha/bo'ylab impuls kechinib keladi

    b. Impul's tezroq o'tkaziladi с Impuls tezroq o'tkaziladi

    d. Har bir uchinchi impuls o'tkaziladi

    e. Har bir beshinchi impuls o'tkaziladi

    8. Morganie-Adams-Stocks sindromi ko'lincha kuzatiladi:

    a. Atrioventrikulyar blokadaning 3nchi darajasi

    b. Qormcha ekstrasistoliyasi с Sinoaurikulyar blokadada

    d. Atrioventrikulyar blokadaning 2nchi darajasi

    e. Gis tutami oyoqlari to'liq blokadasi

    9. To'likmas kompensator pauza xos:

    a. Bo'lmacha ekstrasistoliyasi

    b. Qorincha ekstrasistoliyasi

    c. Paroksizmal taxikardiya

    d. Gis tutami oyoqlari to'liq blokadasi

    e. Atrioventrikulyar blokada

    10. Qorincha ekstrasistoliyasida P tishchasi:

    a. yo'q


    b. manosiy с innifazali

    d. kengaygan

    e, yuqor

    6.3 Amaliy qism.

    Mashg’ulotning bu qismi uning yo’naltirilganlig i zaruratini asoslash,tibbiy anjomlar bilan ishlash,tibbiy xujjatlar yuritish,bemor bilan m u loqat, maslaxat, a m al i y ko’nikmalar va malakalarni egallash nuqtai nazaridan izoxlanadi.



    7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

    Interaktiv usul:

    8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



    O’zlashtirish (%)va ballarda

    Baho

    Talabaning bilim darajasi

    1.

    86-100

    A’lo «5»




    2.

    71-85

    Yaxshi «4»




    3.

    55-70

    Qoniqarli «3»




    4.

    0- 54

    Qoniqarsiz «2»






    9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




    Mashgulot bosqichlari

    Mashgulot ko’rinishi

    Davomiyligi

    1.

    O’qituvchining kirish so’zi




    5 min

    2.

    Mavzuning o’rgatilishi

    slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



    Surov va tushuntirish

    25 min

    3.

    Mavzu yakuni




    5 min

    4.

    O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

    Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

    25 min

    5.

    Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

    Ogzaki surov,

    testlar, vaziyatli

    masalalar,

    diskussiya.



    20 min

    6.







    10 min

    10. Tekshiruv savollari.

    11.Foydalanilgan adabiyotlar:

    Asosiy:

    1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

    2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

    3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

    4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

    5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

    6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

    7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



    Qo’shimcha:

    1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




    Download 41,09 Kb.




    Download 41,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

    Download 41,09 Kb.