• Uchinchidan
  • Ekologik qabohat
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/25
    Sana10.12.2023
    Hajmi1,89 Mb.
    #115219
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
    Bog'liq
    85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

    Birinchidan, xalqimiz chorizm mustamlakachi saltanati va sovet mustabid 
    saltanati o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini, har ikkalasi ham o‘zbek xalqining 
    milliy dushmani ekanligini aniq -ravshan tushundi. 
    Ikkinchidan, katta tajribaga ega bo‘lgan dushmanga qarshi kurashda milliy 
    istiqlolchilar tajribasizlik qildilar. Kurash asosan stixiyali tarzda olib borildi, ularda 
    siyosiy kurash madaniyati yetishmadi, xalqimiz dushmanga qarshi kurashda yakdil 
    bo‘laolmadi, milliy birlik bo‘lmadi. Xalqning ma’lum bir qismi hali ham 
    mustamlakachilarga ishonar edi. Milliy birlikni ta’minlay olmadi. Umumiy 
    dushmanga qarshi kurashda birlasholmadi.] 
    Uchinchidan, mustamlakachilarga qarshi kurashda xalqni o‘z orqasidan 
    ergashtira oladigan, nazariy-ilmiy asoslangan dasturga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot 
    bo‘lmadi. 
    To‘rtinchidan, 80-yillar oxirlaridagi voqealar mamlakatda ijti- moiy-siyosiy 
    va iqtisodiy sohalarda zudlik bilan sifat o‘zgarishlami amalga oshirish lozimligini 
    ko‘rsatdi. 
    Ekologik qabohat 
    Sovetlar saltanatining O‘zbekistonda olib borgan qabohatli mustamlakachilik 
    siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqarishning ekstensiv yo‘ldan 
    rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalarning 
    ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo‘jaligida haddan ziyod ishlatilishi 
    mamlakatimizda ayniqsa 80-yillarda halokatli tus olgan ekologik buhronni keltirib 
    chiqardi. Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Turkiston o‘lkasida ekologik 
    qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lenin qo‘ygan edi. Biz bu yerda 1918-yil, 


    25 
    18-mayda V.I.Lenin imzolagan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining «Turkistonda 
    sug'orish ishlariga 50 million so‘m mablag' ajratish to‘g'risidagi» dekretini nazarda 
    tutmoqdamiz. Aslida shu pul berilmagan edi. «Inqilob dohiysi» bu ajratilgan 
    summani Mirzacho‘l yerlarini o‘zlashtirishga sarflashni nazarda tutib, o‘tgan 
    asrning 70-yillarda bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus ohmi N.F.Ulyanov, 
    P.P.Semyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. V.I.Lenin boshlagan bu 
    «tashabbus»ni Sovetlar hukumati Kommunistik firqa rahnamoligida rivojlantirdi. 
    «SSSRda paxta mustaqilligi uchun kurash» amalda O‘zbekiston xalq xo‘jaligining 
    ekstensiv yo‘l bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili bo‘ldi va turg'unlik 
    yillarida ekologik buhronni kuchaytirdi. Ayni paytda Markaziy Osiyo sharoitidagi 
    tog' relyefi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning 
    singari geografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya 
    jarayoni kuchayib sug'orma qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlari kengaydi, 
    kommunikatsiyalar o‘tkazildi, o‘rmonlar kesib yuborildi, suv resurslaridan oqilona 
    foydalanilmadi, yerosti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar 
    amalda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, zug'um edi. Tabiat ham albatta insondan o‘ch 
    olishi tabiiy bir holdir. O‘zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy 
    holatlar belgilaydi: 

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish