I.A. Karimovning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana10.12.2023
Hajmi1,89 Mb.
#115219
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
638189, matn kiritish, Kovrak (ferula L.) Turkumi turlarining sifobaxshlik xususiyatlar, 60-maktab ota-onalar yig`ilish jadvali, 40 IELTS Listening Tests - Section 1 (with answers), TERMINOLOGIYANING LINGVISTIKA OBYEKTI SIFATIDA OʻRGANILISHI, faxriy yorliq, O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org, AXBOROTLASHGAN JAMIYAT ASRIDA O`ZLIKNI ANGLASH VA SAQLAB QOLISHDA MILLIY G`OYANING O`RNI VA AHAMIYATINI ASOSLASH, Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari. LAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar., 1164430, UN Doc ICT-Glossary, Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish, Saidov Jur’at Sodirovich Taqriz 1, Оз бетинше
 I.A. Karimovning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'anieyvich 
Karimov Oliy Kengashda O‘zbekiston xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga
grajdanlar huquq va erkinliklanga kafolat berishga, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 
qat'iy rioya etishga, zimmaga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga 
tantanali qasamyodini bayon etdi. 


30 
O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi tasodifiy emasdi. 
Chunki O‘zbekistonda va o‘sha davrdagi Ittifoqning boshqa jumhuriyatlarida 80-
yillarning oxirlarida kuchayib ketgan milliy uyg'onish oxir-oqibatda dunyoning eng 
yirik va so‘nggi mustamlakachi saltanatlaridan biri SSSRning parchalanish 
jarayonini boshlab berdi. Bu borada Boltiqbo‘yi jumhuriyatlari yalovbardorlik qildi. 
Bu jumhuriyatlarda mustaqillik masalasida kompartiya rahbariyati bilan xalq 
ommasi o‘rtasida mushtarak birlik qaror topdi. Bu hoi albatta boshqa 
jumhuriyatlarga ham ta'sir ko‘rsatdi va ular birin-ketin o‘z mustaqilliklarini e'lon 
qila boshladilar. 1990-yil, 21-iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining 2-majlisi 
mamlakatning istiqboldagi taqdiri uchun g'oyatda muhim bo`lgan tarixiy hujjatni - 
Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy hujjatda shunday yozilgan edi: 
«O`zbekiston bugun o‘z hududiga mutloq ega va unda yagona hukmron emasligini 
tan olib, tashqi muloqotlarda mustaqillik huquqidan mahrum ekanligini e'tirof etib, 
jumhuriyat xalqining tub manfaatlari, uning erki va irodasini ifodalab, hokimiyat 
manbayi xalq ekanligini e'tirof etib, xalq taqdiri va mulkiga egalik huquqi faqat 
uning o‘zigagina berilganligini qayd etib taraqqiyot yo‘lini tanlash faqat xalqning 
ixtiyorida ekanligini ta'kidlab, xalqaro huquq qoidalari, umuminsoniy qadriyatlar va 
demokratik prinsiplariga asoslanib, Jumhuriyat Oliy Kengashi O‘zbekistonni 
suveren davlat deb e'lon qiladi. 
O‘zbekiston suveren davlati: 
- o‘z hududining barcha tarkibiy qismlari - yer, suv, havo, yer usti, yerosti 
boyliklariga va ulardan olinadigan barcha mahsulotlariga mutlaq egadir; 
- o‘z hududining barcha tarkibiy qismlarida - yerosti va yer ustida, suvda, 
havoda mutlaq hukmrondir: 
- siyosiy va iqtisodiy sistemalarining tarkibi va tuzilishini xalq manfaati va 
ehtiyojidan kelib chiqib - o‘zi belgilaydi; 
- suveren huquqlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha qonun va 
farmonlarni o‘zi ishlab chiqadi va ularning ijrosini o‘zi tashkil qiladi; 
- barcha tashqi aloqalarni o‘zi o‘rnatadi; 
- fuqarolik masalalariga oid qonunchilikni o‘zi aniqlaydi; 
- aholisi tarkibidagi millatlar va elatlar bilan munosabatda ularning teng 
huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipiga amal qiladi». 
Albatta, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi, ko‘p vaqt 
o‘tar-o‘tmas Mustaqillik Deklaratsiyasining e'lon qilinishi respublika hayotida 
mislsiz tarixiy voqealar edi, amalda bu bizdagi ma'naviy mustaqillikni bildirdi. 
O‘zbekistonda kechayotgan bunday voqealarga M.S.Gorbachyov boshchiligida 
Markaz albatta, befarq qaramasligi ayon edi. Binobarin, Moskva O‘zbekistondagi 
bunday «o‘zboshimchalik»lardan tashvishda edi va uni tezda «jilovlab» qo‘yish 
chorasini izladi. Vaziyat shu darajada keskin tus oldiki, M.S.Gorbachyov 


31 
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovdan qutulish uchun tazyiq 
o‘tkazishning barcha choralarini ishga soldi. 

Download 1,89 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.A. Karimovning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish