• Dars uslubi
  • II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: “Model va uning turlari”
  • Algoritm tushunchasi va uning xossalari




    Download 346.07 Kb.
    bet1/6
    Sana04.05.2023
    Hajmi346.07 Kb.
    #56320
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    aLGORITIM
    Masofaviy ta’lim usullari va texnologiyalari. “O’quv jarayonida masofaviy texnologiyalarni qo’llash.Masofaviy ta’lim tizimlari va texnologiyalar, 5f042dfc86b9b, AZOT xossalari, Atmosfera havosini muhofaza qilish, 1-mavzu, Umumiy fizikadan masalalr tuplami. S. R. Polvonov., 1. Jismlarning erkin tushishi va erkin tushish tezlanishi deb ni, “Tokning magnit maydoni ” mavzusini o’qitishda innavatsion ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish metodikasi, inflatsiya riski, 123, 1, Axborot exnalogiyalarining zamonaviy dasturiy ta, C tilida dasturlash, kurs ishi, Milliy va harakatli o`yinlar

    ALGORITM TUSHUNCHASI VA UNING XOSSALARI” MAVZUSIDA 
    TAYYORLAGAN

    DARS ISHLANMASI

    Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xossalari.
    Darsning maqsadlari: 
    a) Ta’limiy : o’quvchilarga algoritm tushunchasi va uning xossalari haqida tushuncha berish. 
    b) Tarbiyaviy: o’quvchilarni Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga o’rgatish 
    c) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
    Dars uslubi : Noan’anaviy 
    Dars turi : yangi bilim va tushunchalarni umumlashtiruvchi
    Dars jihozi: darslik,plakatlar,tayyor prezentatsiya materiallari,
    test yozilgan tarqatmalar,ko’rgazmalar 
    I. Darsning borishi: 
    a) o’quvchilar bilan salomlashish 
    b) o’quvchilar davomatini aniqlash 
    c) sinf xona tozaligini ko’zdan kechirish 
    O’qituvchi tashkiliy qismni o’tkazib bo’lgach , o’quvchilarga savollar beradi. 
    II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: “Model va uning turlari” 
    “Model va uning turlari” mavzusini mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan tarqatmalar orqali savol-javoblar tashkil qilinadi.


    III. Yangi mavzu bayoni: Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xossalari.
    Algoritm so’zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 – 850) nomi bilan uzviy bog’liq. Algoritm so’zi al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifmetikaga bag’ishlangan «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va almuqobala» nomli risolasida birinchi bo’lib o’nlik sanoq sistemasining prinsiplari va undagi to’rt amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o’rnashib qolgan.
    Odatda, inson o’z hayotiy tajribasi yoki o’zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ma’lum bir harakatlar, boshqacha aytganda, ko’rsatma yoki buyruglar ketma-ketligini bajarish orgali kozlagan maqsadiga erishadi. Bunday ko’rsatma va harakatlar ketma-ketligi algoritm so’zi bilan ifodalanadi.
    Algoritmdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko’zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi deb atash mumkin. Har qanday algoritm amallarni belgilab beruvchi qoida bo’lib, uning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natija kelib chiqadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, algoritm tarkibidagi umumiy jihatga egahar bir amal esa algoritmning qadami deb ataladi.

    Download 346.07 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 346.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Algoritm tushunchasi va uning xossalari

    Download 346.07 Kb.