II-BOB. “MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana10.12.2023
Hajmi1,89 Mb.
#115219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
638189, matn kiritish, Kovrak (ferula L.) Turkumi turlarining sifobaxshlik xususiyatlar, 60-maktab ota-onalar yig`ilish jadvali, 40 IELTS Listening Tests - Section 1 (with answers), TERMINOLOGIYANING LINGVISTIKA OBYEKTI SIFATIDA OʻRGANILISHI, faxriy yorliq, O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org, AXBOROTLASHGAN JAMIYAT ASRIDA O`ZLIKNI ANGLASH VA SAQLAB QOLISHDA MILLIY G`OYANING O`RNI VA AHAMIYATINI ASOSLASH, Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari. LAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar., 1164430, UN Doc ICT-Glossary, Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirish, Saidov Jur’at Sodirovich Taqriz 1, Оз бетинше
II-BOB. “MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA 
O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR” 
MAVZUSINI O‘QUV MODULI IShLANMASI 
2.1. “Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar” mavzusi bo‘yicha ma’ruza matni 
 
O‘zbek xalqining milliy ozodlik kurashi 30-yillarning o‘rtalariga kelib 
sovetlar saltanati kuchlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan bo‘lsada, 
xalqimizning qalbida, uning ongi shuurida istiqlol uchun, mustaqillik uchun 
mustamlakachi. kelgindi zolimlarga qarshi kurash g'oyasi zarracha bo‘lsada so‘ngan 
emas. Bu kurash dahshatli jahon urushi yillari (1939-1945) da ham, urushdan 
keyingi davrda ham turli ko‘rinish, shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh 
yashirincha olib borildi. Ayniqsa bu kurash 80-yillarda o‘zining yangi bosqichiga 
kirdi. 
Sovetlar va kommunistik firqa Islom diniga qarshi «din xalq uchun afyundir» 
degan qoidani asos qilib oldi, milliy qadriyatlarimizga qarshi tinimsiz kurashdi. 
I.B.Usmonxo‘jayev O‘zKP XXI syezdida hisobot ma'ruzasida bunday degan edi: 
«Namangan viloyatida noxush diniy vaziyat hamon davom etib kelmoqda. Shu 
viloyatning shahar va rayonlarida ro‘yxatga olinmagan diniy birlashmalar qonunga 
xilof ravishda ish ko‘rib kelmoqda, o‘smirlar va ayollarga gruppa-gruppa qilib diniy 
aqidalarni o‘rgatish faktlari aniqlandi. O‘zbekiston milliy mustaqilligi uchun 
kurashning ikkinchi yo‘nalishi - umumma'rifiy harakat, siyosiy va demokratik 
erkinliklar uchun kurash tarafdorlaridir. Bu yo‘nalishning asosini O‘zbekiston 
ziyolilarining ilg'or taraqqiyparvar so‘l qanoti tashkil etadi. 
1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli 
vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar 
ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni 
ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, 
men birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida 
edi. Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. 
1989-yildan e'tiboran O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, uning siyosiy jasorati va kuchli 
vatanparvarlik, millatparvarlik his-tuyg'ulari tufayli bir qator ijobiy o‘zgarishlar 
ro‘yobga chiqarildi va bu mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy tanglikni 
ma'lum darajada bo‘lsada yumshatdi. O‘zbekiston Respulikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov quyidagi so‘zlari bu borada e'tiborlidir: «Umuman, men 


16 
birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi. 
Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak. 
Xalq - bu til, demak, qancha yillar mobaynida o‘zbek tili o‘z yerida ikkinchi 
toifadagi, iste'molchi uchun majburiy hisoblanmagan til bo‘lib keldi, necha yillar 
davomida o‘zbek rusning yonida o‘zining tengsizligini, «katta og'a»ga qaramligini 
his etib keldi. Nima uchun bunga chidash kerak? Biz davlat tili to‘g'risidagi qonunni 
qabul qildik, bu esa ko‘z o‘ngimizda o‘zbeklarning milliy o‘zini o‘zi anglashini 
yaxshiladi»
11

O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yil, 21-oktabrda «O`zbekiston 
SSRning davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi va o‘zbek tiliga davlat tili 
maqomining berilishi mamlakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarning 
uzoq yillardan beri orziqib kutgan tarixiy g'alabasi bo‘ldi. 
1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining davlat tili 
haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivoj-lanishida, mamlakat 
mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning 
ma'naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi. 
Qonunning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g'ri-sidagi qoidalari 
keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasida 
mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘pchilik aholining, respublikada yashovchi 
barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma'qullandi va qo‘llab-
quvvatlandi. 
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida 
respublikada katta ish qilindi. O‘zbek tilini davlat hokimi-yati va boshqaruv 
organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo‘llash to‘g'risidagi moddalar 
ro‘yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub 
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til 
asosla-riga muvofiq yangilana boshlandi. 

Download 1,89 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB. “MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA

Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish