|
“Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiyBog'liq 85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar1.2. “Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar” mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiyalarni o‘rni.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan
biri bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlarni
vujudga keltirish va ularni izchil huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunchilik
bazasini yaratish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, “Yurtimizda o‘tgan yillar davomida bozor iqtisodiyoti sohasidagi
o‘zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish borasida amalga
oshirilgan ulkan ishlar hech kimga sir emas, albatta. Bularning barchasini e’tirof
etgan holda, mavjud qonunlarimizning ko‘pchiligini ularni qo‘llash amaliyoti va
mamlakatimizda bozor munosabatlarini rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real
holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko‘rib chiqish zarur”.
9
Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoev o‘z fikrlarida Markaziy Osiyo hududidagi yirik qadimiy davlatlar ya’ni
Baktriya, Kushon kabi kuhna davlatlar tarixi, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Zartepa
qal’asi singari noyob yodgorliklar bu yerda qadim zamonlarda ham yuksak
taraqqiyot mavjud bo‘lganini isbotlaydi
10
.
Ma’lumki mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbekiston tarixi”
fanini o‘qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Avvalo fandagi yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima? degan savollarga
javob berish lozim. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so‘zlari
o‘rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng so‘nggi yutuqlar, bilimlar, usullar
hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qo‘llanilishi bilan
innovatsiyaga aylanadi.
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda bugungi kunda rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda quyidagi innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalari qo‘llanilmoqda.
|
| |