|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti flash texnologiyalar
|
bet | 19/24 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 13,07 Mb. | | #141892 | Turi | Учебник |
Bog'liq Adobe Flash o\'quv qo\'llanma 04.06.202215-AMALIY ISH
MAVZU: ADOBE FLASHDA VIDEOLAR BILAN ISHLASH.
Ishdan maqsad: Adobe Flash dasturida videolar bilan ishlashni o’rganish va amalda tadbiq etish.
NAZARIY QISM
A dobe Flash dasturida video ma’lumotlar bilan ishlashning turli usullari mavjud bo’lib, tayyor video ma’lumotni dastur kutubxonasiga import qilib olishimiz yoki Action Script buyruqlari yordamida video interfeys ishlab chiqish mumkin. Biz yaratadigan dastur interfeysi fon uchun rasm, video rolik uchun maxsus maydon va uchta (start, pause, replay) tugmachadan iborat bo'ladi. Quyida uning proekti berilgan:
Demak ishni sarlavhali fon uchun rasm tayyorlashdan boshlaymiz. Buning uchun tayyor rasmlardan foydalanish ham mumkin. Lekin Photoshop kabi dasturlardan foydalanib maxsus fon yaratgan ma'qul. Biz esa Flash dasturining grafik imkoniyatidan foydalanib sarlavha yaratmoqchimiz. Buning uchun dasturning chap tomonida joylashgan uskunalar panelidan Text Tool uskunasini tanlab, interfeysning yuqori qismiga joylashritiraman va unga “VIDEO PLAYER” deb yozamiz.
Ikkinchi bosqichda Window menyusining Components buyrug'ini tanlab, komponentlar panelini ishga tushiramiz. Panelning FLV Playback Custom UI bo'limidan interfeysimizdagi tugmalarga mos komponentlarni tanlab olamiz va joylashtiramiz:
Keyin kompyuter xotirasidan flv kengaytmali biror videorolik topik, uni dastur kutubxonasiga yuklab olamiz. Buning uchun File menyusining Import bo'limidan Import to library buyrug'ini tanlaymiz.
Endi dastur kutubxonasiga yuklab olingan rolikni interfeyga sudrab o'tib yo'li bilan joylashtiramiz va natijada quyidagi interfeys hosil bo'ladi:
Odatda dastur interfeysiga joylashtirilgan rolik flash-xujjat ishga tushirilishi bilan avtomatik ko'rsatila boshlaydi. Shuning uchun interfeys pastki qismidagi tugmalar yordamida faqat rolikni to'xtatish (pause), ishga tushirish (play) va qayta yuklash (replay) imkoniyatini yaratamiz. Buning uchun endi bizga Flash dasturining ajralmas qismi bo'lgan ActionScript tili kerak bo'ladi. Kurs ishimning vazifasi bu tilning imkoniyatlarini ochib bo'lmagani sababli, til haqida batafsil to'xtalmasdan, faqat rolikni boshqarishda kerak bo'ladigan kodning o'zini yuritishga harakat qilamiz.
ActionScript tilida kod yozishdan avval yozilgan skript qaysi komponentga tegishli va qanday ishga tushirilishini aniqlab olish lozim. Bizning holatda dastur kodi tugmachalar bosilganda ishga tushishi va rolikni boshqarishi lozim. Shuning uchun avvalo interfeysdagi komponentlarni (lozim bo'lsa) qayta nomlab olamiz. Masalan rolikni boshqarish uchun bevosita unga murojaat qilishg to'g'ri keladi. Shuning uchun uni “Video” deb nomlab olamiz. Komponentlarga nom berish uchun ulardan keraklisini tanlab, dasturning pastki qismida ochilgan xususiyatlar paneli (Properties) dagi Instance name yozuvli maxsus maydonga matn kiritiladi. Ana shu matn komponentning nomi hisoblanadi:
Interfeysga joylashtirilgan tugmachalar odatda animatsion xarakterga ega bo'ladi. Shuning uchun Photoshop dasturida tugmaning to'rt holatdagi rasmlarini chizib olib, ana shu rasmlar yordamida yangi tugma hosil qilib olish ham mumkin. Bu o'z navbatida interfeysning yanada chiroyliroq bo'lishini ta'minlaydi. Tugmalarga kod yozishdan avval ularni Movie Clip tipidagi ob'ektga aylantirib olgan ma'qul.
Keyin tugmalar birin-ketin tanlanadi va mos halda maxsus dastur kodi yoziladi. Dastur kodini yozish uchun tugma tanlangach Actions panelini ochib, uning chap qismidagi Current Selection bo'limida tanlangan komponentning nomi turgan holda o'ng tomondagi maxsus kod kiritish mayoniga quyidagi kod kiritiladi:
|
| |