MAVZU: ACTION SCRIPTNI QO`LLAGAN HOLDA ADOBE FLASHDA TESTLASHNI RIVOJLANTIRISH




Download 13,07 Mb.
bet17/24
Sana20.01.2024
Hajmi13,07 Mb.
#141892
TuriУчебник
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Adobe Flash o\'quv qo\'llanma 04.06.2022

MAVZU: ACTION SCRIPTNI QO`LLAGAN HOLDA ADOBE FLASHDA TESTLASHNI RIVOJLANTIRISH.
Ishdan maqsad: Adobe Flash dasturida Action Scriptni qo`llagan holda testlashni rivojlantirishni o’rganish va amalda tadbiq etish.
NAZARIY QISM
Flash dasturi Action Script dasturlash tiliga asoslangan bo'lib, bu til dasturlashtirishdan yiroq bo'lgan insonlar ham tushunishi uchun juda oddiy qilib yaratilgan. Flash dasturiga Action Script dan foydalanmasdan turib ham oddiy roliklar, chiziqli animatsiyalar yaratish mumkin, lekin tuzilgan dastur samarali, mukammal va oson boshqarish mumkin bo'lishi uchun Action Script dan foydalanishga to'g'ri keladi. Chindan ham interfaol dasturlar yaratish uchun Action Script dasturlash tilini o'rganib olish kerak. Action Script obektga yo'naltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. U sintaksis jihatidan "Java Script" ga o'xshab ketadi. Hozirgi flash dasturi obektlar juda yaqin integrallashgandir. Tugmalar haqiqiy obektlardir, ularning xususiyatlarini Action Script orqali boshqarishi mumkin, animatsion kliplar esa tugmalar hodisalarini olishlari mumkin.
Flash hodisalarga asoslangan dastur bo'lganligi sababli, qanaqadir hodisa tufayli dasturiy kodni bajaradi. Flash 5 versiyasida hodisalarni qayta ishlovchi Action Script kodi tegishli simvol ekzemplyaridan tashqarida joylashtirish kerak edi, va ularni film davomida bajarilishini tuxtatish yoki o'zgartirish imkoniyati mavjud emas edi. Hozirgi versiyalarda esa hodisalarni qayta ishlovchilar simvollarning belgilari ya'ni hususiyatlari hisoblanadilar.Ularni hatto simvol ichiga joylashtirish mumkin, bu dasturchi xohlagan vaqtda hodisalarni qayta ishlashi
o'zgartirishi mumkin.
Action Script - dasturlash tili bo'lib, uning yordamida Flashda animatsion kliplarga, knopkalarga va boshqa obektlarga vaqt oralig'iga bog'lagan holda buyruqlar yuborish mumkin. Action Script yordamida juda katta mehnat talab qiluvchi yoki umuman bajarish mumkin bo'lmagan ishlarni osongina bajarish mumkin. Action Scriptsiz Flashning faqat juda kam imkoniyatlaridan foydalangan bo'lasiz. Masalan, Action Script ixtiyoriy turdagi interaktivlikni amalga oshirishda kerak, masalan foydalanuvchining sichqoncha yoki klaviatura bosishiga javob ra'fishdagi hodisalarda. Shuningdek, Action Script vaqt shkalasidagi maxsus kadrga o'tishning yagona yechimi hisoblanadi. Ammo bu sodda misollar Flash muhitida dasturchilar uchun Action Scriptning qanchalik cheksiz imkoniyatlarga borligini va qulayligini ochib bera olmaydi. Ma'lumki, Action Script yordamida yaratilgan SWF-fayllar oraliq animatsiyalarga nisbatan hajm jihatdan kichik va sifat jihatdan yuqori bo'ladi. Yana bir afzalligi tuli masalalar juda katta aniqlikda bajarish imkonini berdi, masalan animatsion klipni ishchi maydonining aniq joyiga olib o'tish.
Action Script yordamida testlarni ishlab chiqish qulay va bir qator imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.



Download 13,07 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Download 13,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU: ACTION SCRIPTNI QO`LLAGAN HOLDA ADOBE FLASHDA TESTLASHNI RIVOJLANTIRISH

Download 13,07 Mb.