• MUNDARIJA Kirish
  • 1-amaliy ish.
  • Adabiyotlar
  • ISBN: © “Университет” нашриёти, Тошкент, 2022 й




    Download 13,07 Mb.
    bet2/24
    Sana20.01.2024
    Hajmi13,07 Mb.
    #141892
    TuriУчебник
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Adobe Flash o\'quv qo\'llanma 04.06.2022

    ISBN:
    © “Университет” нашриёти, Тошкент, 2022 й.






    MUNDARIJA







    Kirish………………………………………………………….

    4

    1-amaliy
    ish.

    Mavjud bo`lgan Flash Proyektlarini qayta ko`rish. Proyekt tanlash. Ta`limiy maqsadlarni aniqlash. Proyektni rejalashtirish.…………………………………………………..

    5

    2-amaliy ish.

    Proyekt so`rovnomalari, Proyekt Scriptlarini kiritish. Proyekt ko`rsatmasi.…………………………………………………….

    8

    3-amaliy ish.

    Adobe Flashda matnlar bilan ishlash.………………………….

    11

    4-amaliy ish.

    Adobe Flashda grafikalar bilan ishlash.…………………….....

    19

    5-amaliy ish.

    Adobe Flashda grafikalar bilan ishlash.…………………….....

    19

    6-amaliy ish.

    Adobe Flashda grafikalar bilan ishlash.……………………….

    19

    7-amaliy ish.

    Adobe Flashda animatsion qatlamlar bilan ishlash.…………...

    25

    8-amaliy ish.

    Adobe Flashda menyular bilan ishlash (ochiluvchi menyular, gorizontal menyular).………………………………..................

    28

    9-amaliy ish.

    Harakatlanuvchi tugmalarni rivojlantirish.…………………....

    34

    10-amaliy ish.

    Turli ob`ektlarni harakatlantirish.……………………………...

    39

    11-amaliy ish.

    Turli ob`ektlarni harakatlantirish.……………………………...

    39

    12-amaliy ish.

    Action Scriptni qo`llagan holda Adobe Flashda testlashni rivojlantirish……………………………………………………

    41

    13-amaliy ish.

    Adobe Flashda tovushlar bilan ishlash………………………...

    45

    14-amaliy ish.

    Adobe Flashda videolar bilan ishlash…………………………

    48

    15-amaliy ish.

    Action Scriptni qo`llagan holda harakatlanuvchi kinolarni kiritish………………………………………………………….

    57

    16-amaliy ish.

    Action Scriptni qo`llagan holda harakatlanuvchi kinolarni kiritish………………………………………………………….

    57

    17-amaliy ish.

    Action Scriptni qo`llagan holda harakatlanuvchi kinolarni kiritish………………………………………………………….

    57

    18-amaliy ish.

    Mavjud faylga barcha komponentlarni jamlash……………….

    67




    Adabiyotlar……………………………………………………

    83


    KIRISH
    Hozirgi globallashgan jamiyatda axborotlashtirishning milliy tizimini yaratish, jamiyatning barcha sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter va telekommunikatsiya vositalarini joriy etish, ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridan yuksak malakali va yangicha dunyoqarashga ega bo‘lgan milliy kadrlarni tayyorlash, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar qatorida ta’lim - tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor berib kelmoqda. Respublikamizda qabul qilingan ta’limga oid me’yoriy hujjatlarda zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari asosida darsliklar, o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan. Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bir qator amaliy ishlar bajarildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g’risida”gi qonuni, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya exnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’i “ZiyoNET”ni tashkil etish to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asos qilib olingan. Ushbu qonuniy hujjatlarda “... maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo‘llashga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini kiritish” vazifalari belgilab qo‘yilgan. “Flash texnologiyalar” fani jamiyatni axborotlashtirishga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish imkonini beruvchi fanlardan biri hisoblanadi. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish, shaxsiy kompyuterlarni samarali ishlatish kabi masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi.
    Talabalarga ushbu fan xususiyatlari doirasida mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, yuqorida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalarni puxta o`zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlari taminlash fanni o`rganish oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
    Ushbu uslubiy ko’rsatma 18 ta amaliy ishlaridan iborat bo’lib, ular dasturdagi deyarli barcha mavzularni o’zichiga qamrab olgan. Shubhasiz, bu ishlarni bajarish jarayonida talabalar olgan nazariy bilimlarini sinab ko’radilar va amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.



    Download 13,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 13,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ISBN: © “Университет” нашриёти, Тошкент, 2022 й

    Download 13,07 Mb.