|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti flash texnologiyalar
|
bet | 9/24 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 13,07 Mb. | | #141892 | Turi | Учебник |
Bog'liq Adobe Flash o\'quv qo\'llanma 04.06.20226-AMALIY ISHLAR
Mavzu: Adobe Flashda ranglar bilan ishlash.
Ishdan maqsad: Adobe Flash dasturida ranglar bilan ishlashni, gradiyentlar hosil qilishni, sferik ranglar tashkil etishni o’rganish.
NAZARIY QISM
Rang - Muayyan elektromagnit spektrli yorug'likni ko'z bilan sezish tushuniladi.
Kompyuter grafikasida rang uchta xususiyat bilan tavsiflanadi:
- tus, yorug'lik nuri chastotasi bilan belgilanadigan sifat;
- to'yinganlik, rangning berilgan tus bilan ifodalanish darajasi odatda foizlarda
belgilanadi;
- yorqinlik, nurlanish energiyasi darajasi (yorug'lik oqimining zichligi).
Kompyuter tizimlarida rang bir necha model bilan tavsiflanishi mumkin. Masalan, keng tarqalgan asosiy “qizil, yashil, ko'k” ranglarning yagona tarzda birikmasi RGB deb ataluvchi model. Oq qog’ozga chop etishda “feruza, to'q-qizil, sariq” CMYK modelidan foydalaniladi.
Rang modeli - Ranglarni rang komponentlari yoki rang koordinatalari deb atalgan va odatda uchta yoki to'rtta ma'noga ega bo'lgan sonlar kortejlari shaklida tasvirlashning abstrakt modelini bildiruvchi atama. Ushbu ma'lumotlarni sharhlash uslubi (masalan, aks ettirish yoki ko'rish shartlarini belgilash) bilan birga, rang modelining ranglar ko'pligi rang makonini belgilaydi.
Eng ko'p tarqalgan rang modellari:
RGB (asosan informatikada qo’llaniladi);
CMYK (poligrafiyada asosiy rang modeli); Televidenieda PAL standarti uchun YUV rang modeli;
SECAM uchun YdbDr modeli;
NTSC uchun esa YIQ modeli qo’llaniladi;
XYZ etalon modeli inson ko'zining xarakteristikalarini o'lchashga asoslangan.
RGB – (Red, Green, Blue) Qizil, yashil, ko'k. Rangni kodlash tizimi. RGB tizimida rang uch asosiy aniq to'yinganlikka ega ranglarning yig'indisi sifatida tasavvur qilinadi. Uchala asosiy ranglarning yo'qligi (nol to'yinganlik) qora rangga mos keladi.
CMYK (Syan, Magenta, Yellow, black) - Havo rang, to'q qizil, sariq, qora. CMYB formati. Rangli tasvirlarni chop etish uchun ranglar jilosi.
AMALIY QISM
1-rasm. Ishchi sohaning fon rangini o’zgartirish.
2-rasm. Obyektga sferik ranglar berish.
3-rasm. Gradiyentli ranglar hosil qilish.
4-rasm. Radial bo’yicha rang berish.
Topshiriq:
Turli ranglar o’zgarishi asosida animatsion effect hosil qiling.
Matnlar bilan turli rangli filtrlar qo’shing.
Archa o’yinchoqlarining animatsion harakatini hosil qiling.
Svetaforning ishlash jarayonini ishlab chiqing.
Turli xil rangli sharlar chizib ularni uchib yurgan holatini hosil qiling.
|
| |