|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti flash texnologiyalar
| bet | 5/24 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 13,07 Mb. | | #141892 | Turi | Учебник |
Bog'liq Adobe Flash o\'quv qo\'llanma 04.06.20222-AMALIY ISH
Mavzu: Proyekt so`rovnomalari, proyekt scriptlarini kiritish. proyekt ko`rsatmasi.
Ishdan maqsad: Adobe Flash dasturida proyekt so`rovnomalarini, proyekt scriptlarini kiritishni, proyekt ko`rsatmasini o’rganish va amalda tadbiq etish.
NAZARIY QISM
Hozirgi davrda turli animatsiya yaratuvchi texnologiyalar mavjud:
-
Klassik (ananaviy) animatsya- bu rasmlarni ketma-ketlik bilan o`tkazish, har bir rasm alohida chizilgan bo`ladi. Bu ko`p mehnat sarf etadi, anmatrlar har bir kadrda rasmlarni alohida ishlashlari lozim bo`ladi.
-
Stop-kadrli (qo`g`irchoq) animatsiya- bunda obektni havoda shunday joylashtriladiki harakat kadrga olinadi va toxtatiladi undan so`ng yana boshqa harakatlar tasvirga olinadi.
-
Sprayt animatsya- bu dasturlash tillari asosida amalga oshiriladi.
-
Morfing- bir obektdan boshqasigacha bo`lgan harakat generasiyalandi yani, taxminiy hisoblandi va kadrlar yasaldi.
-
Rangli animatsiya-bunda obektning rang holati o`zgartiriladi.
-
3D-animatsiya- bu maxsus dasturlar asosida yaratilib( misol uchun, 3D MAX) tasvirni fazoda 3 o`lchamda, turli nuqtalar asosida yaratiladi. Bunday dasturlar turli obektlar, ranglar jamlanmasi, teksturalar bilan boyitilgan va har bir kadrga o`zgacha jilo berishi bilan boyitilgan bo`ladi.
-
Harakatni ushlash (Motion Capture)- birinchi animatsion yo`nalish real vaqt davomida real voqeylikni aks ettirish imkoni beradi. Maxsus datchik insonga o`rnatiladi va insonni harkati nuqtalari kompyuterga modellashtiriladi. Keyinchalik harakat raqamlshtirilib tasvirga birlashtrilib animatsion harakat yaraladi.
Animatsiya prinsplari. Animatsion filmlarni yaratishda umumiy prinsiplar qo`llaniladi Shulardan asosiysi quyidagilar:
-
“Qisqarish va Cho`zilish” Bu prinsip animatsia dunyosida revalyutsya bo`ldi. Prinsippi mohiyati shundan iboratki, har bir trik tanaharakat vaqtida har doim qisqardi va uzyadi. Sakrashdan oldin qisaqaradi huddi purjinaga o`xshab, skarash vaqtida esa uzayadi. Bu Asosiy qoidani hardoim ko`ramiz- agar personaj cho`zilsa (stretch – Y o`qi bo`ylab shaklni o`zgrishi), u albatta qisqarishi shart o`z muvozanatini saqlash uchun. (squash – X bo`ylab shaklni o`zgartirish).
-
“Harakatga tayorlanish” (Anticipation). Real hayotda qandaydur harakat sodir bo`ldi deylik, inson har doim harakat qilishga tayorlanadi, Masalan, sakrashdan oldin o`tiradi, qo`llar harakati orqaga ketadi. Bu harakat harakati deyiladi. Har bir personajni ishlashda bunday harakatlarga alohida etibor beiladi. Bunday harakatlar tomoshabinlarda inersiya harakatini keltrib chiqardi.
-
Sahnaboplik (staging).Tomashabin personajni to`g`ri idrok etishida uni harakati, turish holatdagi mimika imo ishoralari muhim ro`l o`ynaydi. Bu prinsip teatrning asosiy qoidasi bo`lib ham hisoblandi. Tasvirga olishda har bir anashu harakat tomoshbin diqqatiga ochib berilishi lozim.
-
“Kalit kadlar” (Pose to Pose). Bu prinsip kadrni kompanovka jarayonini nazarda tutadi ya`ni, rasom personajni aniq bir holatda turagani chizadi. oldindan rjalashtrilgan hamma harakatlar va natijalar ana shu holatni o`ylashga olib keladi. Bu holat unumdorlikni oshiradi. Muammo shundaki bunday harakatdagi tasvirni yaratishda rassomlardan katta mehnatni talab qildi.
-
“Uzluksiz harakat ” (follow through / Overlapping actions). Bu prinsip asosiga ko`ra harakat hech qachon to`xtashi kerak emas. Shunday elementlar mavjudki, misol uchun quloq, dum, kiyim va x.k ular doim harakatda bo`lmog`i lozim. Ikki yoqlama harakat deganda ushbu elementlar bir vaqtdan ikkinchisiga uzluksiz o`tib turadi. Misol uchun qadam tashlaganda, yugurganda va x.k. prsonajning harkatda bo`lmayotgan vaqtda tana elementlairning alohida harakati uzluksiz harakat deyiladi. Uzluksiz xarakat davri almashinuvini taminlaydi. Agar personaj yugura turib tezda toxtasa, tananing qismlari ham tezda toxtamasligi ular hali harakatda bo`lishi va sekinlik bilan toxtashi kerakligini ifodaydi(soch, dum, quloq va x.k). piyoda yurganda tanani harakati son qismidan boshlanadi keyin topiq qismga o`taadi. Shu asnoda tanaani boshqa qismlari zanjir sifatida bir biriga bo`g`lanadi. Harakatning boshlanishi boshqa bir harakatni yuzaga keltrib chiqarishi animatsiyada ikki yoqlamali harakat yoki uzluksiz harkat deyiladi.
-
“ Aylanma harakat” (arcs). Har bir trik mavjudot har doim aylana trayetorisi bo`ylab harakatlanadi. Shuning uchun animatsiyada to`g`ri chiziq uslubi qo`llaniladi bu mehanik harakat bilan bo`gliq bo`ib huddi robot harakatiga o`xshaydi. Harakat trektoriyasi tezlikni qanday bo`lish qoidasini taminlaydi. Agar personaj harakati tez bo`lisa, traektoriya tekis bo`ladi, agar sekin bo`lsa, traetoriya ham shunga yarasha egri bo`ladi.
-
“Ikkinchi darajali harakat”(Secondary actions). Ko`pincha pesonajga o`zgacha jilo berish uchun Ikkinchi darajli harakat ishlatiladi. Masalan, Ikkinchi darajali harakat animatsiya dunyosini ancha rivojlantirdi. Ikkinchi darjali harakat personajni hayotiy va emotsional chiqishda yordam beradi.
-
Vaqt hisobi (Timing). Bu prinsip personajni umumiy holatini ko`rstadi. Qay darajada tomoshbin butun personajga baho beradi? Butun personaj bir fursatda birlashtriladiki bunda tez harakatdan sekin harakatga o`tkaziladi. Buning uchun personaj oz vazniga mos ravishda harakatda bo`lishi, rassom vaqt hisobini olishi har bir personaj zaxlesta harakatini ocha berishi lozim. Bunda qaxramonni emotsional xolatini, xarakter xolatini vaqt hisobini to`g`ri tashkil etish lozim bo`ladi. Harkatlangada sarf qilinadigan eneriyani charchoq xolatlarini xayotiy chiqishini talab qiladi.
-
Bo`rtirib chiqrish (Exaggerrate and Caricature). Uolt Disney o`z ish chlaridan talab qilardki tasvirni hayotiy chiqishiga va “karikaturani hayotiyligiga ” katta etibor berar edi. Agar personaj g`amgin xolda bo`lsa qorong`u zulmatli, hursand bo`lsa yorug` nurafshon bo`lishini talab qilgan. Bo`rtirib akslantrish yordamida emmotsional holatni tomashabinga etkazib bergan, ammo personajni xul atvorni ifodalashda karikatura jozibaligiga bog`liq bo`lgan.
-
Professional tasvir. Animatsiyada tasvir muhim rol o`ynaydi. Disney ustudiyasida ko`plab taxtachalarida turli yozuvlar bo`lardi masalan, “Seni tasviriy ijodini boshqalar xis qilish uchun unda teranlik va muvozanat bo`lishi kerak ” deyilgan. Professional tasvir prinsipi tasvirni “egzak” qilib chizishni takidlidi. “Egizak” deganda har qanday tasvirni ikkinchi marta qayta tizilishi yoki simmetrik bir hil bo`lishlikni anglatadi.Egizaklar odatda kamdan kam hollarda bibiidan farq qilishadi. Ana shu prinsip asosiga ko`ra bir pesonajni chizayoganda uni har bir kadrni avvalgisidan ajralib qolmasligi uchun rassomlardan katta mahorat talab qiladi.
-
Jozibadorlik (Appeal). Persanajni jozibadorligi-filmni muvofaqiyat yo`lidir. Pesonajni jozibadorligini qanday aniqlash mumkin? Jazibadorlik har qanday jismda bo`lishi mumkin, agar mamnuniyat bilan unga qarasangiz unda oddiylikni, yoqimliylikni, yaxshi bir dizayni, xusunkorlikni, insonni o`ziga tortuvchi bir xislatni tuyishingiz mumkin. Bu personajni jozibadorlikdan diqqatni uzub bo`lmaydi. Xatto salbiy qaxramon xam jozibador bo`lishlikni talab etadi, tomashabin diqqatni ushlash uchun.
|
| |