|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti flash texnologiyalar
|
bet | 7/24 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 13,07 Mb. | | #141892 | Turi | Учебник |
Bog'liq Adobe Flash o\'quv qo\'llanma 04.06.2022AMALIY QISM
1-rasm. Line Tool asbobi yordamida turli hil chiziqlar chizish.
2-rasm. Pen Tool asbobi yordamida turli xil siniq chiziqlar chizish.
3-rasm. Oval Tool asbobi yordamida turli shaklli aylana va oval chizish.
4-rasm. Rectangle Tool asbobi yordamida to’rt burchakli shakllar chizish.
5-rasm. Pencil Tool asbobi yordamida turli xil obyektlarni chizish.
6-rasm. Brush Tool asbobi yordamida turli xil obyektlarni chizish.
7-rasm. Akvariumda harakatlanayotgan baliqlarning animatsion ko’rinishi
Topshiriq:
Chizish aboblari yordamida tabiat manzarasini ifodalash.
Turli shakllarga ega geometrik shakllar chizish.
Obyektni chizishning animatsion ko’rinishini ishlab chiqish.
Sayyoralarning harakatlanish animatsiyasini ishlab chiqish.
4-AMALIY ISH
Mavzu: Adobe Flashda matnlar bilan ishlashning boshlang`ich bosqichlari.
Ishdan maqsad: Adobe Flash dasturida matnlar bilan ishlashni o’rganish.
NAZARIY QISM
Adobe Flash dasturida asboblar panelidan Text Tool asbobi yordamida matnlarni hosil qilish mumkin. -T - Kadrga matn elementini qo'shish asbobining ko’rinishi.
TextInput va TextArea komponentlari.
TextInput komponenti bir qatordan iborat matnlarni kiritish imkonini beruvchi maxsus maydon yaratishga xizmat qiladi. Komponent nusxasini interfeysga joylashtirgandan so'ng parametrlar panelida editable, password va text nomli parametrlar mavjudligini ko'rish mumkin.
Editable parametri maydondagi matnning foydalanuvchi tomonidan o'zgartirilishiga ruxsat bor-yo'qligini aniqlaydi. Agar uning qiymati true bo'lsa matn o'zgartirilishi mumkin, aks holda agar false bo'lsa matn o'zgartirilishi mumkin emas.
Password parametri esa parol kiritish maydonini yaratishda qo'llaniladi. Agar uning qiymati true bo'lsa maydonga kiritilayotgan matn yulduzcha (*) shaklida aks etadi, aks holda matn oddiy matn ko'rinishida ifodalanadi.
Text parametri esa matn maydonining foydalanuvchi tomonidan matn kiritilishidan avval standart mavjud bo'ladigan matnni ifodalashga xizmat qiladi.
|
| |