|
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti flash texnologiyalar
|
bet | 10/24 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 13,07 Mb. | | #141892 | Turi | Учебник |
Bog'liq Adobe Flash o\'quv qo\'llanma 04.06.20227-AMALIY ISHLAR
Mavzu: Adobe Flashda grafikalar bilan ishlash
Ishdan maqsad: Adobe Flash dasturida grafikalar bilan ishlashni o’rganish va amalda tadbiq etish.
NAZARIY QISM
Grafika (ingl: graphics/rus: grafika) - predmetlarni rang ishlatmasdan, kontur
chiziqlar va shtrixlar vositasida aks ettirish san'ati. Shu sababli, dastlab oq-qora chizmalarni va sxemalarni tayyorlash jarayoni kompyuter grafikasi deb nomlangan
edi. Biroq, tezda turli tusdagi ranglar ishlatilgan rasmlar paydo bo'ldi. Harakatsiz rangli tasvirlardan keyin videofilmlar yuzaga keldi. Hozirga kelib, uch o'lchamli tasvirlar tobora keng ishlatilmoqda. Shu kunlarda, kompyuter grafikasi uni yangicha anglashda, hatto virtual borliqni yarata olishi mumkin. Vizuallashtirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter grafikasi yordamida vektorli tasvirlar va rastrli tasvirlar yaratilmoqda. Kompyutergrafikasining muhim vositasi bo'lib grafik muharrir hisoblanadi, u zarur tasvirlarni sintezlash imkonini beradi.
Kompyuter grafikasi (ingl: computer graphics/rus: kompyuternaya grafika) 1 Kompyuterlar yordamida tasvirlarni yaratish va ishlov berish texnologiyasi.
2 Hisoblash texnikasidan grafik tasvirlarni yaratish, ularni turli vositalar orqali aks ettirish (masalan, monitor ekranida, qattiq nusxalar shaklida va h.k.) va joyini, shaklini o'zgartirish maqsadida foydalanish sohasi.
3 Kompyuterlar, tasvirlarning sintezi hamda real dunyodan olingan vizual axborotga ishlov berish uchun ishlatiladigan faoliyat turi. Ushbu faoliyatning mahsuloti ham kompyuter grafikasi deb ataladi.
Avvaliga, oq-qora chizmalarni va sxemalarni tayyorlash jarayoni kompyuter grafikasi deb atalgan. Ammo, tez orada turli-tuman ranglarni ishlatadigan rasmlar paydo bo'ldi. Harakatlanmaydigan rangli tasvirlardan keyin videofilmlar paydo bo'ldi. Endi esa, uch o'lchamli tasvirlar tobora keng tarqalmoqda. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi, uni yangicha tushunishda, hattoki virtual haqiqiylikni yarata oladi. Vizualizatsiya tobora ko'proq ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter grafikasi yordamida vektorli tasvirlar va rastrli tasvirlar yaratilmoqda.
Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: vektorli, rastrli va fraktal.
|
| |