60
2. Spiral asosining radiusi kiritiladi, chizmada 100 mm.
3. Spiral yuqori asosining radiusi kiritiladi, chizmada 70 mm.
4. Spiralning balandligi (chizmada 300 mm) kiritiladi va ekranda konus spiral quriladi, 18-
rasm.
Agar
tsilindrik prujinalar yasalsa,
yuqoridagi amallar qaytarilib, 3- so‘rovga,
yuqori
asosining radiusi asosi radiusiga teng bo‘lgan qiymat kiritiladi. Natijada ekranda tsilindrik prujina
yasaladi, 19- rasm.
9- «Planesurf» - tekis sirt- tekislik yasash
Tekislik buyrug‘i yuklangach uni ekranda yasash algoritmi quyidagicha bo‘ladi, 20- rasm:
1. Tekislikning birinchi burchagi ko‘rsatiladi.
2. Uning ikkinchi burchagi ko‘rsatiladi va ekranda tekislik yasaladi.
2-savol. Yasovchini ko‘tarib yoki botirib, tortib va yo‘naltiruvchi bo‘ylab harakatlantirib
sirtlar yasash
10- EXTRUDE (Ko‘tarib yoki botirib) jismlar yasash
Ko‘tarish yoki botirish buyrug‘i ikki o‘lchamli jismlar
yasovchisiga balandlik berib, ularni
ko‘taradi yoki botiradi va uch o‘lchamli jismlar yasash imkoniyatini beradi.
Bu buyruq quyidagi
ketma-ketlikda bajariladi:
1. Ikki o‘lchamli primitiv (aylana, to‘rtburchak, uchburchak, egri chiziq va h.k.) belgilanadi-
ajrati-ladi.
2. Jismning balandligi kiritiladi.
3. Torayish burchagi ko‘rsatila-di (konus va pira-midalar uchun).
Agar torayish burchagi bo‘l-masa, «
ENTER» tugmasi bosiladi va
tsilindr yoki prizma sirti
yasaladi, 21- rasm. Chizmada to‘g‘ri to‘rtburchak va aylana 300 mm ga ko‘tarilgan.