TSMRI hududiga tegishli bo'lmagan kiyim formasida kirish
cheklovlariga rioya qilish.
2.3.11. Pasport ma'lumotlari, manzil va aloqa telefon raqami o'zgargan
vaqtidan e'tiboran besh kun ichida Markaziy ro'yxatga olish bo'limi
orqali TSMRIga habar berish.
2.3.12. O'qish jarayonida o'zlashtira olmaslik holatlarida TSMRI
tariflari bo'yicha 7.1. va 7.3.-bandlarida ko'rsatilgan qo'shimcha
xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish.
2.3.13. Talaba tomonidan ushbu shartnomada nazarda tutilmagan
qo'shimcha xizmatlar olinganida va/yoki Talaba tomonidan TSMRI o'quv
resurs markazining foydalanish qoidalari buzilganida, TSMRI tariflari
bo'yicha xizmatlarga to'lovni amalga oshirish va/yoki jarimalarni to'lash.
2.3.14. O'qish davrida O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lish va
TSMRI ma'muriyati ruxsatisiz chet elga chiqmaslik.
2.3.15. Muntazam ravishda o'zinging akademik statusini, davomati
foizini, TSMRI oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajayotganini
monitoring qilib borish.
2.3.16. Hamkor universitetda ro'yxatdan o'tish.
2.3.17. Imtixonlardan o'tish vaqtida TSMRIga o'zining pasportining
asl nusxasini hamda ID kartasini taqdim etish.
2.3.18. Ushbu shartnomada, TSMRI ichki hujjatlarida (Student
Handbook, Bayonnomalar, Buyruqlar va h.k.), shuningdek
Taraflarning qo'shimcha kelishuvida nazarda tutilgan shartlar va
majburiyatlarni bajarish.