belgilangan o'qitish xarajatlarini kamaytirmasdan o'qitish rejimini
masofaviy shaklga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish.
2.2.4. Talabani rag'batlantirish va unga nisbatan TSMRIning intizom
qo'mitasining qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi,
TSMRI Ustavi, TSMRI ichki hujjatlari (Student Handbook,
Bayonnomalar, Buyruqlar va boshqalar) va ushbu shartnomaga
muvofiq intizomiy choralar ko'rish.
2.2.5. Ushbu shartnomani 4.1.3-bandga muvofiq, bir tomonlama
bekor qilish.
2.2.6. TSMRI manbalaridan erkin foydalanishni quyidagi holatlarda
cheklash:
а) Talaba shartnomani olgan kundan boshlab 10 (o'n) ish kuni ichida
ushbu shartnomani qaytarmaganida.
b) Talaba tomonidan kirish-chiqish va yong'inni oldini olish rejimlari,
TSMRIning ichki tartibi qodalarida (keyingi o'rinlarda "Student
Handbook") aks ettirilgan kiyinish tartibiga oid qoidalar buzilganida.
d) Ushbu shartnomaning 2.3.9-bandi buzilganida.
e) Student Handbookda belgilangan boshqa qoidalar buzilganida.
2.2.7. Talabani quyidagi holatlarda imtixonga kiritmaslik:
a) Ushbu shartnomaning 3.3-bandiga ko'ra o'qish uchun grafik
bo'yicha to'lov shartlari buzilganida;
b) Student Handbook va ushbu shartnoma shartlariga muvofiq
imtixonlarni qayta topshirish va/yoki boshqa xizmatlar uchun to'lovlar
o'z vaqtida amalga oshirilmaganida;
d) SMRI tomonidan o'rnatilgan me'yorlarga ko'ra, TSMRIda har bir
fan uchun belgilangan qatnashish majburiy bo'lgan dars soatlarining
umumiy miqdorda 20%dan ortig'ini o'tkazib yuborganida;
e) Ushbu shartnomaning 2.2.6-bandida ko'rsatilgan hollarda.
2.2.8. Rasmiy hujjatlarning, shu jumladan, o'rta/o'rta-maxsus
ma'lumot xaqidagi (shahodatnoma, diplom, sertifikat) hujjatlarning
asl nusxalarini o'qish davrida saqlanishi uchun taqdim etilishini talab
qilish, shuningdek
TSMRIda imtixonlardan o'tish vaqtida Talabaning
pasportining asl nusxasini va ID-kartasini talab qilish.
2.2.10. Shartnoma bekor qilinayotganida 1.1-bandga muvofiq olgan
xizmatlari qiymatiga teng to'lovni Talabadan amalga oshirishini talab
qilish yoki oldindan o'qish uchun amalga oshirgan to'lovidan ushlab
qolish.
2.2.10. Talabani TSMRIning ishchanlik obro'siga bevosita yoki
bilvosita zarar etkazadigan yoki ushbu shartnoma shartlarini buzadigan
harakatlar qilgan taqdirda, Intizom qo'mitasi yoki TSMRI
rahbariyatining qarori asosida talabalar safidan chiqarib yuborish.