Toyota 89A-guruh talabasi solixo’jayev xusanxo’JA




Download 5.08 Mb.
bet2/5
Sana08.11.2022
Hajmi5.08 Mb.
#29554
1   2   3   4   5
Bog'liq
Toyota kompaniyasi haqida
Ахметова Л, Toshkent moliya instituti “moliya” mustaqil ta’lim topshiriqlari, Makro, Samarqand davlat arxitektura-qurilish, 1658901593, 6-va 9- sinflar savol-javob va savollar, nurlan 1lab, Operatsion tizim 2022, rasm, 1-7, 3-7, Yaxshiboyeva Durdona, MARUZA AYQ , 4 mavzu

1930 yildan boshlab kompaniya benzinda harakatlanadigan avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1934 yilda Toyoda o‘zining birinchi A dvigatelini ishlab chiqaradi. Bu dvigatellar 1935 yil may oyida ishlab chiqarilgan A1 rusumli yengil avtomobil va o‘sha yilning avgust oyida ishlab chiqarilgan G1 rusumli yuk mashinalarida ishlatilgan.

  • 1930 yildan boshlab kompaniya benzinda harakatlanadigan avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1934 yilda Toyoda o‘zining birinchi A dvigatelini ishlab chiqaradi. Bu dvigatellar 1935 yil may oyida ishlab chiqarilgan A1 rusumli yengil avtomobil va o‘sha yilning avgust oyida ishlab chiqarilgan G1 rusumli yuk mashinalarida ishlatilgan.
  • 1939 yilda Ikkinchi jahon urushi boshlanib, unda mag‘lublar qatorida bo‘lgan Yaponiya og‘ir ahvolga tushib qoladi. O‘sha paytlarda kompaniya xodimlari qo‘shinni yuk mashinalari bilan ta'minlash uchun tun-u kun tinimsiz ishlar edi. Mahsulot zaxirasi tanqisligi bois yuk mashinalari eng arzon variantda ishlab chiqarila boshlagan. Masalan, bitta farali, eshiklari yog‘ochdan bo‘lgan yuk mashinasi juda ham sifatsiz edi, ammo vaziyat shuni taqozo qilardi.

Urush nihoyasiga yetgach, dastlabki yillarda “Toyoda” kompaniyasi oyoqqa turish uchun harakat qiladi. Urushdan keyingi Yaponiyada boshlangan iqtisodiy inqirozdan so‘ng mahalliy aholi “Toyoda” mashinalarini xarid qilishi amri mahol edi.

Urush nihoyasiga yetgach, dastlabki yillarda “Toyoda” kompaniyasi oyoqqa turish uchun harakat qiladi. Urushdan keyingi Yaponiyada boshlangan iqtisodiy inqirozdan so‘ng mahalliy aholi “Toyoda” mashinalarini xarid qilishi amri mahol edi.

Bularni inobatga olgan Kichiro Toyoda o‘z mashinalarini urushda katta daromad ko‘rgan davlatga, ya'ni Amerika bozoriga olib kirishni rejalashtiradi. Ammo qanday?

Kichiro ayyorona usuldan foydalanadi. U Amerikada eng ommalashgan mashinalarni sinchikovlik bilan kuzatadi va ulardagi qulaylikni o‘z mashinalarida joriy etishni boshlaydi. Bu orada kompaniyada kichik o‘zgarish bo‘ladi, aniqrog‘i kompaniya nomidagi “D” harfi “T” harfiga o‘zgartiriladi.


Bunga “Toyoda” nomining jarangdorligi, yaponchada yozilishi ham “Toyota”chalik ko‘rimli emasligi sabab bo‘lgan. “Toyota” nomini Yaponiyadagi Katakana alifbosida 8 ta chiziq bilan yozish mumkin edi, 8 raqami esa yaponlarda baxt va omadni bildiradi. Kichironing o‘zi rebrendingni shunday izohlagan.
1956 yilda ishlab chiqarilgan Toyota Crown – Amerikaga eksport qilingan eng birinchi yapon mashinasi bo‘ldi. Amerikadan keyin Braziliya, sekin-asta Yevropa davlatlari ham Toyota mashinalarini xarid qila boshladi.
Buning ortidan Toyota kompaniyasi xalqaro mashhurlikka erishib, Yaponiya iqtisodiyotiga katta foyda keltira boshladi. 1959 yilda kompaniya joylashgan Koroma shahri mamlakatning eng muvaffaqiyatli biznesi sharafiga Toyota deb o‘zgartirildi.
Kompaniya yillar mobaynida rivojlanib, dunyoning turli davlatlarida o‘z filiallarini, mashinalar savdosiga mas'ul bo‘limlari va bir qancha kichik kompaniyalarini ochib, korporatsiya darajasiga yetdi. 1989 yilda Toyota Motor Corporation hozirgi kunda barchamiz bilgan yangi logotipini e'lon qildi.

Download 5.08 Mb.
1   2   3   4   5




Download 5.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toyota 89A-guruh talabasi solixo’jayev xusanxo’JA

Download 5.08 Mb.