Bog'liq Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
II.4. Avtomobil konstruksiyalarini rivojlanishini bashorat qilish Avtomobilning yangi modelini ishlab chiqishga kirishishdan oldin
konstruktor avtomobil konstruksiyasini rivojlantirish yo‘llarini o‘rganib
chiqishi kerak. Buning uchun loyihalanayotgan avtomobilning texnik
darajasi ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi.
Avtomobilsozlikda bashorat qilishning vazifasi avtomobilning
quyidagi sifat ko‘rsatkichlarining mumkin bo‘lgan qiymatlarini aniq-
lashdan iborat:
- kompanovka sxemasi;
- yuk ko‘tarish qobiliyati va massasi;
- tezlik va tormoz xususiyatlari;
- ishonchlilik ko‘rsatkichlari;
- ergonomik, ekologik, estetik ko‘rsatkichlari va b.
Bashorat qilish qisqa muddatli (5-10 yilga mo‘ljallangan), o‘rta
muddatli (10-20 yilga) va uzoq muddatli (20-^0 yilga) boiishi mumkin.
Tadqiqotli bashorat qilish va me’yoriy bashorat qilish qoilaniladi.
Tadqiqotli bashorat qilishda avtotransport vositalarining rivojlanish
qonuniyatlari, orttirilgan tajriba tahlil qiiinadi va ilmiy-texnik rivoj-
lanishning yangi imkoniyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari shakllantiriladi.
Me’yoriy bashorat qilish tadqiqotli bashorat qilishga asoslanadi va
istiqboldagi xalq xo‘jaligining hajmi va tarkibi,. ilmiy-texnik rivoj-
lanishning darajasi aniqlanadi.
Me’yoriy bashorat qilish asosan uzoq muddatli bashorat qilishda
qoilaniladi. Uning asosi b o iib dasturiy-maqsadli bashorat qilish,
bashorat nazariyasi, texnik kibemetika, modellashtirish nazariyasi va b.
hisoblanadi.
Yakuniy bashorat qilish uchun asosiy va yordamchi usullarda
qilingan bashorat natijalari tahlil qiiinadi. Asosiy bashorat qilishda
quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi: respublika va xalqaro
malar materiallari; patent hujjatlari va litsenziyalar; konstruktorlik va
texnologik hujjatlar va b.
Qo‘shimcha bashorat qilishda maxsus adabiyotlarda keltirilgan
ma’lumotlar dan foydalaniladi.