Bog'liq Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
II.5. Avtomobilning texnik darajasini baholash Mahsulotning sifati yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun GOST
2.116-84 ga asosan texnik daraja va sifat kartasi yaratiladi. Bu karta
mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarish, uni modernizatsiya
qilish yoki ishlab chiqarishni to‘xtatish maqsadga muvofiqligini
aniqlashda va baholashda ishlatiladi. Avtomobilsozlikda GOST 2.116-
84 va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan avtomobillarning texnik
darajasi va sifatini aniqlovchi RD 37.001.027-90 ishlab chiqilgan.
Avtomobillarning texnik darajasi va sifatini baholash texnik
topshiriqni ishlab chiqishda, avtomobillarning tajriba nusxasini sinovdan
o‘tkazishda va ishlab chiqarilayotgan avtomobillami attestatsiya qilishda
o‘tkaziladi.
Texnik daraja va sifat ko‘rsatkichlari standartlar bilan tasdiqlanadi:
- yengil avtomobillar uchun GOST 4.396-88;
- avtobuslar uchun GOST 4.399-85;
- yuk avtomobillari uchun GOST 4.401-88.
Bu standartlarda quyidagi ko‘rsatkichlar keltiriladi: vazifasi;
ishonchliligi; material va yoqilg‘ini tejab ishlatishi; ergonomik, estetik
va ekologik xususiyatlari; xavfsizligi; standartlash va unifikatsiyalash
darajasi; patent - huquqiy ko‘rsatkichlari va h.k.
Texnik daraja va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun namunaviy
avtomobilga solishtiriladi. Texnik topshiriqni ishlab chiqishda namu
naviy bo‘lib istiqboldagi avtomobil qabul qilinadi. Bu avtomobil
ma’lum kelajakdagi davming istiqbol talablariga javob berishi kerak.
Istiqboldagi avtomobil real yoki real emas bo‘lishi mumkin. Real emas
avtomobil deb avtomobilsozlikning rivojlanishini ilmiy bashorat qilish,
istiqboldagi tipaj va iste’molchilarning talablari majmuasi tushuniladi.
Avtomobilni ishlab chiqarishga tadbiq qilishda va uni attestatsiya
qilishda namunaviy avtomobil bo‘lib, eng yaxshi avtomobil andozalari
xizmat qiladi. Bu avtomobillar iste’molchilar talablariga javob beradigan
va xaridorgir bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarishdan olib tashlanayotgan
avtomobillar namunaviy bo‘la olmaydi. Shuningdek, bir neclHa turdagi
18