3.12-rasmdagi kompanovka sxemali yuk avtomobili misolida
kompanovka parametrlarini aniqlaymiz.
Umumiy kompanovka uchun dastlabki ma’lumotlar bo‘lib
me’yoriy hujjatlarda keltirilgan chegaralar, ya’ni o‘qlarga tushayotgan
massaning eng katta qiymatlari hisoblanadi: bitta o‘qqa tushayotgan
massa 100 kN, ikki o‘qli telejkaga tushayotgan massa 180 kN va
boshqariluvchi o ‘qqa tushayotgan massa 60 kN dan oshmasligi kerak.
0 ‘qlarga tushayotgan to‘la massa aniqlanganidan so‘ng shaylangan
avtomobilning massasi va yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi. Yuk
ko‘tarish qobiliyati va shaylangan auvtomobilning massasi nisbati
muhim ko‘rsatkich bo‘lib, uning qiymati avtomobilsozlik tajribasidan,
yo‘llarning
sifatidan,
ekspluatatsiya
sharoitidan,
ishlatiladigan
materiallar sifatidan va ularni tayyorlash texnologiyasidan foydalanib
topiladi.
Avtomobilning uzunligi me’yoriy chegaralangan bo‘lib, uning
qiymati kabinaning uzunligi Lk, platformaning uzunligi Lp va ular
orasidagi zazor Д dan tashkil topgan (2-rasm).
Kabinaning
gabarit
0‘lchamlari
tanlangan
kompanovka
sxemasidagi
avtomobillarning
eng yaxshi
namunalari
asosida
aniqlanadi. Kabina va oldingi o ‘qning o‘zaro joylashuvi xalqaro
standartlar tavsiyasi bo‘yicha aniqlanadi. Unga asosan oldingi svesning
maksimal (y0 burchagi 25°, oldingi buferning minimal balandligi (hi)
600 mm berilgan. Lk, yi va hi asosida oldingi o ‘qdagi kabinaning orqa
devorigacha bo‘lgan masofa (lp) aniqlanadi. lp massalarning o ‘qlarga
taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi va uning qiymati 190-900 mm.
GOST 27266 - 87 bo‘yicha_ yuk platformasining o‘lchamlari
tanlanadi. Unga asosan kalta, uzun yoki normal platformalar ishlatilishi
mumkin. Platformaning balandligi (h2) 900-1400 mm. Agar tent
qo‘yiladigan bo‘lsa avtomobilning balandligi 3,8 m dan oshmasligi
kerak.