Avtomobilning asosiy o‘lchamlariga gabarit uzunligi, gabarit eni,
gabarit balandligi, baza, koleya, platforma oMchamlari, ogMrlik mar-
kazining koordinatalari va haydovchi ish joyining parametrlari kiradi.
Bu oMchamlar texnik topshiriqda beriladi va umumiy kompanov-
kalashda tanlanadi.
YUk avtomobillarida kabina va dvigatelning o'zaro joylashuvi
bo‘yicha uchta kompanovka sxemalari mavjud:
- Kabina dvigatel ortida (kapotli kompanovka);
- Kabina dvigatel ustida;
- Kabina dvigatel oldida.