bu yerda:
М
ишк2
- soshka valiga keltirilgan rul mexanizmining
ishqalanish momenti;
MCB -
boshqariluvchi g'ildiraklardan soshka valiga keltirilgan
momenti.
2) Rul chambaragiga uzatilayotgan zarbalarni kamaytirish
YoMning notekisliklaridan hosil boMadigan zarbalarning rul
chambaragiga keskin uzatilishi boshqariluvchanlikni yo'qotishga olib
keladi. Bu zarbalarni kamaytirishning quyidagi usullari mavjud:
- teskari yo'nalishdagi FIK to‘g‘ri
yo'nalishdagi FIK dagi bir
muncha kichik qilib tayyorlanadi;
- boshqariluvchi g'ildiraklar neytral holatda rul mexanizmining
uzatishlar soni oshiriladi;
- boshqariluvchi g'ildiraklarning obkatka yelkasi kamaytiriladi;
- rul mexanizmining podatlivost oshiriladi;
- rul mexanizmida yoki rul yuritmasida amarotizatsiyalovchi
qurilmalar o'rnatiladi;
- rul boshqarmasida gidrokuchaytirgichlar ishlatiladi;
3) Rul mexanizmidagi tirqishlar:
Rul chambaragini burilish burchagi a oshib borgan sari tirqish ham
oshib borishi kerak. Buning sababi: avtomobil asosan to 'g'ri yo'nalishda
harakatlangani uchun rul mexanizmidagi rul elementlarining neytral
holatdagi qismi tez yeyiladi. Ulardagi tirqishli sozlash uchun bu
elementla bir-biriga yaqinlashtiriladi. Agar chetki holatlarda tirqish
avvaldan katta bo'lmasa, u holda rul mexanizmi tiqilib qolishi mumkin,
chunki chetki holatlarda elementlar kam yeyiladi. Yangi avtomobillar
uchun tirqish 10 -15 ° dan oshmaydi.