- boshqariluvchi g‘ ildiraklar o‘z-o‘zidan tebranmasligi kerak;
- osmaning tebranishi boshqariluvchi g‘ ildiraklami burib yubor-
masligi kerak.
Rul trapetsiyalari
boshqariluvchi g‘ ildraklaming bir vaqtda har
xil burchakka burish uchun xizmat qiladi. Avtomobilning kompanovka
sxemasiga qarab, rul trapetsiyalari oldingi o‘ qdan oldinda yoki oldingi
o‘ qdan orqaga joylashishi mumkin, Rul trapetsiyasining o‘ lchamlarini
to‘ g‘ ri tanlash uchun quyidagi hisob-kitoblar qilinadi. Rul trapetsiyasi
oldingi o‘ qdan orqada joylashgan bo‘ lsa, trapetsiya yon richaglari
o‘ qlarining davomi oldingi o‘ qdan 0,7L masofada kesishishi kerak, agar
rul trapetsiyasi oldingi o‘ qdan oldinda joylashgan boMsa, bu masofa L
ga teng bo‘ ladi.
11.5-rasm.