Barcha tormoz yuritmalari o ‘zlarining afzallik va kamchiliklariga
ega, shuning uchun har xil transport vositalarida turli tormoz tizimlari
ishlatiladi.
Tormoz yuritmasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- tormoz mexanizmlarini oson, tez va bir vaqtda ishga tushishini
ta’minlab berishi kerak;
- avtomobil o‘ qlariga ta’ sir etayotgan vertikal kuchlarga proporsio-
nal (mos) ravishda yuritma kuchini tormoz mexanizmlariga taqsimlab
berishi kerak;
- foydali ish koeffisiyenti yuqori bo‘ lishi kerak;
- kerakli uzatmalar sonini hosil qilishi kerak;
-agar tormoz yuritmasi tarkibida kuchaytirgich bo‘ lsa, tonnoz
pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizmiga ta’ sir etayotgan kuch
orasidagi mutanosiblikni ta’ minlab berishi kerak;
-yuqori ishonchlilikkaega bo‘ lishi kerak;
- g‘ ildiraklarning blokirovkalanishiga yo‘ l qo‘ymaslik kerak.
XII.4.1. Torm oz yuritmasini loyihalash
Tormoz yuritmasini loyihalash uchun shu tormoz yuritmasini
o ‘matilishi mo‘ ljallanayotgan avtomobil turi, avtomobilning texnik
xarakteristikasi, avtomobilning ekspluatatsiya sharoiti kabi ma’ lumotlar
ma’ lum bo‘ lishi kerak. Shu ma’ lumotlar asosida loyiha uchun texnik
topshiriq ishlab chiqiladi.
Texnik topshiriq tarkibidagi asosiy
parametrlar 1-jadvalga kiritiladi.