• Universal burchak o‘lchagich (uglomer).
  • Y angi mavzuni mustahkamlash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag’batlantiriladi va baholandi. Uyga vazifa.
  • Tumani maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sonli umumiy o`rta ta’lim maktabining Texnologiya fani o`qituvchisi




    Download 2,24 Mb.
    bet2/2
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,24 Mb.
    #148254
    1   2
    Bog'liq
    6-sinf texnologiya Nazorat-o`lchash asboblari

    Dars shiori: “, Hunar bo’lsa qo’lingda, Baxt topilar yo’lingda”.
    Uy vazifasini so‘rash va baholash.
    O`tilgan mavzuni takrorlash.


    Yangi mavzu bayoni.
    Shtangensirkul – tashqi, ichki diametr va chuqurlikni o‘lchashda ishlatiladigan
    asbob. Shtangensirkul universal o‘lchov asbobi bo‘lib, uning yordamida chiziqli, tashqi
    va ichki o‘lchamlarni, chuqurliklarni o‘lchash, tayyor detal va buyumlar o‘lchamlarini
    tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajariladi. Shuning uchun undan masshtabli
    lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o‘lchaydigan asbob (shtangen-glubinomer),
    sirkul, shtangenreysmus sifatida ham foydalanish mumkin.
    Asbobsozlik korxonalarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beruvchi, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. O‘quv ustaxonalarida 300 mm gacha o‘lchash imkonini beruvchi shtangensirkullar ishlatiladi (24-rasm).


    24-rasm. SHTS-1 markali shtangensirkul: a) tuzilishi: 1, 4 – qo‘zg‘aluvchan jag‘lari;
    2, 3 – qo‘zg‘almas jag‘lar; 5 – qotiruvchi vint; 6 – hisob olish; 7 – glubinomer
    (chuqurlikni o‘lchaydigan sterjen); 8 – shtanga; 9 – nonius; b) hisob olish.



    Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan shtangensirkul nonius (9) shkalasining uzunligi
    9 mm bo‘lib, u 10 ta teng bo‘lakka bo‘lingan. Demak, noniusning har bir bo‘limi
    9 mm :10 = 0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bilan mos kelsa, uning o‘ninchi chizig‘idan tashqari hech bir chizig‘i shtanga chizig‘i bilan mos kelmaydi (bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning 10-chizig‘i shtanganing 9-chizig‘iga mos keladi. Deylik, noniusning 0 chizig‘i shtanganing 0 chizig‘idan o‘tib, 1-chizig‘iga yetmagan bo‘lsin, 6-chizig‘i esa shtanga chizig‘iga mos kelsin. U holda hisob 0,6 mm bo‘ladi. Ikkinchi o‘lchashda noniusning noli shtanganing 25-chizig‘idan o‘tgan. Demak, butun son 25 mm. Noniusning 6-chizig‘i shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan. Kasr son 0,6 mm. U holda shtangensirkulning ko‘rsatkichi 25,6 mm. 25-rasmda aniqlik darajasi 0,05 yoki 0,02 mm gacha bo‘lgan shtangensirkul tasvirlangan.


    25-rasm. SHTS-11 markali
    shtangensirkul: 1 – shtanga;
    2 – qo‘zg‘almas jag‘; 3 – qo‘zg‘aluvchan
    jag‘; 4 – ramka; 5 – qotiruvchi vint;
    6 – xomut; 7 – xomutni qotiruvchi vint;
    8 – mikrometrik surish vinti.



    Aniqlik darajasi 0,1 mm bo‘lgan asboblarda
    noniusdan olinadigan kasr sonlar millimetrning 0,1
    ulushlarida hisoblansa, aniqlik darajasi 0,05 va 0,02
    mm bo‘lgan asboblarda millimetrning 0,05 va 0,02
    ulushlarida hisoblanadi. Bunday shtangensirkullardan
    tekislikdagi rejalash ishlarini olib borishda sirkul va
    xatkash sifatida ham foydalaniladi. Hozirgi kunda
    shtangensirkullarning elektron raqamli turlari ham keng tarqalgan (26-rasm)
    Mikrometr 0,01 mm gacha aniqlikda o‘lchash imkonini beruvchi asbob bo‘lib,
    uning yordamida tashqi o‘lchamlar o‘lchanadi (27-rasm). Ular 0–25, 25–50, 50–75,
    75–100 mm va hokazo o‘lchamli qilib tayyorlanadi. Mikrometr skobasiga uning aniqlik darajasi hamda o‘lchash chegarasi yoziladi.

    Mikrometr skobasiga uning aniqlik darajasi, o‘lchash chegarasi va asbobsozlik


    korxonasining muhri tushiriladi. Hozirgi kunda mikrometrlarning elektron raqamli turlari ham keng tarqalgan (28-rasm).



    O‘quv ustaxonalarida oddiy go‘niyalardan
    tashqari 30º, 45º, 90º burchaklarni tekshirish va
    rejalash imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan
    go‘niyalar (29-rasm) ham ishlatiladi.

    Universal burchak o‘lchagich (uglomer). 0º dan 180º gacha bo‘lgan turli xil
    burchaklarni o‘lchash va rejalashda chilangarlik go‘niyalari hamda transportir bilan bir
    qatorda universal burchak o‘lchagichlar ham ishlatiladi (30-rasm). Ular tashqi va ichki
    burchaklarni o‘lchaydigan turlarga bo‘linadi.



    Y angi mavzuni mustahkamlash.




    Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag’batlantiriladi va baholandi.
    Uyga vazifa. Mavzuni mustahkamlab kelish.
    Download 2,24 Mb.
    1   2




    Download 2,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tumani maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sonli umumiy o`rta ta’lim maktabining Texnologiya fani o`qituvchisi

    Download 2,24 Mb.