Geologiya fani, uning vazifasi, rivojlanish tarixi va tarmoqlari




Download 114,36 Kb.
bet4/15
Sana24.04.2021
Hajmi114,36 Kb.
#14248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. Geologiya fani, uning vazifasi, rivojlanish tarixi va tarmoqlari.

Geologiya-yunoncha so’z bo’lib, geo-yer; logos-so’z, ilm, fan degan ma’noni bildiradi, ya’niy yer haqidagi fandir.

Geologiya Yer haqidagi umumiy fan bo’lib uni tuzilishini, tarkibini, tarixiy rivojlanishini, ichki va ustki qismida bo’ladigan jarayon va hodisalarni o’rganadi.

Geologiya fani tabiy fanlar tarkibiga kirib, u asosan yerning qattiq qobig’i bo’lgan yer qaari-litosfyerani o’rganadi va buning natijasida olingan ma’lumotlar xalq xo’jaligining har xil tarmoqlarida amaliy qo’llaniladi. Geologiya bilimlarining natija-lari qazilma boyliklarni, (rudali va qurilish matyeriallarni) qidirib topish va qazib olishda katta ahamiyatga egadir. Geologiya fani ma’lumotlariga asoslanib qurilayotgan har qanday injenyerlik inshoatlarni (imorat, ko’prik, yo’l; to’g’on va boshqalar) kam xarajat, mehnat va vaqt sarf qilib, ularning mustahkamligini va ko’p yil xizmat qilishini ta’minlash mumkin.

Insoniyat rivojlanishi bilan geologiya fani ham rivojlanib bordi va natijada u quyidagi mustaqil tarmoqlarga bo’lindi: kristallografiya, mineralogiya, petrografiya, tarixiy geologiya, dinamik geologiya, geofizika, paleontologiya, petrografiya, foydali qazilmalar geologiyasi, tektonika, geomorfologiya, gidrogeologiya va injenyerlik geologiyasi.


Download 114,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 114,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geologiya fani, uning vazifasi, rivojlanish tarixi va tarmoqlari

Download 114,36 Kb.