Tuproqshunoslik va geografiya




Download 114.36 Kb.
bet7/15
Sana24.04.2021
Hajmi114.36 Kb.
#14248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Gidrogeologiya-yer osti suvlari to’g’risidagi fan bo’lib, ularning paydo bo’lishini, joylashishini, tarqalish va taqsimlanish sharoitlarini, fizik xossalari va kimyoviy tarkibini, hamda yer ustki suvlari bilan aloqasini o’rganadi.

Ilmiy geologiyaga buyuk rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765) asos soldi. U o’zining “O sloyax zemno’x” (“Yer qatlamlari haqida”, 1763) asarini tog’ jinslari, minerallar, tog’ sistemalari, vodiylar, hamda yer osti suvlarining paydo bo’lishi va rivojlanish qonunlari masalasiga bag’ishlangan. Geologiya faning rivojlanishida chet el olimlaridan, D.Getton (1726-1797), Ch.Lyayel (1797-1873), E.Zyuss (1831-1914), A.Geym (1849-1937) va boshqalar o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdilar.

18-asrdan boshlab geologiya fanining ayrim bo’limlari mustaqil fan darajasiga ko’tarildi. Ularning tarkib topishlarida quyidagi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari asos bo’ldi: V.M.Sovyergin (1765-1876), G.D.Ramonovskiy A.P.Karpinskiy, M.V.Mushketov (1863-1956) A.D.Arxangelskiy, I.M.Gubkin, H.M.Abdullaev, /.O.Mavlyanov H.N.Boymuhamedov, I.M.Isomuha-medov, I.H.Hamraboev, I.M. Mirxo’jaev, K.P.Pulatov, E.V.Qodirov va boshqalar.

Geomorfologiya-yunoncha so’z bo’lib: geo-yer, morfo-shakl, logos-ilm, fan degan ma’noni bildirib, Yerning yuzasining shakli ya’niy rel’efi haqidagi fandir.





Download 114.36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 114.36 Kb.