• 3.3. Tuproqlarning suv-fizik xossalari.
  • Tuproqning mexanik tarkibiga ko’ra nomlanishi




    Download 114.36 Kb.
    bet10/15
    Sana24.04.2021
    Hajmi114.36 Kb.
    #14248
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Tuproqning mexanik tarkibiga ko’ra nomlanishi

    «fizik loy» «fizik qum»

    1. Loyli 1:1 dan 1:1F2 gacha

    2. Og’ir qumoq 1:2 dan 1:3 gacha

    3. O’rtacha qumoq 1:4 orasida

    4. Yengil qumoq 1:5 dan 1:6 gacha

    5. Qumloq 1:7 dan 1:10 gacha

    6. Loyli qum 1:15 dan 1:30 (50) gacha

    Sibirtsev tasnifi o’zining soddalagi va ixchamligi bilan ko’pchilikni o’ziga jalb etadi va hattoki sobiq Ittifoqda 30 yillarga qadar ba’zi bir ilmiy tekshirish ishlarida qo’llaniladi. Lekin bu klassifikastiya ham ayrim kamchiliklardan xoli emas. Bu yerda asosan xar xil gruppalarning utish chegarasi anik byerilmagan va E.Shene metodi yordamida olingan ma’lumotlar asos kilib olingan. Bu metodda suyuqlikning yopishqoqligi va uning muhit temperaturasiga ko’ra o’zgarishi e’tiborga olinmaganligi sababli olingan ma’lumotlar ayrim xatolardan holi bo’lmaydi.

    G.M.Tumin va S.A.Zaxarovlar, N.M.Sibirstev tasnifi tabaqalashtirishni maksad kilib, o’zlarining uch asosli tasnifini taklif kilib, quyidagi mexanik zarrachalarning nisbatini oladilar: fizik loyqa (<0,01mm): qumli chang (0,01-0,1 mm): qum (0,1-3mm).

    V.V.Oxotin mexanik elementlarning quyidagi nisbatlarini asos kilib oladi: <0,005, 0,005-0,25 va 0,25-2 sm. Bu tasnif yo’l ko’rilishi gruntchiligida ijobiy baho oldi. Ayrim vaqtlarda bu tasnifi agronomik maqsadlar uchun ishlatish tendenstiyasi vujudga keladi. Lekin esda tutish kerakki, tuproqni qurilish maqsadida baholash bilan qishloq xo’jaligida mexnat vositasi sifatida baholash urtasida tenglik quyish mumkin emas.

    Shuning uchun V.V.Oxotin tasnifini tuproqlarni yaxshilashda qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda qo’llab bo’lmaydi.

    N.A.Kachinskiy tasnifi. Avtor uz tasnifida qum, qumloq, qumoq, soz kabi gruppalarni mexanik analiz natijasida olingan ma’lumotlar asosida ajratadi va Sibirstev taklif etgan «fizik loy»: «fizik qum» nisbatini asos kilib oladi.

    N.A.Kachinskiyning o’z tasnifi asosida mexanik tarkibini tinch turgan suvda (mexanik zarrachalarni cho’kish tezligini aniqlashda Stoks formulasi qo’llanilgan) pipetka yordamida o’rtacha namuna olish yo’li bilan aniqlangan ma’lumotlarni qo’yadi. Shuning uchun ham avtor Sibirstevning «fizik loy», «fizik qum» terminlarini rasmiy ravishda shartli qabul qiladi.

    N.A.Kachinskiy tasnifi yuqorida qayd qilingan avtorlarning tasniflardan tubdan farq qiladi. N.A.Kachinskiy faqatgina mexanik elementlarning xossalari ekin ularning nisbatlarini hisobga olibgina kolmasdan, balki har bir tipdagi tuproqlarning paydo bo’lish sharoitlarini inobatga oladi.

    Tuproqni baholashda hamda uni genetik xususiyatlarini ko’rsatishda muhim o’rin tutgan qattiq fazaning solishtirma va hajm massasi hamda g’ovakligi keng bayon etiladi.

    Tabiiy sharoitlarda tuproq zarrachalarining birikmasi – agregatlardan iborat bo’ladi. Shuning uchun ham, biz ayrim sof mexanik zarrachalarning hamda agregatlardan tashkil topgan tuproq massasini (og’irligi) farq qilishimiz kerak.

    Tuproq qattiq fazasining solishtirma massasi. Tuproq qattiq fazasining solishtirma massasi deb, gramm hajmidagi sof massasining xuddi shu xajmdagi 40S0 da olingan suvning sof og’irligiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Uning ulchov birligi g/sm3 tuproqning qattiq fazasi birlamchi va ikkilamchi minerallar hamda organik, organomineral moddalardan tashkil topganligi uchun uning solishtirma massasi undagi turi va miqdoriga bog’liq.

    Tuproq tarkibida xar xil minerallarning turli darajada nuragan bo’lakchalari bo’ladi. Ularning solishtirma massasi ham xar xil. Buni quyidagi ma’lumotlardan ko’rsa bo’ladi:

    Tuproq tarkibida birorta mineralning ko’p ekin oz bo’lishiga karab, uning solishtirma massasi uzgarib boradi. Masalan, chirindiga boy tuproqlarning solishtirma massasi kichik bulsa (1,8-2,2 g/sm3), chirindisi oz mineral tuproqlarda esa solishtirma massa birmuncha yuqori (2,60-2,30 g/sm3) bo’ladi.

    Tuproqning solishtirma massasi kam uzgaruvchan ko’rsatkich. Uning o’zgarishi tuproqda nurash jarayoni bilan bog’liq. Keyingi yillarda olib boriladigan tekshirishlar shuni kursatadiki, surunkali sug’oriladigan yerlarda birlamchi minerallarni parchalanishi natijasida ikkilamchi og’ir (soz) minerallar paydo bo’lib, tuproqning massasi ortib kelmokda. (L.Tursunov, 1981) Avtor bunday ma’lumotlarni Amudaryoning quyi okimi tuproqlarini o’rganishi natijasida tupladi. Ularda bir oz miqdorda magnetit, limonit, gematit va boshqa shunga uxshash og’ir minerallarning shakllanishi qadimdan sug’oriladigan utloki allyuvial tuproqlarning solishtirma massasining ortishiga ortib kelmoqda.

    Tuproqning solishtirma massasi faqatgina laboratoriya sharoitida maxsus shisha asbobchalarda (piknometr) urganiladi.

    Solishtirma massa ko’rsatkichi tuproqlarning mineralogik tarkibini aniqlashda hamda tuproq g’ovakligini xisoblashda kullaniladi.

    Tuproqning xajm massasi. Tuproqning xajm massasi tabiiy xolatdagi bir kub sm.quruq tuproqning (havosi bilan) gramm xisobidagi massasini shu hajmdagi -40S da olingan suv og’irligiga bo’lgan nisbatiga aytiladi va g/sm3 bilan ifodalaniladi.

    Tuproqning hajm massasi juda o’zgaruvchan bo’lib, asosan agregatlarning zichlashish darajasiga bog’liq bo’ladi. Ustki haydalma qatlam, odatda kichik hajm massasiga (1,1-1,3 g/sm3) ega, chunki bu qatlamda agregatlar g’ovak joylashgan bo’ladi. Quyi qatlamda agregatlar miqdori kamayib borganligi hamda agregat va zarrachalarning zich joylashganligi tufayli bo’shliqlar miqdori kamayib boradi, natijada hajm massasi ortadi (1,5-1,7 g/sm3). Strukturali tuproqlarning yuqori qatlamlari kichik xajm massaga ega bo’lib, u butun vegetastiya davomida uzgarmay turishi mumkin.

    Buxoro tumani tuproqlarida agregatlarning kamligi hamda ularning suvga chidamsizligi hajm massasini vegetatsiya davomida juda o’zgarib turishini olib keladi. Sug’orish suvlari agregatlarni buzadi va ularni yanada zichlashishiga sabab bo’ladi. Yangi sug’oriladigan yerlar asta-sekin zichlashib tuproq qovushmasining zichligi jixatidan utacha urinda turadi. Turli tipdagi sug’oriladigan tuproqlar kovushmasini zichligi jixatidan bir-biriga yakin turadi shunday bulsa ham, saxro zonasidagi va gidromorf sharoitidagi tuproqlar ayniksa kuchli zichlashgan bo’ladi. Umuman, quyi qatlamlardagi tuproqning xajm massasi ustki qatlam tuproqning xajm massasiga nisbatan kattarok bo’ladi. Eng katta xajm massa xaydalma qavat tagidagi qatlamdir.

    S.N.Rijov haydalma qatlam tagidagi zichlashgan qatlam, ya’ni plug tovoni sug’orish vaktida berilgan sun’iy va kisman ishlash kurollarning tuproq strukturasining buzishi va tuproqni zichlashtirishi vujudga keladi, degan fikr bayon qildi. Shuning uchun ham qadimdan sug’oriladigan tuproqlarning haydalma osti qatlamlari bir muncha katta hajm massaga ega. (1,60-1,80 g/sm3 ni tashkil etishi mumkin). Tuproqning bu darajada zichlashishiga ko’p yillik sug’orish hamda haydov asboblarining bosimi sabab bo’ladi. Hozirgi vaqtda tuproq kanchalik chuqur haydalsa, haydalma qavat tagidagi qatlam zichlanishini shunchalik kamayganligi aniqlandi. Bu qatlamning zarari adabiyotlarda yetarli darajada keng yoritilgan va dehqonlar ham uni yaxshi biladilar. Sug’orilmaydigan yerlarda plug tovoni bo’lmaydi. Sho’rxok tuproqlarning xajm massasi boshqa tuproqlarnikiga nisbatan ancha kamdir. Sug’oriladigan tuproqlarning hammasi sug’orilmaydigan tuproqlarga ekin qo’rik yerlarning tuproqlarga nisbatan zichroq qovushmali va kamroq teshikli bo’ladi.

    Tuproq g’ovakligi tabiiy holatda joylashgan qatlam xajmiga barcha bushliklarning nisbati. G’ovaklik tuproq qatlamida suv va havoning bo’lishi, hamda xarakatini ta’minlaydi, mikroorganizmlarning yashashiga sharoit yaratadi. G’ovaklik quyidagi formula yordamida aniqlanadi.



    R – umumiy g’ovaklik (tuproq xajmini xisobida), %

    dv- tuproq zichligi, g/sm3

    d – tuproq qattiq qismining zichligi, g/sm3

    odatda, tuproq zarrachalari qancha yirik va bir xilda bo’lsa umumiy g’ovaklik shunchalik kam bo’ladi. Tuproqning mexanik tarkibini nazarda tutgan holda umumiy g’ovaklik quyidagicha bo’lishi mumkin.

    Qum tuproqlar = 30-40%

    Qumloq tuproqlar = 40-45%

    Qum oq tuproqlar = 45-50%

    Soz tuproqlar = 50-60%

    Tuproq qatlamidagi bushliklarning katta-kichikligiga qarab kapillyar va nokapillyar g’ovaklikka ajraladi. Odatda nokapillyar bo’shliklarda suv kapillyar kuchlar ta’sirida ushlab turilmaydi va o’z og’irligi ta’sirida pastga shimilib ketadi, bushliqlar havo bilan to’ladi.

    G’ovaklik ikki turga bo’linadi: agregatlar orasidagi va agregatlar ichidagi g’ovaklik. Agregatlar ichidagi g’ovaklik odatda tuproq donalari-mikro va makroagregatlar ichida shakllanadi va tuproqning suv ushlab turish qobiliyati ifodalaydi.

    3.3. Tuproqlarning suv-fizik xossalari.

    Ma’lumki tuproq tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo’lib, uzida jonli va jonsiz tabiiy borliqni mujassam qilgan hosiladir. Viloyat xududida shuningdek, Buxoro tumanida cho’l zonasiga xos tuproqlar tarqalgan bo’lsada, ular bir butun yaxlit maydonlar hosil qilmaydi. Tuproqlar ona jinsining xususiyati, joyning rel’efi, sizot suvlarning ximiyaviy tarkibi va chuqurligi kabi omillarga binoan tuproqlarning tiplari almashib turadi.



    Tuproq-litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar ta’sirida o’zgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan o’zaro bog’liq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer po’stining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muxim xususiyati –unumdorligidir.

    Tuproq ham boshqa tabiiy jismlar kabi o’ziga xos fizikaviy xossalarga ega. Tuproqning umumiy fizikaviy xossalari uning solishtirma, hajm og’irliklari va g’ovakligi (kovaklik)dan iborat. Bu xossalar turli tuproqlarda turlicha fiodalangan bo’lib, ularni o’rganish bir qator nazariy va amaliy masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Tuproqning fizikaviy xossalari tuproqda kechadigan barcha jarayonlar yo’nalishlarini va xarakterini belgilovchi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. O’simliklarni suv, havo va ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi har bir tuproqning fizikaviy xossalari bilan uzluksiz bog’liqdir.

    Ma’lum hajmdagi tuproq qattiq (mineral) qismi og’irligini shu hajmdagi suvning og’irligiga bo’lgan nisbatiga tuproqning solishtirma og’irligi deyiladi. Tuproqning solishtirma og’irligi uning mexanikaviy, mineralogik tarkibiga hamda chirindi miqdoriga bog’liq holda turli kattalikda bo’lishi mumkin. Ma’lumki, tuproqning mineral qismi organik qismiga nisbatan ko’prok va og’irroq, shuning uchun ham solishtirma og’irlik tuproq tarkibi to’g’risida ma’lumot bera oladi. Serchirrindi, yengil tuproqlarning solishtirma og’irliklari 2,30-2,40 gr/sm3 atrofida, chirindisi kam bo’lgan og’ir tuproqlarni solishtirma og’irliklari esa 2,65-2,75 gr/sm3 atrofida bo’ladi. Solishtirma og’irlik kattaligi kovaklikni hisoblashda kerak bo’ladi.

    Tuproq solishtirma og’irligin aniqlashning bir qator usullari mavjud bo’lib, ular ichida N.A.Kachinskiyning og’irlik va M.Baxodirovning hajmiy usullaridan keng foydalaniladi.

    Har bir tuproq asosan uch qismdan, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon qismlardan tashkil topgan. Tuproq qatlamlari orasida joylashgan havodan iborat bo’lgan gazsimon qism o’simlik ildizlari va tuproqda yashovchi makro va mikroorganizmlarni nafas olishlari uchun zarur. Tuproqning suyuq qismi, ya’ni tuproq eritmasi o’simliklarni oziqlanishi uchun xizmat qiladi. Bu ikki qismning xususiyatlari tuproq qattiq qismining tarkibi va xususiyatlariga bevosita bog’liq bo’ladi, buning sababi tuproq qattiq qismini tashkil etgan turli kattalikdagi mineral zarralarni xilma-xil kimyoviy va mineralogik tarkibga ega bo’lishidir. Shuning uchun ham tuproq qattiq qismini tashkil etgan zarralar xillari va miqdorlarini o’rganish, ya’ni tuproq mexanikaviy tarkibini o’rganish va uni taxlil qilish muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

    Tuproq qattiq qismidagi turli kattalikdagi mineral zarralarning nisbiy miqdoriga uning mexanikaviy tarkibi deyiladi. Aloxida kattalikka ega bo’lgan mineral zarra mexanikaviy element deyiladi. Tuproqda mexanikaviy elementlarning bir nechta guruxlarga ajratiladi. Xozirgacha mexanikaviy elementlarning N.M.Sibirstev, A.N.Sabanin va V.R.Vilyams, V.V.Oxotin, N.A.Kachinskiylar tomonidan ishlab chikilgan klassifikastiyalari mavjud. Bular ichida hamma yerda qo’llanilib kelinayotgani N.A.Kachinskiy klassifikastiyasi hisoblanadi. Bu klassifikastiyada mexanikaviy elementlar besh guruxga ajratilgan. Bular ichida 1mm dan yirik bo’lgan zarralar tuproqning skelet qismi deb, 1mm dan maydalari esa tuproqning mayin (melkozem) qismi deb qabul qilingan. N.A.Kachinskiy tuproqdagi mayin (melkozem) zarralarni ikki guruxga, ya’ni fizik qum va fizik loy (soz) guruxlariga ajratadi. Fizik qum guruxiga diametri 1-00,1 mm bo’lgan zarralarni, fizik loy(soz) guruxiga esa diametri 0,01 mm dan kichik bo’lgan zarralarni birlashtirdi. Bu guruxlarning nisbiy miqdorlariga kura tuproqning mexanikaviy tarkibi belgilanadi. Mexanikaviy tarkibiga ko’ra tuproqlar qumli, qumloqli, qumoqli va loy (sozli) xillarga ajratiladi. O’z navbatida qumoqli va loyli (sozli) tuproqlar yengil, urta va og’ir xillarga bo’linish mumkin. Tarkibidagi qum zarralari ko’p bo’lgan tuproqlar yengil, loyqa (gil) zarralari ko’p bo’lgan tuproqlar og’ir mexanik tarkibli hisoblanadi.

    Tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqlar tarkibi turli katta-kichiklikdagi zarrachalar, jumladan birlamchi minerallarning yirik donachalaridan tortib, mikronlar bilan ulchanadigan eng mayda kolloid zarrachalari to’plamidan tashkil topgan. Tuproqning mexanik tarkibi asosan ular hosil bo’lgan paydo qiluvchi ona jinslaridan o’tgan va tuproq paydo bulish jarayonida kam o’zgaradi.

    G’ovak tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi ularning hosil bo’lishi va boshlangich jinslar xaraktyeriga bog’liq. Tog jinslarining nurash maxsulotlari parchalanishi, suv va shamol okimlari ta’sirida kuchirilish va yotkizilishi jarayonida ularning kayta saralanishi va yer yuzasida yirik bulakli jinslar, qumli, changli ekin loyli yotkiziklar xolida tuplanishi sodir bo’ladi. Bunda allyuvial va eol yotkiziklarii tarkibi bir-biriga uxshash, yaxshi saralangan qum, qumloq, soz zarrachalarini kup saklaydigan xolga o’tadi. Muz, muz-suv va delyuvial yotkiziklari esa yomon saralangan, xar xil kattalikdagi zarra (bulak)lar aralash-masidan tashkil topgan.

    Turli katta kichikligidagi zarrachalar odatda turli minyerologik hamda kimyoviy tarkibiga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafakat boshlangich ona jinslardan o’tgan, albatta asosiy qismi shunday kelib chiqishiga ega bo’lsa ham, ammo bir qismi tuproq paydo bulish jarayonida ham hosil bo’lgan. Shuning uchun tuproqning mexanik elementlarini mineral, organik ekin organo-mineralli zarrachalar tashkil etadi. Shunga ko’ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona jinslaridan utgan) ekin ikkilamchi (yangi hosil bo’lgan) bo’lishi mumkin.

    Jinslar va tuproqlardagi turli o’lchamli aloxida zarrachalar mexanik elementlar deyiladi. Kelib chiqishiga kura mexanik elementlar: mineral, organik va organo-mineral zarrachalardan iborat. Bu zarrachalar tog jinslarining bo’lakchalaridan, ayrim (birlamchi, ikkilamchi) minerallar, chirindi moddalar va organik hamda mineral moddalarning uzaro ta’sirlashuvidan hosil bo’lgan maxsulotlardan tashkil topgan.

    Mexanik elementlar tuproq va jinslarda aloxida (qum) va turli struktura bulakchalariga birikkan shaklda bo’ladi. Mexanik elementlarni miqdoriy aniqlashga mexanik analiz deb ataladi. Mexanik elementlarining xossalari, ular ulchamiga kura uzgarib turadi. Ulchami va xossalari bir-biriga yakin zarrachalar odatda frakstiyalarga birlashtiriladi. Zarrachalar katta-kichikligiga karab frakstiya gruppalarning klassifikastiyasi ishlab chikilgan. Kattaligi bo’yicha frakstiyalarga ajratilgan zarrachalarning gruppalanishiga mexanik elementlar klassifikastiyasi deyiladi.

    Xozirgi vaktda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan mexanik elementlar klassifikastiyasi kup ishlatiladi.

    Frakstiyalardagi ulchamli 1 mm dan katta zarrachalarga jins-larning tosh qismi ekin tuproq skeleti, 1 mm dan kichiklari esa mayda zarrachali ekin mayda qismi deb ataladi. Shuningdek, mayda zarrachadagi 0,01 mm dan katta zarrachalar xossalari qumga yakin bo’lgani uchun shartli «fizik qum» gruppasiga, 0,01 dan kichiklari esa loyga o’xshashligi sababli «fizik loy» deb yuritiladi.

    Turli mexanik elementlarning minyerologik, kimyoviy tarkibi, ularning fizik va fizik-kimyoviy xossalari xar xil bo’lganidan, aloxida frakstiyalar tuproqlar hamda jinslarning xossalariga turlicha ta’sir etadi.

    Aloxida frakstiyalar uchun xaraktyerli bo’lgan xossalariga qisqacha to’xtalamiz.

    Tosh (>3 mm) asosan turli tog’ jinslarining bulakchalaridan iborat bo’lib, tuproqda toshning ko’pligi qator salbiy xossalariga olib keladi. Jumladan, qishloq xo’jalik mashinalari va qurollaridan foydalanishni kiyinlashtiradi, ekinlarning unib chiqishi va o’sishiga yomon ta’sir etadi. Tuproqning toshlilik darajasi odatda (massasiga nisbatan foiz xisobida) 3 mm dan katta zarrachalar miqdoriga kura quyidagi gruppalarga ajratiladi: toshli bo’lmagan – 0,5 foiz, kam toshli – 0,5-5 foizgacha, o’rtacha toshli 5-10 foiz va kuchli toshloq tuproq 10 foizdan ko’p.



    Download 114.36 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 114.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuproqning mexanik tarkibiga ko’ra nomlanishi

    Download 114.36 Kb.