Tuproqshunoslik va geografiya




Download 114.36 Kb.
bet13/15
Sana24.04.2021
Hajmi114.36 Kb.
#14248
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
XULOSA VA TAKLIFLAR.

- Yerdan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash. Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo sug’oriladigan yerlarning aloxida muxofaza etilishini kengaytirib har tomonlama yaxshilash, hosildorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish.

- Tuproqning biologik faolligi, turli tuproq-iqlim va agrotsenoz sharoitida uning hayvonot olamini o’rganish va muqobillashtirish. Tuproq unumdorligini tiklash va oshirish biologik usulini ishlab chiqish.

- Sug’oriladigan yerlarda bio xilma-xillik hosil qilish maqsadida oraliq va takroriy ekinlarni (iloji boricha sho’rga chidamli) ko’p miqdorda yetishtirib, chorva mollarini ko’paytirish natijasida hudud yerlarini organik o’g’it-gung bilan yetarli miqdorda ta’minlashga yordam beradi.

- Strukturasiz og’ir tuproqlar noqulay fizik va fizik-mexanik xossalarga ega. Suv o’tkazuvchanligi past, yengli changlanib ketadi, qatqaloq hosil bo’ladi, zichligi yuqori, yopishqoqligi va ko’pincha havo, issiqlik rejimlarining noqulay bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar ham qumli va qumloq tuproqlar singari qishloq xo’jaligida foydalanish uchun uncha qulay emas. Strukturali va kam strukturali yengil qumoq va o’rta qumoq tuproqlar qator maqbul xossalari bilan xarakterlanib, dehqonchilik uchun qulaydir.

- O’rganilgan tuproqlarning barchasida quyi qatlamlar yuza qatlamlarga nisbatan ancha zich ekanligi ko’rinadi, ya’ni profil bo’ylab tuproq zichligi ortib boradi. Tuproqlardan foydalanish nuqtai nazaridan ko’radigan bo’lsak, qo’riq tuproqlarning yuza qatlamlari g’ovakligi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlarda yuza qatlamining zichligi 1,33-1,47 g/sm3ni tashkil qiladi. Yuvib keltirilgan tuproqlarning zichligi eroziyalangan tuproqlar zichligidan kichik.

- Tuproqlarning g’ovakligi ularning zichligiga mos ravishda o’zgaradi. Profil bo’ylab kuchayib boradigan noqulay sharoitlar g’ovaklikning kamayishiga olib keladi, deya umumiy xulosa qilish mumkin.

- Sug’orish va sho’r yuvish ishlarini to’g’ri tashkil etish.

- Kollektor-drenajlar faoliyatini yaxshilash.

- Qishloq xo’jalik mashinalaridan to’g’ri foydalanish.





Download 114.36 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 114.36 Kb.