1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja




Download 5,71 Mb.
bet1/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish


AMALIY SEMINAR MASHG’ULOTLARI


1- Mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi;
Reja:
Biotexnologik jarayonlar deb qanday jarayonga ataladi
Biotexnologiyaning asosiy yo‘nalishlarini
Biotexnologiya fanining rivojlanishi asosan 3 bosqichi
Biotexnologiya fanini tarixini beshta davri
O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi
Biotexnologiya- yunonchadan bios-hayot, teken-san’at, logos-so‘z, o‘qitish, ilm degan ma’noni bildiradi.
Tirik mavjudotlar va ularning hujayralari ishtirokida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar biotexnologik jarayonlar deb ataladi.
Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi - biologik agentlar yoki ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvon hujayralari, ularning komponentlaridan) kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoatda foydalanishdir.
Biotexnologiyani ikki xil darajada ko‘rish mumkin:
Qadimgi biotexnologiya
Zamonaviy biotexnologiya
Sutdan- qatiq, uzumdan- vino va sirka, achitqilar yordamida -non tayyorlash va boshqa bir qancha biotexnologik jarayonlar qadimgi biotexnologiyaga kiradi.
Zamonaviy biotexnologik usullar gen muhandisligi yordamida farmatsevtika uchun interferonlar, insulin, somatotropin, gepatitga qarshi vaksina, fermentlar, klinik tadqiqotlar uchun diagnostik ashyolar (narkomaniya, gepatit va boshqa bir qator yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun test tizimlar, biokimyoviy tekshirishlar uchun reaktivlar, egiluvchan biologik plastmassalar, antibiotiklar, bioaralashmali boshqa ko‘plab mahsulotlar) ishlab chiqariladi.
Pivo, spirt, kir yuvish vositalari, to‘qimachilik va teri oshlash kabi jaryonlarda ishlatiladigan ferment preparatlari ishlab chiqarish va qo‘llash ham keng yo‘lga qo‘yilgan.
Biotexnologiya jarayonlaridan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari, ulardan ajratilgan fermentlar, hujayra organnellalari, ularni o‘rab turgan membranalar sof yoki immobillashgan holatda oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, gormonlar va boshqa moddalar ishlab chiqarishda yoki ba’zi bir organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish, sof holda metall ajratish, oqova suvlarni va qishloq xo‘jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlashda keng foydalaniladi.
Biotexnologiyaning asosiy yo‘nalishlarini, shartli ravishda, quyidagicha tavsiflash mumkin:
Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi:
-Oqsilli va oqsil-vitaminli konsentrat sifatida foydalaniladigan biomassalarning mikroorganizm-produtsentlarini yangi shtammlarini olish.
-O‘simlik va hayvonlar seleksiyasining yangi usullari, genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar, klonlash.
-Qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini kasalliklarini davolash va profilaktika qilish, vaksinalar olish.
-O‘sish gormonlari va stimulyatorlarini qo‘llash.
-Tuproq unumdorligini oshirish, o‘simliklarni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish uchun preparatlar olish.
Kimyoviy moddalar va birikmalar olish
-Organik kislotalar (limon, sut, sirka, itakon) olish
-Vitaminlar, antibiotiklar, fermentlar olish.
-Fermentlardan kirish yuvish vositalari tarkibida foydalanish.
Atrof muhit muhofazasi:
-Atrof muhit tozaligini tekshirish usullarini takomillashtirish.
-Shahar va maishiy va qishloq xo‘jalik chiqindilarni mikroorganizmlar
yordamida qayta ishlash.
Tibbiy biotexnologiya:
-Tashxisni takomillashtirish maqsadida fermentlardan foydalanish, fermentlar asosida datchiklar yaratish.
-Murakkab dori vositalarini yaratishda mikroorganizmlar va fermentlardan foydalanish ( masalan steroidlar).
-Yangi antibiotiklarni sintez qilish.
-Terapiyada fermentlarni (ovqat hazm qilish fermentlari; festal, mezim, enzistal) va mikroorganizmlar preparatlarini (laktobakteriyalar, bifidobakteriyalar) qo‘llash

Download 5,71 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- mavzu: Amaliy seminar: Biotexnologiya haqida umumiy tushuncha. Eukariot va prokariot organizm hujayralarining bir-biridan farqi; Reja

Download 5,71 Mb.