Uzluksiz o‘stirish tizimlarining klassifikasiyasi




Download 5,71 Mb.
bet14/30
Sana21.05.2024
Hajmi5,71 Mb.
#248935
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
mutaxasisilikka kirish

Uzluksiz o‘stirish tizimlarining klassifikasiyasi.
Mikroorganizmlarni uzluksiz ko‘paytirish (o‘stirish) usuli bugungi kunga kelib nafaqat ilmiy asoslab berildi,balki ishlab chiqarish sharoitida keng qo‘llanib kelinmoqda. Bu usuldan foydalanish misollari shunchalik ko‘payib ketganki, ularni bir tizimga solib, klassifikasiya qilish mumkin.
Eng maqsadga muvofiq bo‘lgan tizim - uzluksiz ko‘paytirishni ishlatishga qarab klassifikasiya qilishdir (1-chizma). Uzluksiz o‘stirish tizimi ochiq yoki berk bo‘lishi mumkin. Ochiq tizimda, xujayralar yangi xujayralar paydo bo‘lish tezligiga barobar ravishda ozuqa muxiti bilan yuvilib turiladi. Bunday sharoitda ularning doimiy miqdoriga osongina erishish mumkin. Berk tizimda xujayralar tizimda saqlanib qoladi va ularning miqdorini oshib ketishiga olib keladi. Bunday sharoitda bir chegaralovchi (limit) omil ikkinchi bilan almashinib turadi, natijada, xujayralarning ko‘p qismi o‘ladi va bunday tizim dinamik barqarorlik xolatiga kela olmaydi. Bu jarayon cho‘zilgan davriy tizimdek o‘tadi. SHu sababli xam yopiq tizimdagi ko‘paytirishni, ko‘p vaqt faoliyat ko‘rsatuvchi uzluksiz oqimga qarshi tizim sifatida qaramaslik kerak. Ochiq tizimni yopiq tizimga o‘tkazish unchalik muammoli ish bo‘lmasdan, balki tizimga texnik o‘zgarishlar kiritish orqali amalga oshirish mumkindir.

7-rasm. Uzluksiz o‘stirish tizimining klassifikasiyasi

Ochiq va berk tizimlarni farqi shundaki, ochiq tizim o‘rnatilgan dinamik rejimda faoliyat ko‘rsatadi. Bundan farqli o‘laroq, yopiq tizim xech qachon dinamik rejimda bo‘la olmaydi. Uzluksiz jarayon gomogen va geterogen uzluksiz xolatlarda bo‘lishi mumkin. Gomogen uzluksiz xolatda tez aralashtirilib turilgan fermentyor ichidagi barcha ko‘rsatkichlar (ozuqa moddalar miqdori, mikroorganizmlarning o‘sish tezligi) doimiy bo‘ladi. Geterogen uzluksiz xolatda esa bir necha fermentyorlar ba’misoli batareyalar singari bir biri bilan ulangan bo‘ladilar va ularning xar birida doimiy o‘stirish sharoiti ushlab turiladi, ammo bu sharoitlar biri ikkinchi fermentyornikidan farq qiladi. Bu usulda xujayralarning ko‘payishi uchun doimiy sharoit yaratilmaydi.


Ochiq bosqichli gomogen - uzluksiz tizimlar. Ochiq bir bosqichli gomogen - uzluksiz tizim deb, doimiy ravishda ozuqa muxitiga kirib, kulütural suyuqlik chiqib turadigan bir fermentyordan iborat tizimga aytiladi. Tez va doimiy aralashtirib turish xisobiga fermentyorning xamma qismidagi ozuqa muxiti gomogen (bir xilda) xolatda bo‘ladi va shu tufayli mikrob xujayralari bir xil fiziologik xolatda bo‘ladilar.
Asosiy jixoz bo‘lib fermentyor xizmat qiladi va unda ozuqa muxiti tez aralashtirilib turiladi (7-rasm).
Bugungi ozuqa muxiti fermentyorga bir xil tezlikda va doimiy ravishda kirib turadi. Mikrob xujayralari saqlagan kulütural suyuqlik xuddi shu tezlikda fermentyordan chiqib turadi. Butun fermentyorda (pastida, o‘rtasida, tepa qismida) xujayralarni, suyuq ozuqa moddalarni, Hosil bo‘lgan bo‘ladigan metabolitlarni miqdori doimo bir xil bo‘ladi.

8-rasm. Ochiq bosqichli gomogen uzluksiz tizim.


Bu usulda fermentyorda mikroorganizmlar davriy o‘sishidagi qiyshiq chiziqning istagan nuqtasini tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitda, mi’tadil rejimda keng diapazondagi suyultirish tezligi va xatto substratlar miqdori nolga yaqin bo‘lgan xolatda xam mikroorgnizmlarni ko‘paytirish mumkin. Bu oraliq ikki muxim va chegaradagi suyultirish tezligi bilan aniqlanadi. Birinchisi - eng yuqori solishtirma o‘sish tezligidan ko‘p bo‘lgan xavfli suyultirish tezligi: (DKP): DKP>mmaks.
Bunday sharoitda mikroblar o‘sishdan ko‘ra tezroq yuviladi va ularning miqdori sekin - asta nolga yaqinlashib boradi, substrat miqdori esa (chegaralash omili) eng yuqori nuqtaga ko‘tariladi.
Ikkinchisi - eng oxirgi suyultirish tezligi - bu juda past ko‘rsatkich. Fermentyorga kiradigan ozuqa muxitining tezligi bu ko‘rsatkichga yaqinlashganda xujayraning rivojlanishi stasionar bosqichga o‘tadi.

Download 5,71 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Download 5,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzluksiz o‘stirish tizimlarining klassifikasiyasi

Download 5,71 Mb.